Elektron ta’lim resurslarini яратиш босқичлари ва уларга қЎйиладиган талаблар



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#556688
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Ta‟limni 
kompyuterla
shtiri
sh vositalari
 
Tex
nik 
vositalar
Didaktik 
vositalar
Faoliy
at 
vositalari
Dasturiy 
vositalar


Dasturiy vosita – kompyuter yordamida ETRYTni yaratish va undan 
foydalanish uchun xizmat qiladigan dasturlar majmuidan iborat. Dasturiy 
ta‘minot umumtizimli va amaliy dasturiy mahsulotlardan tashkil topadi.
Umumtizimli dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro harakatlarini 
avtomatlashtirish, ma‘lumotlarni qayta ishlash, ETRYT ko’rsatmasiga 
asosan texnik vositalar ishini nazorat va tashxis qilish uchun ishlatiladi.
Amaliy dasturiy ta‘minot ETRYT vazifalarini hal etishni avtomatlashtirish 
uchun mo’ljallangan dasturlar majmuidan iborat. Ular ham o’z 
navbatida umumiy vositalar (matn muharriri, elektron jadval, grafik 
muharrir, ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimlari) va maxsus 
vositalar – pedagogik jarayonning qandaydir elementlarini 
avtomatlashtirishga imkon beruvchi kichik dasturlarga ajratiladi. 
Texnik vositalarning tarkibi 2.3-rasmda keltirilgan bo’lib, ular haqida kengroq 
to’xtalib o’tamiz. 
TEXNIK VOSITALAR 
 
2.3-rasm. Kompyuterli ta‘limning texnik vositalari. 
Texnik vositalardan asosiysi kompyuter hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida 
kompyuter ham o’rganish ob‘ekti sifatida, ham o’rgatish vositasi sifatida 
qo’llanadi. Kompyuter o’rganish ob‘ekti sifatida qaralganda «u nima, qanday 
qurilmalardan tashkil topgan, ularning vazifalari nimadan iborat va qanday 
ishlatiladi?» kabi savollarga javob topish tushuniladi.
Kompyuter elektron hisoblash mashinalarining zamonaviy nomlanishi bo’lib, 
u turli mazmundagi ma‘lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash 
imkonini beradi. Kompyuter quvvati va imkoniyatiga qarab sinflarga — 
superkompyuter, katta kompyuter, o’rta kompyuter, kichik kompyuter, 
mikrokompyuter, kasbiy va shaxsiy kompyuter, maishiy kompyuter va 
dasturlashtiriladigan mikrokalkulyatorlarga bo’linadi. Undan tashqari, 
kompyuterlar mustaqil dastgoh yoki qurilmaning tarkibiy qismi (bort 
kompyuteri) bo’lishi ham mumkin.


Ta‘lim jarayonida o’quv kompyuterlari qo’llanadi. Bunday kompyuterlarning 
tarkibi, ulardan foydalanish xususiyatlari haqida to’xtalmaymiz.
Kompyuterdagi nomoddiy texnik vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Kadr — ma‘lum muddat uzluksiz davom etadigan dars jarayonining alohida 
ko’rinishini aks ettiruvchi ekrandagi bir tasvir. Kadrlar bir yoki bir nechta 
oynadan tashkil topib, o’zida turli mazmundagi matn, jadval, grafik, 
diagramma, rasmlarni mujassamlashtirishi va ularning mazmuniga bog‗liq 
holda turli didaktik vazifalarni bajarishi mumkin.
Kadrlarni dinamik va statik turlarga ajratish mumkin. Dinamik kadrlarda statik 
kadrlarga qaraganda ko’rgazmalilik ko’proq bo’ladi. Ular statik kadrlarga 
nisbatan o’rganilayotgan jarayonga doir ko’proq ma‘lumot beradi va bu 
ulardan ETRYTda ko’proq foydalanish samarali ekanligini ko’rsatadi.
Kadrlardagi ma‘lumotlar esa asosan shriftlardan tarkib topadi. Shrift — 
alifbodagi harf, raqam va belgilarning grafik shakli bo’lib, kompyuterda 
ularning bir necha yuzlab ko’rinishi mavjud. Shrift vositasida matndagi so’z, 
jumlalar tuziladi va o’quv materiali o’quvchilarga yetkaziladi. Har bir shrift 
didaktik vosita sifatida o’z rangiga ega bo’ladi.
Rang — kompyuter ekranidagi tasvir chiqaradigan yoki qaytaradigan 
nurlanish spektri bo’lib, ularning soni displey imkoniyati bilan bog‗liq 
bo’ladi. Kompyuter ekranidagi rang asosiy rang, fon rangi va bordyur 
rangiga bo’linadi. Asosiy rang bilan matn yoki tasvir ifodalanadi. Fon tasvir 
ortidagi rangni, bordyur esa ekran chetki qismidagi rangni anglatadi. 
Ularning bir-biri bilan uyg‗unligi, ergonomik jihatdan to’g‗ri tanlanishi 
ta‘limning samarali kechishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Kompyuterli ta‘limning texnik vositalaridan tashqari didaktik vositalari ham 
mavjud bo’lib, unga
2.4-rasmda tasvirlangan o’quv materialining o’zgargan shakllari kiradi.
O’quv materiali turli shakllarda ifodalanadi. Masalan, materialning asosiy 
g‗oyasini matn ko’rinishida, ko’nikma yoki malaka darajasida shakllantirish 
rejalashtirilgan faoliyatni mashq ko’rinishida, o’zlashtirilganlik darajasi 
aniqlanayotgan bilimlarni test topshirig‗i shaklida, o’quvchilarda bilishga 
rag‗batni oshirish uchun muammo shaklida, ularni faoliyatga undash 
maqsadida topshiriq shaklida, faollikni jadallashtirish uchun o’yin 
ko’rinishida va h.k. ifodalash mumkin. Ularning barchasi ta‘lim jarayonida 
o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishi uchun vosita vazifasini bajaradi.
Bunday vositalarning har biri xususida qisqacha to’xtalamiz.
Kompyuterli ta‘limda o’quv materialining mazmuni matn sifatida kompyuter 
ekranida namoyish qilinadi. Bunday o’quv materiali matni mazmunan chuqur 
ilmiy-g‗oyaviy va mantiqiy ketmaketlikda bo’lishi hamda o’quvchilar uchun 
tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi lozim. Bayon qilinadigan 
materialning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi o’quvchilarning o’quv faoliyati 
qanday tashkil etilganligiga ham bog‗liq. Unda o’quvchilarning bilish 
faoliyatini jonlashtiradigan usullardan foydalanish hamda mavzuni bayon 
qilish jarayonida o’quvchilar bilimlarni idrok etishi, ob‘ektlarni 


chog‗ishtirishi, tahlil qilishi, xulosa chiqarishiga zamin tayyorlanishi va unga 
imkoniyat yaratilishi lozim.
Kompyuterli ta‘limning yana bir didaktik vositasi mashqdir. Mashq didaktik 
ma‘noda o’rganilgan bilimlarni turli o’quv holatlariga tatbiq etish yo’lidir. 
O’quv materialini mustahkam o’zlashtirish uchun har bir mavzuga 
mo’ljallangan bir nechta mashq va o’quv materialini to’liq o’zlashtirishga 
qaratilgan mashqlar tizimini yaratish kerak.
Tizimdagi mashqlar faqat mazmun jihatdan emas, balki joylashish ketma-
ketligi jihatidan ham mukammal tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki 
mashqlarning to’g‗ri ketma-ketlikda bajarilishi ular mazmunining 
o’quvchilar ongida yaxshi o’rnashib qolishiga sabab bo’ladi.
Mashqlar tizimida informatikadan dasturda ko’rsatilgan ma‘lum bilimlar 
tizimini chuqur tushunish va mustahkam o’zlashtirish hamda tegishli 
malakalarni hosil qilish uchun yetarli sondagi mashqlar berilishi lozim. Tizim 
har bir o’quv elementini shakllantirishning to’liq davriga qaratilgan 
mashqlarni o’z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga mashqlar sonini optimal 
miqdorga keltirish ham kerakki, bunda o’quvchilarning keraksiz mashqlarga 
sarflaydigan o’quv vaqti va «o’quv energiya»si tejalib, undan boshqa 
maqsadlarda foydalanish mumkin bo’ladi.
Mashqlarning tizimliligi shundan iboratki, muayyan mashq boshqa mashqlar 
bilan bir tizimda olingandagina muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha 
aytganda, alohida olingan mashqlar orqali ko’zlangan maqsadga erishib 
bo’lmaydi yoxud bu jarayon juda qiyin kechadi.
O’quv predmeti mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilar tafakkurini 
rivojlantirish va o’zlashtirishining bir-biri bilan chambarchas bog‗liq 
ekanligini e‘tiborga olish zarur.
Har bir mashq o’rganilayotgan mavzu mazmunini oydinlashtirish bilan 
birgalikda o’quvchini yangi bilim va undagi ichki mantiqiy bog‗lanishlar 
bilan tanishtiradi, fan bo’yicha olgan nazariy bilimlarini tizimlashtirib, 
mustahkamlaydi va o’z mazmunini hayot voqealari bilan bog‗lab 
tushunishga qiziqtiradi.
O’quvchining bilim va malakalarni qanchalik darajada o’zlashtirishi o’quv 
materialini bayon qilishda foydalaniladigan ko’rgazma vositalarga ham 
bog‗liq. Zero, Ya.A.Komenskiy ko’rgazmalilikni «o’qitishning oltin 
qoidasi» deb bejiz aytmagan.
Ko’rgazma vositalar o’qituvchi uchun o’quvchining bilish faoliyatini 
boshqarish quroli, o’quvchi uchun bilim manbai, tasavvur, tushuncha, 
qonuniyat va nazariyani o’zlashtirishga yordam beradigan vosita vazifasini 
bajaradi. Shu bois «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal» naqliga 
mos holda o’rgatuvchi dasturlardagi grafik axborotlarning hajmi muntazam 
o’sib bormoqda. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ETRYTlarga 
qo’yiladigan talablarga ko’ra bu tasvirlanadigan umumiy axborot hajmining 
40-90 % igacha oshirilishi lozim.
Illyustratsiyadan foydalanish, ya‘ni rasm, fotosurat va videotasvirlardan 
foydalanish kompyuterda ob‘ektni o’rganish jarayonini jonlantirib, 


ta‘limning boshqa usullaridan ustunligini ko’rsatadi. ETRYTning namoyish 
qilish qismi o’quv materialining ma‘lum qismlarini ko’rgazmali yetkazib 
berishga, yangi tushunchalarni tasvirlab tushuntirishga, kuzatish qiyin 
bo’lgan hodisa va jarayonlarni ko’rsatishga qaratilgan. Namoyish 
jarayonidagi teskari aloqa o’zlashtirishni osonlashtiradi va o’quvchilar 
faolligini oshiradi. Teskari aloqani o’rnatishda test yetakchi vositadir.
«Test» (inglizcha «test» — o’zbekcha «sinash», «tekshirish», «tadqiq qilish» 
so’zlariga ma‘nodosh) atamasi fanda keng qo’llaniladi: «Test» — psixologik 
ma‘noda uning bajarilishiga qarab odamning psixologik, shaxsiy sifatlari 
xususida hukm chiqarish vositasi; fiziologiyada
«test» inson oragnizmida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni sinab ko’rish uchun 
qo’llanadi; hisoblash texnikasida «test» bajarilgan ishning to’g‗riligini 
tekshirish uchun o’tkaziladigan nazorat topshirig‗i; pedagogik ma‘noda 
o’quvchilarning o’quv materiali yoki o’quv predmetini o’zlashtirish 
darajasini tekshirish vositasi.
Testni bir necha xususiyatiga ko’ra tasniflash mumkin. Testlarning tuzilishiga 
ko’ra bir necha turi mavjud: bitta savol qo’yilib, uning bir necha javobi 
ko’rsatiladi. Bu javoblardan faqat bittasi to’g‗ri bo’lib, o’quvchi shu to’g‗ri 
javobni topishi kerak; bitta savol yoki jumla qo’yilib, uning javobi «ha» 
yoki «yo’q» shaklida ko’rsatiladi. O’quvchi to’g‗ri javobni ko’rsatishi 
kerak; bir necha savol va bir necha javob ko’rsatiladi, o’quvchi qaysi 
savolga qaysi javobning mosligini ko’rsatishi kerak.
Birinchi turdagi testlar eng ko’p qo’llaniladigan testlar bo’lib, quyi sinflarda 
bir savolga 3 ta, yuqori sinflarda bir savolga 4 yoki 5 ta javob mos qo’yiladi. 
Ikkinchi turdagi testlar qiyinchilik darajasi past, uchinchi turdagi testlar 
qiyinchilik darajasi yuqori bo’lgan testlar hisoblanadi.
Testlarni vaqtga ko’ra 3 turga ajratish mumkin: joriy test — har bir darsda 
uzoq va yaqinda o’rganilgan o’quv materialining o’zlashtirilganligini 
tekshirish; davriy test — o’quv predmetining bir bo’limi, katta qismi 
o’rganilgandan keyin tashkil etiladigan sinov; yakuniy test — o’quv 
predmeti to’liq o’rganilgach, chorak yoki o’quv yili oxirida tashkil etiladigan 
tekshirish.
O’quvchilar miqdoriga ko’ra testning 3 xil ko’rinishini farqlash mumkin: 
individual test — har bir o’quvchi uchun alohida test topshiriqlarini tuzib 
tekshirish o’tkazish; tabaqalashgan test — sinf o’quvchilarini bilim, 
malakalarni o’zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga ajratish va ularning har 
biriga mos test topshiriqlarini tuzib tekshirish o’tkazish; yalpi test — sinf 
o’quvchilarining barchasiga mo’ljallangan test topshiriqlari asosida sinov 
o’tkazish.
Kompyuterli ta‘limda testlarning tuzilishiga ko’ra barcha shakllaridan, 
o’tkazilish vaqtiga ko’ra uchala turidan, o’quvchilar miqdoriga ko’ra 
individual test sinovidan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish