Bakteriyalarning morfologiyasi rikketsiyalar, aktinomisetlar, xlamidiylar, mikroplazmalar, zamburug'lar, sodda jonvorlar



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#557331
1   2
Bog'liq
BAKTERIYALARNING MORFOLOGIYASI RIKKETSIYALAR, AKTINOMISETLAR, XLAMIDIYLAR, MIKROPLAZMALAR, ZAMBURUG\'LAR, SODDA JONVORLAR

HUJAYRA ICHIDAGI RIKKETSIYALAR


AKTINOMITSETLAR
Aktinomitsetlar gram musbat bakteriyalar bo'lib, ularning o'ziga xos
xususiyati, tarkibida eni 0,3—0,8 mkm, bo'yi 6000 mkm gacha bo'lgan bir
hujayrali iplardan iborat mitseliyalar mavjudligidadir. Ularning takom
illashgan va tuban formalari mavjud. A ktinom itsetlarning takomillashgan
shakliga mansub mikroorganizmlar ozuqa muhiti (mitseliya substrati) da o'sib
chiquvchi va yumshoq qatlam sifatida (yengil mitseliya) rivojlanuvchi
barqaror 
mitseliyalami 
hosil 
qiladi. 
Spora 
hosil 
qiluvchi
Mmikroorganizmlardan tuzilgan yengil mitseliya ipining uchida sporalar
paydo bo'ladi. Aktinomitsetlar ana shu sporalar yordamida ko'payadi.
Mikobakteriya va mikokklar tuban aktinomitsetlar sirasiga kiradi. Bu mikro- 
organizmlar tayoqchasim on va kokk shakffda bo‘lib, kislotaga chidamlidir.
tflar Sil—Nilsen usulida bo'yalganda qizil tusga kiradi. Aktinomitsetlar,
odatda, saprofitlar sifatida uchraydi; patogen aktinomitsetlardan esa sil
kasalligi Mycoba cterium tuberculosis va moxov M .leprae qo‘zg'atuvchilarni
ko‘rsatish mumkin 



XLAMIDIYLAR
Xlamidiylar ham to'qim a ichida parazit holda kun ko'ruvchi
mikroorganizm lardan biri hisoblanadi. Ular, odatda, tayoqcha simon yoki
sharsimon shaklda bo'lib, juda kichik o'lchamda (0,2— 1,3 mkm) bo'ladi.
Xlamidiylar bo'linishi vositasida ko'payadi. Ko'payishdan avval xlamidiy
zarrasining atrofida bakterial kapsulaga o'xshash qobig' paydo bo'ladi.
Xlamidiy gram manfiy bo'yaluvchidir, odatda mikroorganizmlarning bu
turi Romanov skiy—Gimza usulida bo'ladi. Tirik mikroorganizmlar
ekmasidan tayyorlangan preparatlar tarkibidagi xlamidiylar fazali
kontrastmikroskop yordam ida tekshiriladi. Xlamidiy odam larda shilliq,
chovdagi lim fatik tugunlarda o'sm asim on o 'sim talar paydo bo'lishi
bilan kechadigan xastalik (paxoviy limfogranulematoz) va ornitoz
kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.



MIKROPLAZMALAR
Bizga ma’lum bo'lgan mikroorganizmlarning eng maydasi
mikoplazmalar bo'lib, ularning hajmi yorug'lik mikroskopining
eng yuqori ko'ra olish darajasiga ;yaqin keladi (0,2—0,6
mkm). Mikoplazmalarda rigid hujayra qobig'i yoqligi uchun,
ular muayyan doimiy shaklga ega bo'lmaganligi sababli ularga
’hatto penitsillin va hujayra qobig'ining sinteziga o'z ta’sirini
o'tkaza oladigan boshqa antibiotiklar ham ta’sir qilmaydi.
Mikoplazmalar ham bolinish yo‘li bilan ko'payadi, ekma
o‘stirilayotganda esa ozuqa muhitiga alohida e’tibor berishni
talab qiladi.



ZAMBURUG'LAR
Zamburug‘lar eukariotlar sinfiga mansub bo'lib, bakteriyalarga qaraganda
murakkabroq hujayra strukturasiga ega. Zamburug‘larning eng muhim
xususiyati — unda po‘panaklarning ko'pligidir. Po'panak yoki mitseliyalar bir-
biri bilan tutashib ketgan ko'zga ko'rinmas, diametri 5—10 mkm nozik iplardir.
Shoxlab ketgan po'panaklar, odatda, tepaga qarab o ‘sadi yoki mikroorganizm
larni oziqlantiruvchi m uhit ichida rivojlanadi. 
Tuban zamburug'larning (Zygom ycetes) po‘panaklari g'ovlanmagan bo'lib,
odatda, g'oyat tarm oqlangan ko'p o‘zakli hujayradan iborat. Bu po'panaklar
bo'g'insiz mitseliyalar deyiladi. Ko‘p hujayrali takomillashgan zamburug'larning
barcha turlarida (Ascomycetes, Basidiomycetes, Deuterom ycetes) mitseliyalar
giflarning bo'lingan joylarida hujayralarni bir-biridan ajratib turuvchi ko‘ndalang
g'ovlar yoki pardalar bo'ladi, natijada po'panaklar alohida hujayralarga
bo'linadi. Achitqi hujayralarini maxsus sharoitda ko'paytirganda ham
psevdomitseliyalar (zamburug'ga o'xshash mikroorganizmlar) paydo bo'lishi
mumkin .


Zamburug'lar vegetativ (mitseliyalarning alohida zarralaridan)
jinssiz (reproduktiv) va jinsiy yo‘l bilan ko'payadi. Jinssiz
ko'payish natijasida Mycormuceda dan endosporalar
(sporangiosporalar) Ascomycetes, Deuteromycetes sinfiga
kiruvchi mikroorganizm lardan esa ekzosporalar (konidilar)
hosil bo'ladi. Zamburug'lar jinsiy yo'l bilan ko'payish usuliga
ko'ra bir necha toifaga bo'linadi. Zigota hosil qilib ko'paygan
zamburug'lar zigomitsetlar deyiladi. Ba’zilari esa to'rva
shaklidagi asklar hosil qilib ko'payadi, bunday zam burug'lar
askomitsetlar deb ataladi. Askosporali to'rvalar bevosita
ochiq kurtakli zam burug'larning po'panaklarida va yopiq
kurtakli askomitsetlarning o'ziga xos hosildor tanasida
joylashadi. 



SODDA JONVORLAR
Sodda jonzotlar (Protozoa — bir hujayraga ega bo'lgan mikroskopik
tirik organizmlardir. Ular tuzilishi, shakli va kattaligiga ko'ra juda
xilma-xildir. Ularning har bir turi katta-kichikligiga yoki o'lcham iga
ko'ra farqlanib turadi (bir necha mikrometrdan 2 sm gacha).
Bakteriyalardan farqli o 'laro q ko'pgina bir hujayrali organizmlar
ancha murakkab tuzilishga ega, ularning hujayrasida tugal o'zak
ko'zga tashlanib turadi. Uning sitoplazmasida esa tuban jonzotlarga
xos bo'lgan bir q ato r ajralm a organoidlar borligi ma’lum. Hozirgi
kunda tuban jonzotlarning 15 mingta turi aniqlangan b o 'lib , ular
asosan suv va tuproqda saprofit hayot kechiradilar. Lekin ular
orasida inson va jonzotlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan
patogen xususiyatlilari ham uchraydi.


Tuban jonzotlarning sitoplazmasi ikki qatlamdan iborat: tashqi
(ektoplazma) va ichki (endoplazma). Endoplazma ham o‘ta
murakkab shaklda tuzilgan bo'lib, uning tarkibida vakuollar,
kiritmalar, yaxshi rivojlangan mitoxondriyalar uchraydi. O'zak ham
har xil cho'zinchoq sharsimon, tuxumsimon va noto‘g‘ri yoki qiyshiq
shaklda bo'lishi mumkin.
Bir hujayrali eng sodda jonivorlar oyoq vazifasini o'taydigan maxsus
a’zosi (oyoqsimon bo'rtma) psevdopodiy xivchinlar, kiprikchalar
yordamida harakatlanish usuliga ko'ra tasnif qilingan.


amyobaning jinssiz bo'linishi


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish