297
Bizningcha, soliq tushumlari rejasi bajarilishini va o‘z
navbatida ularning
byudjetda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni takror ish-lab chiqarish
vazifalarini hal qilishga qaratilgan maqsadli takror taqsim-lash talablarining to‘liq
amalga oshirilishini ta’minlash uchun:
- soliq solish ob’ekti qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning hisobi va
inventarizatsiyasi tartibini tanqidiy ko‘rib chiqish lozim;
- qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining
daromadlarini
rejalashtirish masalalarini yerlarning bonitet balini har yili indek-satsiya qilib
borish bilan bog‘liq holda echish amaliyotiga o‘tish zarur. Chunki yerlarning
“me’yoriy qiymati”ni aniqlash endi har yili amalga oshiriladi va
bunda ushbu amaliyotni qo‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bu taklifning
dolzarbligi va amaliy ahamiyati shundaki, soliq to‘lovining manbai soliq
to‘lovchining daromadi hisoblanishi bois ushbu
daromadning asoslangan va
barqaror bo‘lishi soliq tushumining barqarorligiga xizmat qiladi;
- davlat buyurtmasini bajarayotgan fermer xo‘jaligi xarajatlarini qisqartirish
nafaqat uning soliq to‘lovi qobiliyatini oshiradi, balki uning barqarorligi va
raqobatbardoshligini ham mustahkamlaydi. Masalan, bank krediti imtiyozli foizini
3 dan 1 foizga
tushirish lozim yoki texnik, agrokimyoviy va boshqa xizmatlar
haqini 8 – 10 foizga kamaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qishloq
xo‘jaligining jamiyatdagi ijtimoiy roli va ahamiyati, eng dolzarb hisoblangan oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash vazifasini bajarishi shuni taqozo qiladi. Qolaversa, u
ushbu xizmatlarni erkin bozordagi o‘z mavqeini tiklash yoki mustahkamlash uchun
emas, balki aynan davlat buyurtmasida belgilangan
mahsulotni etkazib berish
uchun olayapti;
- davlat buyurtmasi yuzasidan tuziladigan shartnomaning iqtisodiy
mazmunini kengaytirish va chuqurlashtirish lozim deb hisoblaymiz. SHunga
o‘xshagan shartnoma tuziladigan mamlakatlarda
mazkur shartnoma mahsulotni
etkazib berish yuzasidan tomonlar o‘zaro kelishuvining huquqiy shakli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan davlat buyurtmasi yuzasidan tuziladigan shartnoma yer ijarasi
298
shartnomasida belgilangan ekin yer maydoni bir birligiga muayyan sentnyer paxta
hosili etishtirish to‘g‘risida emas, balki muayyan miqdordagi
paxta xom ashyosi
mahsulotini buyurtmachiga etkazib berish haqida tuziladi. Bunda har yilgi
shartnoma yuzasidan biznes-reja himoya qilinishi,
uning davr va bosqichlari
kelishilishi va boshqa tartib-taomillar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.
Mazkur yondashuvning juda katta afzal jihatlari mavjud: yer ijarachisining
huquqlari va imkoniyatlari kengayadi, yerdan foydalanish tizimi erkinlashadi, uning
iqti-sodiy mexanizmi manfaatdorlik va rag‘batlantirishning kuchayishi hisobi-dan
yanada
takomillashadi, pirovard natijada esa, fermer xo‘jaligining barqarorligi va
raqobatbardoshligi oshishi evaziga uning soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida va
to‘liq to‘lay olish qobiliyati paydo bo‘lishiga zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: