u qayiqni odamlar bor joyga suzdirib boradi.
Mattisni qizlar bilan birga
ko'rishsin, bunday imkonni qo'ldan boy berish mumkin emas. Qayiqni qishloqning
qoq markazida, do'kon yaqinidagi bandargohga bog'lab qo'ymoqchi bo'ldi. U yerda
har doim odamlar tiqilib yotadi, kamdan kam uchraydigan bu voqea, ya'ni
Mattisning qizlar bilan yurgani, albatta, ko'zga tashlanmay qolmaydi.
Men shahzodaday suzib boraman, o'yladi u. Hamma ko'rib qo'ysin.
— Biz do'kondorning bandargohida arqon tashlasak, nima deysizlar? — niyatini
bildirdi u. — U yerda doim odam liq-liq, ular bizdaqalarni ko'rgisi keladi.
— Bizdaqalarni ko'rgisi keladi? Nega endi? — Ular ketma-ket savol berishdi.
Mattis ularni tushunmadi.
— Bu qanaqa telbalik, Per? — so'radi Inger, erinchaklik bilan barmog'ini suvda
o'ynatib.
- Telbalik? — Mattis esankirab qoldi.
Shunday bo'lsa ham, Anna dugonasiga imo qilganini payqadi.
G'am chekma, qayerga desang, o'sha yerga bog'laymiz qayiqni, — dedi Inger.
Shu sababli Mattis yo'nalishni keskin ravishda o'zgartirdi. Qayiq odamlar to'planib
turgan bandargohga borib to'xtadi. Xuddi boshlaridagi osmonday bu kunning boshi
ham, oxiri ham yo'qqa o'xshardi. Xegega hammasini aytib bersam, ishonmaydi
hali. Umuman qizlar bilan uy tomonga suzib borganimda, yomon bo'lmasdi.
Ammo ular bilan do'kon yonidagi bandargohda paydo bo'lish — mana buni
tomosha desa bo'ladi!
— Tomoshaning tomoshasi. — Ovoz chiqarib aytilgan bu ikki so'z ma'nosiz
ko'rindi.
-— Nimani nazarda tutyapsan, Per?
— Kunni, albatta! Bugungi kunni tomosha desa bo'ladi.
Endi hamma narsa uning kallasida ko'ngildagiday joy-joyiga tushdi.
— Zo'r gap! — deb ma'qullashdi qizlar. Ular Mattis nima desa, hammasini
maqtashardi.
— Keyin biz bu kunni eslab yuramiz, Per, — tagdor gap qildi Inger.
Uning «keyin» degan so'zidan Mattisga soya tushdi. Ha, ular jo'nab ketishadi,
yonlarida Mattis bo'lmaydigan qandaydir notanish joyda bu uchrashuvni eslab
yurishadi. Shu «keyin» degan so'z hech qachon bo'lmasaydi!
Qizlar uni diqqat bilan kuzatardilar. Anna darhol:
— Nima bo'ldi? — deb so'radi.
Mattis eshkaklarni qattiq siltadi, keyin yana bir marta, so'ng yana bir... Inger
bunday daqiqada qanday gap aytish kerakligini angladi:
— Nima deyapsan, Anna? Unga hech nima bo'lgani yo'q, hammasi joyida!
U juda aqlli, Ingerga ma'yus qarab, o'yladi Mattis.
Ha, endi Mattis, qizlar deyarli yalang'och bo'lsalar-da, ularga to'g'ri qarayotgan edi.
Orolchada xalaqit bergan uyatchanlik endi uni tark etgandi. Ular endi xuddi eski
o'rtoqlarday edi.
— Inger! Anna! — dēdi u o'tirgan joyida. Qizlar kutishardi.
U boshqa bir so'z ham demadi. Shuning o'zi yetarli edi.
Qishloq va bandargoh tez yaqinlashardi. Mattis eshkaklar bilan yanada kuchliroq
ishlardi. Qay birini tanlasin: agar u eshkaklarni asta-asta eshsa, uning tantana
lahzasi tez kelmaydi, agar tez eshsa, qizlar tezroq ketib qolishadi, lekin har qalay u
qanday epchil eshkakchi ekanligini eslab yurishadi. Mattis keyingisini tanladi.
— Eshkak eshishlaring naqadar ajoyib, Per! — zavqlanishardi qizlar.
U to'g'ri tanlabdi.
— Baribir bu haddan ziyod tez bo'lmaydi, — dedi Mattis, ammo bu gapini ular
anglasholmadi. — Sizlar qirg'oqqa qarab o'tiribsizlar, u yerda, bandargohda yoki
qayerdadir yo'lda odamlar bormi, sizlarga ko'rinyaptimi?
— Hech kim ko'rinmayapti, lekin biz hali haddan ziyod uzoqdamiz.
Anna nimanidir ko'rdi.
— Ana, u yerda avtomobil ketyapti.
— Avtomobillar hisob emas, — dedi Mattis. — Ular shunday g'izillab o'tishadiki,
natijada hech kimni ko'rishmaydi.
Tezda Anna o'z kuzatuv nuqtasidan xabar berdi:
— Bandargohda bir odam bor, ammo u bizga qarab turibdimi yo orqa o'g'irib
turibdimi, menga aniq ko'rinmayapti.
— Mana, yana bittasi do'kondan chiqdi, Per, — gapni ilib ketdi Inger. — Endi
bizni talab darajasida kutib olishadi.
— Voy, Per, ikkoviyam ketib qoldi. Bayonotlar shu tarzda almashinib turardi.
Mattis indamas, ammo bor kuchini eshkak eshishga sarflardi. Qancha og'ir
bo'lmasin, u qirg'oqqa chiroyli suzib borishi kerak edi. Hayotida bunday voqea —
qayiqda chaqnab turgan ikki qiz bilan bandargohga kirib kelish boshqa
takrorlanmaydi.
— Bizni ko'rishdi! — xitob qildi Anna. — U yerda o'g'il bolalar turishibdi va bizga
qarashyapti. Biz endi ulardan kimligingni bilib olamiz.
— O'g'il bolalar, — dedi g'ashi kelganini bildirib, — bizga aynan o'shalarning
keragi yo'q edi.
— Ana, bir velosipedchi kelib to'xtadi.
— Yo'q-yo'q, to'xtamadi, do'konga kirib ketyapti.
— Ee, bir balo boshlanyapti, — dedi Mattis jiddiy. U qattiq charchagan edi,
qo'llari shalviradi. Bunday zo'r berib haydash unga to'g'ri kelmasdi, ammo taslim
bo'lishga ham haqqi yo'q edi. Bir zum alangladi va bandargohda turi» odamlarni
ko'rdi. Endi u to'g'ri yo'lni yo'qotmaslik to'g'risida o'ylardi.
Odamlar Tentak suzib kelayotganini, ammo u qandaydir o'ziga o'xshamay, g'ayrat
bilan, chiroyli suzayotganini ko'rib, bandargoh bo'yida to'xtashdi. Manzara to'xtab
ko'rishga arzigulik edi: quyosh nuridan yiltir-yiltir qilayotgan qayiq bandargohga
g'olibona yaqinlashib kelar, uning quyrug'ida oftobda qoraygan ikki qiz o'tirar va
sohilda to'plangan odamlarga qarab erinchakliķ bilan qo'l silkitar edi. Ammo
hammadan ham hayron qoldiradigani eshkaklarni rasamadi bilan mohirona eshib
kelayotgan Mattis edi: u qayiqni ishonch bilan aniq biron xatolikka yo'l qo'ymay
boshqarib kelardi.
Hammasi benuqson-bequsur ado etildi.
Mattisning qayig'i shatakda kelardi, endi unga ozgina suv kirganligi sababli eshkak
eshish ancha og'irlashgan edi. Ammo har qalay Mattis tezlikni pasaytirmay qayiqni
bandargohgacha olib kirishni epladi. Unga qarab turgan odamlar, u holdan toyib,
bo'lari bo'lganini payqashmadi. Qolaversa, ular sevinib va hayajonlanib ketib,
Mattisning oldiga kelishdi.
Bandargohda jamoat ko'pchilikni tashkil qilmas, bor-yo'g'i besh-olti kishi
edi, xolos. Ammo keyinchalik bu voqea tafsilotlarini bu olti kishidan boshqa
odamlar ham eshitadi-ku! Muhimi mana shu. Olti karra olti, olti karra olti, olti
karra... Mana anig'i.
Mattis keyin nima qilish kerakligini oldindan o'ylab olgan edi, endi
o'ylaganini amalga oshirish vaqti keldi. Qayiq to'xtashi bilanoq qaddini rostladi,
eshkaklarni batartib joy-joyiga qo'ydi.
— Mana endi, qizlar, mening o'rnimni egallaysizlar, — Mattis baland ovoz bilan,
hamma eshitadigan qilib gapirdi. — Eson-omon marraga suzib keldik.
— Ular ko'r emas, ko'rib turishipti, — dedi bir dag'al bolacha ovoz, ammo boshqa
bir odam uni cho'rt kesdi:
— O'chir...
— Mening qayig'imni yechib olsak bo'ldi, — davom etdi Mattis, qizlarga o'girilib.
Qizlaming kulgisidan o't chaqnab turardi.
Ana shu o'ziga ishongan qizlar tufayli, bandargohdagi odamlar tillariga erk
bermadilar. Mattisning o'zi esa shu qadar emin-erkin ediki, uni tanib bo'lmay qol-
gandi. Boya gapirgan bola har qalay Mattisning mayib qayig'ini ko'rib, yana
shovqinladi:
— Iya, Mattis, suv tagida bo'ldingmi, deyman? Mattis xuddi uni eshitmaganga
o'xshardi. U parvo
ham qilmay, jimgina o'z qayig'ini yechib oldi. So'ng yana qizlarga o'girildi:
— Inger! Anna! — dēdi ularning nomini yana o'sha bo'lakcha ovoz bilan tilga olib.
Qizlar Mattisga qarashdi. U o'zi bilan o'zi olishib, odamlar qurshovida, bandargoh
chetida turardi.
— Sayru tomoshalar uchun rahmat! — dedi u.
U hayotida ilk bora qizlarga odamlarning ko'z o'ngida bunday so'zlarni aytishi edi.
— Senga rahmat, Per, — javob berishdi oftobda qoraygan qizlar — Inger bilan
Anna. — Biz hech qachon bu sayru tomoshani unutmaymiz.
Mattisning miyasidan, mana shunday paytda o'lsayding, degan fikr o'tdi. Ammo
shu ondayoq bu mulohazasidan qaytdi... E yo'q, u holda menda bundan ortiq hech
qanday quvonch bo'lmaydi-ku!
Bola ovozi yana valdiradi:
— Per? U qanaqasiga Per bo'ladi? Uning oti Mattis-ku!
Mattisning orqasiga pichoq urilganday bo'ldi. Ammo bunisi mayli-ya! Bu yaramas
bolalar u haqda: «Bu Mattis Tentak-ku! Biz uni Tentak deymiz!» deb bor haqiqatni
ochvorishmasaydi. E Xudoyim, faqat shunisidan asra!
U yana omon qoldi. Turgan gapki, yana Inger bilan Anna joniga oro kirishdi.
Mattis o'ylar edi. Xuddi shu payt qizlar qayiqqa minib ulgurishgan edi. Bu go'zal
va yosh ikki qiz ochiqdan ochiq Mattis tarafda edilar. Ular o'sha bolaga jūda ham
qat'iy yuz bilan qaradilar.
— Mattismi, Permi, bizga buning hech ahamivati yo'q, — deyishdi ular, o'zlarini
baland tutib, shu tariqa bola gapiga yarasha tanbeh oldi va tilini tishlashga majbur
bo'ldi.
Qizlar Mattisga qo'l silkidilar.
— Bu ajoyib kun uchun rahmat senga, Per. Biz uyga qaytadigan payt bo'ldi. Balki
yana uchrashib qolarmiz.
Qizlar qayiqlarini burishdi. Mattisning tomog'iga allanima tiqildi. Ammo boshini
baland ko'tarib turardi. Keyin o'z qayig'ini temir ilmoqqa bog'ladi.
Bandargohda turgan besh-olti odam savol bermadi; ular nimadandir xijolatda
edilar. Hatto ezilgandilar. Shu asno kimdir Mattisga:
— Qara, ular senga qo'l silkiyapti, — dēdi. Mattis shu ondayoq qaddini rostladi
va ularga javoban qo'l silkidi. Qayiq tezda kichrayib ketdi. Qizlar ham eshkak
eshishni boplasharkan. Ha, aytgancha, qayiq endi ancha-muncha yengillashgan-
ku, axir! Nihoyat odamlar orasida kimdir:
— Mana, Mattis, sen ham qizlar bilan tanishib olding, — deb qo'yishga jur'at etdi.
Mattis endi yetarli darajada kuchli edi.
— Ha, tanishdim, — deb javob berdi u. Bolaga yana jon kirdi:
— Ular bilan yana qayiqda aylanasan-a?
— Bo'lishi mumkin, — kiprik qoqmay javob berdi Mattis.
U bungā ishonardi. Va bu so'zlami aytganda, ular haqiqatga aylanganday bo'ldi. Bu
takrorlanishi mumkin-ku, axir!
— Eh, bugun nimalar bo'lmadi-ya! — dedi u bolaga yuzlanib.
Allakim kulganday bo'ldi, ammo bu alam qilmadi. Har qalay, Mattis bu kulgida
biron dil og'ritar ohang sezgani yo'q. U qayiqni bog'lab qo'ygan, endi ketishi ham
mumkin edi. Bandargohdagi odamlar uning do'stlari edi, ular yaxshi odamlar ekan,
uni qizlarga sotib qo'yishmadi. Endi uyga! Xegening yoniga! U shoshib ketib
borardi, deyish unchalik to'g'rimas, u xuddi qanot chiqarganday uchib borardi.
Ammo ko'zlari ko'lga qadalgandi: qayiq olis-olislarda kichraygandan kichrayib
borardi. Alvido, qizlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |