1.
Shtamplashdan
keyingi detallarni tayyorlash, payvandlash sirtlarini
iflosliklardan, moylash qoldiqlari va boshqalardan tozalashdan iborat bo’ladi.
Tozalash uchun ishqalash, yuvish va boshqalardan foydalaniladi. Yuvishni
maxsus jihoz – yuvish-quritish agregatlarini qo’llash bilan amalga oshiradilar.
Payvandlash uchun tayyorlangan sirtlar sifati razm solish bilan tekshiriladi.
Payvandlash uchun tayyorlangan detallarni omborlarda, changdan to’silgan
holda saqlash tavsiya qilinadi.
2.
Yig’ish-payvandlash moslamalarida detallar va yig’ma
birliklarni qayd
qilish va mahkamlash yig’iladigan mahsulotlar aniqligini ta’minlash uchun
muhim hisoblanadi. Payvandlashda nomurakkab detallarni qayd qilish yig’ish-
payvandlash moslamalarisiz, payvandlash mashinasining bevosita o’zida amalga
oshiriladi. Bu operatsiya uchun yig’ish-payvandlash moslamasi yoki
payvandlash jihozi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
3.
Prixvatka qilish, yig’ilayotgan mahsulotni payvandlash hajmi katta
bo’lganida bitta yig’ish-payvandlash moslamasida bajariladigan mehnat sarfini
kamaytirish uchun qo’llaniladi.
4.
Yakuniy payvandlash chizmadagi texnik talablarga
muvofiq tarzda aniq
parametrlar bilan xarakterlanadi (payvand nuqtalar soni, qadami, payvand chok
uzunligi va b.) va yig’ish-payvandlash uchun qo’llaniladigan payvandlash
mashinasi, asboblari va qurilmalariga muvofiqlashtiriladi.
5.
Yig’ilgan yig’ma birlikni bo’shatish va yechib olish.
6.
Payvandlash sifati va yig’ma birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish
texnik hujjatlashtirishda ko’rsatilgan usulga muvofiq amalga oshiriladi. Yig’ma
birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish uchun zarurat bo’lganida
nazorat moslamasi tayyorlanadi.
Yig’ish payvandlash
texnologik jarayonini
ishlab chiqish uchun
boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilardir: barcha texnik talablar, shu jumladan
yig’ish aniqligiga talablar ko’rsatilgan yig’ma birlik chizmasi;
mahsulotni ishlab
chiqarish dasturi; jihozlarni joylashtirish uchun mavjud sharoitlar.
Yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqish
quyidagi bosqichlardan tarkib topadi.
1.
Ishlab chiqarish turiga bog’liq holda yig’ma birlik haqidagi boshlang’ich
ma’lumotlarni tahlil qilish, uning konstruksiyasi va kuzovdagi xizmat vazifasi
bilan tanishish, chizmalarni va biriktirish usullarini analoglarda o’rganish.
2.
Yig’ma birlikni tayyorlash usulini, ya’ni, payvandlash turi va usulini tanlash.
Tanlash bir tipli yig’ma birliklarni yig’ishning
zamonaviy uslublarini va
payvandlashning ilg’or usullarini o’rganish asosida amalga oshiriladi.
Payvandlash usuli yig’ma birlikning konstruktiv o’ziga xosligi, shuningdek,
payvandlanadigan detallar qalinligini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.
Yig’ma birliklar yig’ish ketma-ketligini va qo’llaniladigan texnologik jihozlash
vositalarini dastlabki aniqlash.
4.
Har bir yig’iladigan detallarni qayd qilish uchun texnologik bazalarni belgilash.
Geometrik parametrlari bo’yicha aniq va stabil yig’ma birliklarni olishda bazalar
yagonaligi prinsipiga, ya’ni, detallarni tayyorlashda tanlangan bazalarni yig’ma
birliklar uchun ham qo’llanishga erishish muhimdir.
5.
Analoglarni tahlil qilish asosida tipaviy texnologik jarayonlarni to’plash.
6.
Payvandlashni bajarish, o’lchamlarni tekshirish imkonini ta’minlash va
yig’ishning istalgan bosqichida yo’l qo’yilgan og’ishlarni to’g’rilash
uchun eng
yaxshi shart-sharoitni hosil qiluvchi yig’ish-payvandlash operatsiyalari
ketma-
ketligini tanlash. Yig’ish-payvandlash operatsiyalari ketma-ketligini ishlab
chiqishda detallarni aylantirishning minimal sonini tanlashga, birikmalarni
payvandlashning eng qulay sharoitlarda bo’lishiga
va payvandlashdan hosil
bo’luvchi deformatsiyalarni kamaytirishga intilish lozim.
7.
Turli tipdagi jihozlarni tahlil qilish.
8.
Payvandlash ma’romlarini hisoblash.
9.
Texnologik jarayonni me’yorlash.
10.
Zamonaviy jihozlar, qurilmalar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
vositalarini tanlash.
11.
Bevosita texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish. Har bir texnologik
operatsiya uchun jihoz tanlanadi. Payvandlash usulidan
va payvandlanadigan
detallar qalinligidan kelib chiqib, to’plam jadvallari bo’yicha payvandlash
ma’romlari tanlanadi va ularning parametrlari hisoblanadi. Payvandlash jihozi
uchun mos qurilma va asbob tanlanadi. Shuningdek, bu bosqichda yig’ilayotgan
mahsulotni yig’ish-payvandlash uchun moslamalarning prinsipial sxemalari
ishlab chiqiladi. Yig’ish-payvandlashning har bir texnologik operatsiyasi uchun,
yig’ish ketma-ketligini xarakterlovchi eskiz chiziladi.
Ishlab chiqilgan texnologik jarayon har bir operatsiya uchun qat’iy ketma-
ketlikda texnologik kartalarga yoziladi. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda
texnologik jarayonni ishlab chiqish har bir yig’ma birlik uchun olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: