is
o
d
iy
n
a
ti
ja
la
ri
267
“Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuniga
70
muvofiq, ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar:
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo
etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros
qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha
huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan qo‘llaniladi.
“Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunning 54-moddasiga asosan yer uchastkasini,
shu jumladan fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga olish
huquqi, yakka tartibda uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros
qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar garov narsasi bo‘lishi mumkin. SHuningdek
mazkur qonunning 56-moddasiga muvofiq, undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir
huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq tanlov o‘tkaziladi,
mazkur tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari
hali ishlab chiqilmagan. Albatta bunda, bizningcha, undiruv qaroriga ko‘ra yer
uchastkasi olib qo‘yilganda ushbu yer uchastkasining taqdiri qanday mexanizm
asosida hal qilinishi lozim degan savol tug‘iladi. Bizningcha, bu yerda yondashuv
davlat yoki bozor mexanizmi yoxud ikkalasining integratsiyasi bo‘lishi lozim.
Ushbu
prinsipial
masala
o‘z echimini topishi mamlakatimizda yer
munosabatlarining yangi mazmun-mohiyati shakllanishiga katta hissa qo‘shadi deb
o‘ylaymiz.
70
https://www.google.com/search?ei=t0mdWu2YH4i9swH-
8YSwBA&q=ipoteka+to%27g%27risidagi&oq=ipoteka+to%27g%27risidagi&gs_l=psy-ab.3...7435.19903.0.20305.21.21.0.0.0.0.1053.2588.4j6-
2j1.7.0....0...1.1.64.psy-ab..14.7.2586...0j0i67k1j0i131k1j0i22i30k1j0i22i10i30k1.0.a5jasmED4e4
268
Yer kodeksining
71
24-moddasiga asosan yer uchastkasining ijarasi yer
uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va
foydalanishdan iboratdir. Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya,
ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi
kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara
shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘zining
ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqlidir.
SHuningdek kodeksning 39-moddasiga muvofiq, yer egasi bo‘lgan fuqaro yer
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu
jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi
yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga
qo‘yishi mumkin.
Yer kodeksining 53-moddasiga ko‘ra, kreditlar olish uchun fermer xo‘ja-ligi
o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga
qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga
beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan
hollarda garovga qo‘yishga haqli. Xuddi shuningdek “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi qonunning
72
13-moddasiga binoan fermer xo‘jaligiga berilgan yer
uchastkalaridan
qat’iy
belgilangan
maqsadda
foydalaniladi.
Ular
xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti
bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga
olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi
mumkin.
Ayni ushbu me’yorlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligida 2004 yil 8 aprelda 1336-son bilan davlat ro‘yxatiga
olingan “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomga
73
muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqining
71
Ўзбекистон Республикаси Ер кодекси.Ўзбекистон Республикаси кодекслари: Тўплам//Ўзбекистон
Республикаси Адлия вазирлиги.-Т.:Адолат,2006.-800б
72
Қишлоқ хўжалигига оид қонун хужжатлари.//Т.:Адолат-1999-448б
73
http://lex.uz/Pages/GetPage.aspx?lact_id=821965
269
qiymati baholanadi hamda garov beruvchi va garov oluvchining kelishuvi bilan
rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2004 yil 30 aprelda “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer
uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi
to‘g‘risida”gi 1345-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Nizom
74
tijorat banklari
tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasi ijara huquqini garovga olgan
holda kreditlash tartibini belgilaydi.
Biroq bugungi kunga qadar yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga undiruv
qaratilgan taqdirda tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari ishlab chiqilmaganligi va
yer
uchastkasi
ijarasiga
doir
huquqlarning
joylarda
bozor
narxlari
shakllanmaganligi, shuningdek yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarni garovga
qo‘yish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi sababli tijorat banklari
tomonidan yer uchastkasiga doir huquqlarni garovga olgan holda fermerlarni
kreditlash amalga oshirilmayapti. Shuningdek bugungi kunga qadar aksariyat hovli
uylarning mulkdorlari hovli joydagi yashash va yordamchi imorat binolariga
(binoga) bo‘lgan kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazganligiga qaramasdan yerga bo‘lgan huquq turi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilmay qolgan hollar mavjud. Bu holatlar esa notarial tartibda ipoteka
shartnomasini rasmiylashtirishda muammolarga olib kelmoqda.
YUqoridagilardan kelib chiqib, yerga bo‘lgan huquqning bozor va garov
qiymatini baholash, uni notarial tasdiqlash va ro‘yxatga olish mexanizmini takror
ko‘rib chiqqan holda yagona normativ hujjat ishlab chiqish, shuningdek garovga
qo‘yilgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarning realizatsiya bozorini
shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim deb hisoblaymiz.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan
holda faqatgina paxta va g‘alla etishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bevosita g‘alla
va paxta xom ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
uchun kreditlar ajratiladi.
74
http://lex.uz/Pages/GetPage.aspx?lact_id=821965
270
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklariga paxta xom ashyosi va don etishtirish
maqsadi uchun imtiyozli kreditlar kontraktatsiya shartnomasining 60% miqdorida
berilmoqda. Foiz stavkasi imtiyozli hisoblanadi. Limit summalari paxta va g‘alla
etishtirish xarajatlarini bemalol qoplayotganligi sababli, bu ta’minot asosida paxta
va g‘alla etishtirish xarajatlari uchun buyurtmalar tushmagan. Ushbu ta’minot
asosida buyurtmalar tushmasligining yana bir sababi boshqa turdagi mahsulotlar
etishtirish
yoki
boshqa
maqsadlarga
kreditlar
ajratilishining
nazarda
tutilmaganligidir.
1.
Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini
garovga olgan holda kreditlash tartibi asosida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq
bo‘lmagan maqsad yo‘nalishlariga, shuningdek investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish maqsadlariga kreditlar ajratilishini joriy qilish o‘ta muhim
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu holatda kredit boshqa maqsadga beriladi, lekin
uning yopilish ta’minoti yer ijarasi huquqi hisoblanadi, shu sababli o‘z
ixtisoslashuvi bo‘yicha qonunda belgilangan eng kam yer maydoniga ega bo‘lgan,
yer uchastkasining joylashgan yeri unumdorligi kredit buyurtmanomasi kuni
holatiga baholangan va eng muhimi kreditni takrorra olish imkoniyati, ya’ni kredit
layoqati mavjud fermer xo‘jaliklariga ushbu ta’minot asosida kredit buyurtmasiga
asosan uzoq muddatli (7-10 yil) faqat yerlarning unumdorligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida kredit berish amaliyotini
joriy qilish lozim deb hisoblaymiz.
2.
Mavjud
ob’ektiv sabablar, jumladan, reja ko‘rsatkichining
bajarilmasligi kabi holatlarda yerning olib qo‘yilishi kabi holatlar kreditning
ta’minotsiz qolib ketish xavfini oshiradi. Kreditni rasmiylashtirish ancha
murakkab, fermer xo‘jaliklari 3 yillik ko‘rsatkichlari talab etiladi. Yangi tashkil
etilgan fermer xo‘jaliklari ta’minotning bu turidan foydalana olishmaydi. 3 yildan
oshiq faoliyati mavjud fermer xo‘jaliklarida esa boshqa ta’minot mulki mavjud.
Ta’kidlash lozimki, fermer xo‘jaligining yer ijarasi huquqini bank
krediti uchun garov sifatida qo‘yishi yuzasidan qabul qilingan huquqiy
271
hujjatlarning amaliyotda ishlamayotganligi ularda ishlab chiqilgan mexa-nizmning
iqtisodiy mazmuni tushunarsizligi, iqtisodiyotda vujudga kelgan realliklardan
uzoqdaligi, eng muhimi jarayonda kechadigan munosabat-larning barcha
manfaatlarni xolisona hisobga oladigan sikl sifatida yakunlanmaganligidan darak
bermoqda. Bunday holat o‘z navbatida qishloqda yerlardan foydalanishning
iqtisodiy mexanizmining mazmuni va doirasini kengaytirishning qo‘shimcha
imkoniyat va rezervlarini safarbar qilishni taqozo qiladi, albatta. Bizningcha, ana
shunday rezervlardan biri sifatida avloddan avlodga o‘tadigan tomorqa va dehqon
xo‘jaligi yerlariga umrbod egalik qilish huquqini, ushbu yerlarni davlat yoki
jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishni istisno qilgan holda, bank krediti uchun
garovga qo‘yish mexanizmini amaliyotga joriy qilish lozim. Mazkur choraning
zarurligi va ahamiyatini asoslash yoki isbotlashga bu yerda ehtiyoj yo‘q deb
hisoblaymiz. Chunki bugungi kundagi qishloqda va umuman iqtisodiyotimizda
vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy realliklarning mazmun-mohiyatidan kelib
chiqqan holda shunday xulosaga kelmoqdamiz.
Tomorqa va dehqon xo‘jaligi yerlaridan vaqtincha shaklida
foydalanish mumkinligi nuqtai nazardan yuqoridagi taklifning iqtisodiy mazmuni
va samarasini yanada boyitish va kengaytirish maqsadida bunday chorani qo‘llash
lozimiz. Ushbu mexanizmning qonunlarimizda mustahkamlanishi va amaliyotga
joriy qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy natijalari 14.3 – sxemada keltirilgan.
Umuman olganda, yerdan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy asosla-rini
erkinlashtirish avvalombor istiqbolda yer munosabatlarini zarur sur’atlarda tub
isloh qilish, yerdagi xo‘jalikni boshqarishning turli tash- kiliy-huquqiy shakllarini
yanada rivojlantirish, yerdan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmini
yanada takomillashtirish uchun sharoitlarni ta’minlashi kerak deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |