38
83-mashq.
Gaplarni o‘qing. Sodda va qo‘shma olmoshli gaplarni
alohida ko‘chirib yozing. To‘rtinchi gapdagi mavzu bo‘yicha fikr bildi-
ring.
1. Meni
Sodir Badalovich yubordilar, – dedi so‘rashish
uchun ikkala qo‘lini baravar uzatib. (
X. To‘xtaboyev) 2.
Yigitning
dong‘i o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharga ham yetib boribdi.
(
Ertakdan) 3. So‘fi hech narsa demay o‘rnidan turdi. (
Cho‘lpon)
4.
O‘zingga o‘zingni maqtagandan qo‘rq. (
Maqol) 5. Ana o‘sha
yerda o‘zimizni ko‘rsatamiz. (
Said Ahmad) 6.
Tesha Saidiy
bilan bahslashish qo‘lidan kelmaganini har bir so‘zi,
har bir
harakati bilan bildirib turar edi. (
Abdulla Qahhor) 7.
Ali Qushchi
nechundir yana o‘sha iliq bahor kunini esladi. (
O. Yoqubov)
8. Choyxonada, peshin bo‘lib
qolganiga qaramay,
hech kim
yo‘q edi. (
O‘. Umarbekov) 9. Lekin
buni u hech qachon hech
kimga aytmagan edi. (
Omon Muxtor)
Do'stlaringiz bilan baham: