Elektron ta’lim resurslarini яратиш босқичлари ва уларга қЎйиладиган талаблар


Kompyuterlashtirish yo’li bilan ta‘limni tashkil etish, boshqarish, nazorat



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#556688
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Kompyuterlashtirish yo’li bilan ta‘limni tashkil etish, boshqarish, nazorat 
qilishning yangi — sifat bosqichiga o’tiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchi 


munosabatidagi bog‗lanish, aloqalar tubdan o’zgaradi, ta‘lim mazmuniga 
pedagogik ishlov berish uslubiyati yangilanadi, o’quv materialini to’liq 
o’zlashtirish davri boshlanadi, ta‘lim modul xarakteriga ega bo’ladi, 
teskari aloqa mohiyati jihatidan yangilanadi, ta‘limga qo’shimcha va 
o’zgartish kiritish, zarur o’rinlarida uni takrorlash imkoniyatlari oshadi. 
Bundan 30 yil ilgari kompyuterli ta‘lim, ta‘limni kompyuterlashtirish, maktab 
ta‘limida kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas edik. 
Endi davr o’zgardi. Ulkan, qimmatbaho va foydalanish murakkab bo’lgan 
EHMlar endi ko’zimizga ma‘lumotlarni qayta ishlash uchun ishonchli va 
qulay bo’lgan vositaga o’xshab ko’rinmoqda. Uning maorif sohasida ham 
keng qo’llanilayotganligining guvohi bo’layapmiz. Kompyuterlarni ta‘limda 
qo’llash ufqlari oydinlashib, ularni ta‘lim jarayonida qo’llash usullari, 
vositalari, prinsiplarini asoslashga urinishlar paydo bo’lmoqda.
Kompyuterli ta‘lim boshqa pedagogik qarashlarni inkor qilmaydi. 
Kompyuterning katta imkoniyatlari borligini unutmaslik kerak. Agar ilmiy 
asoslangan ETRYTlarni tayyorlash yo’llari atroflicha tadqiq qilinsa, ta‘lim 
sub‘ektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini to’liq o’rgansa, 
yoshlarning ta‘lim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi.
Qiyin kechayotgan bo’lsa-da, kompyuterli ta‘lim amaliyoti shakllanib bormoqda.
Informatika, matematika, fizika, kimyo, geografiya, chet tili kabi o’quv 
fanlaridan ETRYT yaratish yo’llari keng o’rganilmoqda. Shunga 
qaramasdan, ta‘limni kompyuterlashtirish sohasida qator qiyinchiliklar ham 
mavjud. Kompyuterli darslarni tashkil qilish uchun kompyuterlarning 
miqdor jihatidan yetishmasligi, maktablardagi kompyuter rusumlarining har 
xilligi, kompyuter asosida darslarni tashkil etish uslubiyatining ishlab 
chiqilmaganligi, mavjud ETRYTlarning mukammal emasligi, ilmiy 
asoslangan ETRYTlarning yo’qligi kabilar shunday qiyinchiliklarga sabab 
bo’lmoqda.
Xullas, respublikamizda ta‘lim muassasalarini, jumladan, umumiy o’rta 
ta‘limda IHTAni o’qitishni kompyuterlashtirish amaliyoti sohasida qator 
muammolar mavjud.
Birinchi muammo — kompyuterlarning tanqisligi, ayniqsa, chekka 
tumanlarda ularning yetishmasligi. Bu muammoning yechimi ko’pgina 
omillarga bog‗liq. Zero, kompyuterning o’zi ancha qimmat turadi. 
Respublikamiz miqyosida ta‘limni kompyuterlashtirish, barcha o’quv 
fanlarini kompyuter asosida o’qitishga o’tish, shu yo’l bilan ta‘limning 
samaradorligiga erishish uchun bir necha o’n minglab kompyuter talab 
qilinadi. Shuningdek, yaroqsiz bo’lgan, eskirgan kompyuterlarni yangisi 
bilan 
almashtirishga 
to’g‗ri 
keladi. 
Shu 
tufayli 
ta‘limni 
kompyuterlashtirishning eng qulay yo’lini izlashga ehtiyoj tug‗iladi. 
Fikrimizcha, mazkur muammoni hal qilish bo’yicha izlanishlarni IHTAdan 
boshlagan ma‘qul. Bunday yo’l tutishni ma‘qullab A.A.Kuznetsov shunday 
yozadi: «Informatika kursini boshqa o’quv fanlari bilan qiyoslaganda, 
hozirgi kundagi o’qitishning metodologik tizimida o’ziga xos xususiyatli 
komponent - o’qitishning yangi vositasi bo’lgan kompyuter mavjud. Albatta, 
bu xususiyat vaqtinchalik xarakter kasb etadi va maktablarning hisoblash 


texnikasi bilan jihozlanishi hamda boshqa fanlarni o’qitishda kompyuterdan 
foydalanish uslubiyatining ishlab chiqilishi bilan yo’qotiladi. Bugun esa 
IHTA o’quv jarayonida kompyuterdan foydalanish uslubiyati tekshirib 
ko’rilayotgan yagona predmet hisoblanadi. IHTA uslubiyatida erishilgan 
natijalar vaqt o’tishi bilan boshqa fanlarning ham yutuqlariga aylanib 
boradi». Kompyuter texnikasi taqsimotini oqilona tashkil etish, o’tgan 
asrning 90-yillarida ishlab chiqib maktablarga tarqatilgan «Pravets»,
«Agat», «Korvet», «Yamaxa» rusumli kompyuterlarni yangilariga 
almashtirish, o’qituvchi va o’quvchilarning kompyuter savodxonligini 
oshirish yo’li bilan bu muammoni hal qilish mumkin.
Ikkinchi muammo — ilmiy asoslangan dastur vositalarini yaratish, 
maktablarni ular bilan ta‘minlash. Maktablarga kompyuter o’rnatish bilan 
ta‘limni kompyuterlashtirish muammosi hal bo’lib qolmaydi. Bu sohadagi 
bosh masala kompyuterlarning sifatli dastur vositalari bilan ta‘minlanishidir. 
Bu sohada ahvol qanday?
Maktablarda ma‘lum miqdorda dastur vositalari mavjud. Ammo ularda 
zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmagan 
bo’lib, «ha-yo’q» sxemasi asosida ishlashga moslashgan va, asosan, nazorat 
qilishga mo’ljallangan. O’quvchilarda ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash, 
evristik layoqatni tarbiyalashga yo’nalgan dasturlar deyarli yo’q.
O’quv materialini batafsil bayon qilish, tasavvur qilish qiyin bo’lgan jarayon 
va hodisalarni namoyish qilish, mashqlar bajartirish, o’quvchining dars 
jarayonidagi faoliyatiga ko’ra tabaqalashgan holda uyga vazifa tayinlash, 
o’quvchilarning darsdagi faoliyatini qaydnoma ko’rinishida tahlil qiladigan 
dasturlar mavjud emas.
Kompyuterlarni ta‘lim jarayoniga tezroq olib kirish maqsadida yuzaki 
ETRYTlar ishlab chiqilmoqda. Ularda darslik mazmuni ekran kadrlarida 
tasvirlanmoqda, xolos. Bunda kitob sahifasini varaqlash kompyuter 
tugmachasini bosishga, qog‗ozdagi matn ekrandagi tasvirga almashtiriladi. 
Bunday dasturlarda topshiriqlar ham mavjud bo’lib, undagi topshiriq sharti 
ekranda tasvirlanadi, o’quvchi masalani daftarda hal qilib, javobini 
kompyuterga kiritadi.
Natijani tekshirgan mashina uning to’g‗ri yoki noto’g‗riligini aytadi 
(Kompyuterning bunday «imkoniyati»dan lol qoladiganlar ham oz emas!). 
Biroq bu holatda kompyuter arzon va foydalanish uchun qulay bo’lgan oddiy 
darslik yoki mashqlar to’plamini qimmatbaho, shuningdek, bu maqsadda 
foydalanish uchun noqulay bo’lgan kompyuter bilan almashtirilayotganligini 
ta‘kidlash lozim. Qolaversa, bu xildagi dasturlar hech qanday pedagogik va 
uslubiy qimmatga ega emas. An‘anaviy o’qitishdagi muvaffaqiyatlarning 
muhim omili o’quvchilar tomonidan bo’ladigan hissiy kechinmalarni anglash 
va uni inobatga olgan holda jarayonga yondashishdir. Biroq hozirgi ETRYTlar 
ham, intellektual o’qitish tizimlari ham o’quvchining bilish faoliyatini tashkil 
qilishga qaratilgan bo’lib, uning hissiy kechinmalari, holatini inobatga olish 
imkoniyatiga ega emas edi.
Bugungi kunda o’quvchi yuz qiyofasini avtomatik tahlil qilgan holda unga 
ruhiy madad bera oladigan tizimlar yaratilmoqda. Ular ETRYTning yangi 


avlodi bo’lib, hissiy o’qitish tizimi deb ataladi. Bunday yo’nalishdagi ishlar 
Yangi Zelandiyaning Messey universitetida keng yo’lga qo’yilgan.
Darhaqiqat, intellektual o’qitish tizimlarining yangi avlodida buyruqlarni 
individuallashtirish imkoniyatiga e‘tibor berilmoqda. Bu tizimlardagi 
individuallashtirish o’quvchining faqat bilim darajasini emas, balki uning 
hissiy holatlarini ham inobatga oladi. Tan olish kerakki, hozirgi o’qitish 
tizimlari moslashish xususiyatiga ega emas va «yakkama-yakka muloqot»da 
kam samarali hisoblanadi. O’quvchining hissiy holatini hisobga olish 
xususiyati esa tizimning samaradorligini oshiradi. O’quvchining hissiy holati 
yurak urishi, terining qarshiligi, tovush intonatsiyasi va yuz mimikasining 
o’zgarishi bilan aniqlanadiki, ular turli biosignallarni tahlil qilish asosida 
ajratiladi. Bunday o’qitish tizimlari hissiy o’qitish tizimlari deb atalmoqda.
Pedagogik amaliyotda kompyuter o’yinlari alohida diqqat bilan o’rganiladigan 
hodisa. Endilikda kompyuter o’yinidan qachon va darsning qaysi 
bosqichlarida foydalanish samaradorligini pedagogik va uslubiy jihatdan 
o’rganish vaqti yetib keldi. Mutaxassislarning ushbu fikri kishini 
hushyorlikka da‘vat etadi: «Birinchidan, ular (kompyuter o’yinlari — A.H.) 
o’quvchilarni bo’shashtiruvchi va asosiy vaqtini olgani uchun kam foydali 
va hatto zararli mashg‗ulot bo’lib tuyuladi. Ikkinchidan, o’yinlar teskari 
samara berishi, ya‘ni o’quvchilar irodasini susaytirishi mumkin» [91;66]. 
Ta‘limda kompyuter o’yinlaridan foydalanish tajribasini davom ettirish 
zarur. Ulardan yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlovchi vosita 
sifatida, shuningdek, nazorat va baholash vositasi maqsadida foydalanish 
maqsadga muvofiq. O’yin dasturlarini ishlab chiqish amaliyotini atroflicha 
tadqiq qilish, ularni pedagogik jihatdan o’rganish kompyuter o’yinlarining 
ta‘limiy ahamiyatini oshiradi.
So’nggi yillarda yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tarmoq 
aloqasidan foydalanishning ko’payishi bilan bilimlarni tarqatishda internet 
tizimi fundamental rol kasb etmoqda. Tarmoq orqali o’qitishga 
mo’ljallangan masofali o’qitish kurslari bugungi kunda keng tarqalmoqda, 
ular hozir oddiy o’quvchini o’qitishdan diplomli mutaxassisni tayyorlash 
darajasigacha qo’llanilmoqda. Zero, internet tizimi ta‘lim jarayoniga juda 
katta ta‘sir ko’rsata oladigan omil hisoblanmoqda. U o’rganish va tadqiqotlar 
olib borish uchun ulkan ma‘lumotlar omboriga ega bo’lib, ta‘lim oluvchi 
uchun turli mazmundagi ma‘lumotlarni yetkazib berishi mumkin. Uning 
yordamida o’quvchilar bir-biri va o’qituvchilar bilan muloqot qilishlari 
hamda ma‘lumotlardan hamkorlikda faydalanishlari mumkin.
Internet orqali o’qitish barcha ta‘lim muassasalarini qiziqtirmoqda. O’quv 
muassasalari internetni an‘anaviy o’qitishni to’ldiruvchi ta‘lim shakli 
sifatida tan olmoqda. Shuningdek, ta‘limning bu turini uzoq masofada 
ma‘lum shakl va mazmunda joylashgan o’quv materialiga va o’qituvchilarga 
mustaqil o’rganish uchun murojaat qilish imkonini beradigan manba sifatida 
ham qayd qilish mumkin.
Uyda yoki ish joyida o’qish imkonining paydo bo’lishi sinf xonasida o’qitish 
bilan bog‗liq xarajatlarni kamaytirish hamda o’quvchilarga yangi bilimlarni 


yetkazishning an‘anaviy va yangi shakllarini uyg‗unlashtirish vazifalarini 
qo’ymoqda.
Darhaqiqat, kompyuterli ta‘lim amaliyotining eng yetakchi sohasi masofadan 
o’qitish yo’nalishi bo’lib hisoblanmoqda. Kompyuterli ta‘limning bu 
ko’rinishi geografik jihatdan uzoqda joylashgan maktablarga mo’ljallangan 
edi. Ammo zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta‘lim 
jarayonini masofadan turib tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish 
imkoniyatlarini oshirdi.
Natijada, masofali ta‘lim kompyuterli ta‘limning eng yetakchi maqomini ola 
boshladi. Hozirgi kunda jahonda millionlab talaba shu uslub asosida ta‘lim 
olmoqda. AQShda shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv 
markazlari barpo etilmoqda. Masofali ta‘limda o’quvchining o’zi 
ma‘lumotlar omboridan zarur axborotlarni izlab topadi, o’z tajribalarini 
tarmoq vositasida boshqalar bilan o’rtoqlashadi.
Bu sohada respublikamizda ham ishlar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi «Iste‘dod» jamg‗armasi qoshida «Masofali o’qitish 
markazi» tashkil qilindi. Markaz masofali ta‘limni respublika miqyosida 
keng joriy qilish uchun izlanishlar olib bormoqda. Kompyuterli ta‘lim 
vositalaridan biri «elektron darslik»lardir. Elektron darslik deganda, Davlat 
ta‘lim standarti va o’quv dasturiga mos keladigan o’quv predmeti yoki uning 
biror bo’limi, qismining mazmunini tizimli bayon qiladigan va shu shakldagi 
nashr sifatida maxsus tasdiqdan o’tgan elektron o’quv kursi tushuniladi. 
Uning vositasida o’quvchi kompyuter bilan muloqot qilib, o’quv materialini 
o’ziga mos sur‘atda, o’zini qiziqtirgan muammolarni keraklicha takrorlash 
asosida o’rganish imkoniyatiga ega. Shuningdek, elektron o’quv 
qo’llanmalar ham keng tarqalmoqda. Elektron o’quv qo’llanma — darslik 
o’rnini qisman yoki to’liq bosadigan yoki almashtiradigan va shu shakldagi 
nashr sifatida maxsus tasdiqdan o’tgan elektron o’quv kursidan iborat. 
Elektron o’quv kursi deganda o’quv kursi yoki uning biror qismini mustaqil 
o’zlashtirishga imkon beradigan dasturli uslubiy majmua tushuniladi. 
Elektron o’quv kursi o’zida odatdagi darslik, ma‘lumotnoma, mashqlar 
to’plami va Tajriba ishixususiyatlarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi esa 
individual holatda yoki o’qituvchining qisman uslubiy yordami asosida 
ma‘lum o’quv predmeti sohasidagi va ma‘lum hajmdagi yangi nazariy bilim, 
amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlashdan 
iborat. Bunday kurslarning asosini elektron o’quv materiali tashkil etadi. 
Elektron o’quv materiali ma‘lum o’quv kursi yoki uning bo’lagini o’rganish 
uchun mo’ljallangan matnli, ko’rgazmali, tovushli, videolavhali, 
shuningdek, ularning barchasini mujassamlashtirgan fayl shaklidagi o’quv 
materialidan iborat.
Elektron o’quv materialini tayyorlash uchun multimediali vositalardan 
foydalaniladi. Multimediali vositalar deganda esa, bir vaqtning o’zida 
harakatlanadigan tasvir, videofilm, animatsiyali grafik obrazlar, matn va 
tovushlar ustida amal bajarishga imkon beradigan interfaol vositalar 
tushuniladi.


Multimediali o’quv materiali bosma material, tovushli, videoli va animatsion 
elementlarni o’zida mujassamlashtirgan o’quv materialidan iborat bo’lib, 
tabiiyki, bu atama kompyuter xotirasidagi yoki disklardagi ma‘lumotlarga 
nisbatan ishlatiladi.
Shuningdek, 
avtomatlashtirilgan 
ta‘lim 
tizimi 
tushunchasi 
ham 
ishlatilmoqdiki, bu atama o’z ichiga o’qituvchi, o’quvchi, o’quv-uslubiy va 
didaktik materiallarni, ma‘lumotlarni avtomatik qayta ishlaydigan tizimni 
mujassamlashtirgan avtomatlashtirilgan axborotli muhitga nisbatan 
qo’llaniladi. O’quv materialining yangi avlodini yaratish bilan bog‗liq 
fikrlar bilan 
http://www.rnmc.ru/ideas/osin/sozdmater.php
saytida kengroq 
tanishish mumkin.
Kompyuterli ta‘lim amaliyotidagi eng dolzarb masalalardan yana biri 
o’qituvchi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash muammosidir. Bu 
muammoni ijobiy hal qilish tomon dalil qadam qo’yildi: oliy ta‘lim 
muassasalarida informatika va hisoblash texnikasi o’qituvchilari tayyorlash 
yo’lga qo’yildi; hozirgi kunda oliy ta‘lim muassasalarining barcha 
mutaxassisliklarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish 
joriy qilingan; mazkur o’quv predmeti bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmalari 
va ma‘lum mukammallikdagi ETRYTlar, elektron darsliklar yaratilgan. 
Yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham yetarli. Bunday kamchiliklarga 
maktabdagi o’quv fanlarini o’qitishda kompyuterdan foydalanish nuqtai 
nazaridan o’qituvchilarning kompyuter savodxonligi nihoyatda past 
ekanligi; haligacha mukammal ETRYTlar yaratilib, o’quv fanlarini 
kompyuter vositasida o’qitishni tashkil etishning umumiy asoslari 
o’rganilmaganligi; ta‘limni kompyuterlashtirish jamiyatni axborotlashtirish 
jarayonining tarkibiy qismi ekanligini barcha mutasaddi tashkilot vakillari 
anglab yetmaganligi kabilarni ko’rsatish kifoya. Bu kamchiliklar bartaraf 
qilinsa, davlatimizning jamiyatni axborotlashtirish sohasidagi siyosatini 
to’lig‗icha amalga oshirish imkoniyatlari yanada oshadi.
Biz respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimini kompyuterlashtirish muammosi 
bilan shug‗ullanadigan markaz tashkil qilinishini, uning huzurida 
o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari bilan birga muhim 
tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishni taklif etamiz. Shundagina tadqiqot 
natijalari, ilmiy bilimlar o’quv fanlari mazmunida o’z aksini topadi va 
amaliyotda uzluksiz qo’llanadi.
Bu muammoni hal etishda Mirzo Ulug‗bek nomidagi O’zMU, Nizomiy 
nomidagi TDPU, Beruniy nomidagi TDTU, A.Avloniy nomidagi O’MOMI, 
Buxoro, Samarqand, Farg‗ona davlat universitetlaridagi ilmiy potensial va 
moddiy-texnik bazadan foydalanish lozim. Mazkur ta‘lim muassasalarining 
aksariyatida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bog‗liq laboratoriyalar 
faoliyat ko’rsatmoqdaki, ularda olib borilayotgan ishlar va erishilgan 
natijalar jarayonning jadallashishiga sezilarli ta‘sir ko’rsata oladi.
Maktabda o’qitish amaliyoti talablariga to’liq javob bera oladigan darajada 
o’qituvchilarni tayyorlash yoki malakasini oshirish tuzulishi va mazmunini 
aniqlab olish lozim. O’rta maktabni bitiruvchilar o’quv fanlari bo’yicha 
rejada belgilangan o’quv materialini o’zlashtirishdan tashqari tashkil 


qilingan turli tizimlar yordamida axborot manbalariga kira olishlari, ularda 
axborotlarning izlanishi, qayta ishlanishi mohiyatini tushunishlari hamda 
ulardan o’quv va ijodiy ishlarida foydalana olishlari shart. Bunday ishlar 
faqat maktabda o’tkaziladigan darslar orqaligina emas, turli kompyuter 
klublari va o’quvchilarning dam olish vaqtlari hisobidan ham amalga 
oshirilsa bo’ladi. O’qituvchilar malakasini oshirishda rejalashtiriladigan 
mazmun mazkur yo’nalishlarni ham qamrab olishi kerak.
Bunday yondashuv barcha o’quv fanlari o’qituvchilari egallashi lozim bo’lgan 
bilimlarning minimal miqdorini belgilashni taqozo etadi. Bunday darajani 
belgilashda o’qituvchilarni tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan ko’zlangan 
maqsad aniq o’quv fanlari sohasida kompyuter yordamida bilimlarni 
o’zlashtirishning qanday qulaylik, imkoniyatlari borligini ochib berish, 
kompyuter vositasida mashg‗ulotlarni tashkil qilib o’quvchilarni nazariy 
bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni mustaqil o’zlashtirishga o’rgatish 
ekanligidan kelib chiqishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchilar malakasini oshirish yoki qayta 
tayyorlashda o’rgatiladigan material mazmunini tanlashda ikki jihat nazarda 
tutilishi kerak. Birinchidan, kurs mazmuni faqat IHTA kursi mazmunidagi 
bilimlar bilan cheklanilmasligi zarur; ikkinchidan, barcha fan mutaxassislari 
uchun umumiy bo’lgan invariant qism hamda alohida o’quv fanlaridagi 
imkoniyat va ehtiyojlardan kelib chiqadigan variantli qismdan iborat bo’lishi 
lozim.
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, hozirgi kunda umumta‘lim maktablarida IHTA 
o’quv predmetini o’qitayotgan aksariyat o’qituvchilar matematika va fizika 
fani o’qituvchilari. Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirishni amalga oshirish 
ular uchun oson emas, albatta. Shu bois o’qituvchilarni mazkur yo’nalish 
bo’yicha qayta tayyorlash vazifalariga ham e‘tiborni qaratish kerak. Hozirgi 
kunda turli mutaxassisliklar bo’yicha malakasini oshiradigan o’qituvchilarga 
8 soat (2 soat ma‘ruza, 6 soat seminar) hajmida «Yangi axborot 
texnologiyalari va ulardan ta‘limda foydalanish» kursi o’tilmoqda. Kursda 2 
soat axborot texnologiyalari haqida, 2 soat kompyuter qurilmalari haqida, 2 
soat muharrirlar haqida ma‘lumot berilsa, 2 soat ETRYTlardan foydalanish 
mavzusiga bag‗ishlanadi, xolos. Bu yetarli emas, albatta. Bevosita IHTA 
o’quv predmetidan dars beradigan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan kurs 
haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. Vaholanki, Morokko davlatida 
matematika va fizika o’qituvchilaridan informatika o’qituvchilarini qayta 
tayyorlash uchun 2 yil ajratilayotganligini inobatga olib, bizdagi ahvolning 
qoniqarli emasligini qayd etish mumkin.
3. Fan-texnika rivojlanishi hozirgi kundagi ta‘lim tizimini — uni tashkil etish 
prinsiplari, mazmuni, ta‘lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi 
ta‘lim texnologiyalari talablari darajasida tubdan isloh qilishni taqozo 
etmoqda. Bunday muammolardan biri ta‘limni kompyuterlashtirish.
Ta‘limni kompyuterlashtirish «inson-mashina» tizimini jamiyat hayotining 
barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday 
tizimlar nazariyasiga ko’ra inson faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, 


mashina uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. 
Inson faoliyatining ko’pgina ko’rinish va shakllari mavjud bo’lib, ularning 
genetik jihatdan boshlang‗ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning 
tarixiy rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, o’yin, o’quv, 
ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. O’quvchilarning o’quv faoliyatini 
kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga 
imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘limni kompyuterlashtirish uzluksiz ta‘lim 
tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etadi.
Jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha jabhalarida intellektual 
faoliyat turlari va rolini oshirish bilan bog‗liq ob‘ektiv jarayon.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining 
yaxshilanishi, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishi, iqtisodning o’sishi, fan-
texnika taraqqiyotining jadallashishi uchun xizmat qiladi. Shu bois, u yoki 
bu mamlakat XXI asrda davlatlar orasida munosib o’rin egallashi va boshqa 
mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqalarda teng qatnasha olishi uchun o’z 
iqtisodiy tuzilmalari va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi 
kerak. Respublikamizda mustaqillik sharofati bilan axborotlashgan jamiyat 
sari ildam borilmoqda. Bu masala davlatimiz va hukumatimiz diqqat 
markazidagi masalalar qatorida turibdiki, buni mazkur yo’nalish bo’yicha 
qabul qilinayotgan farmon va qarorlar tasdiqlaydi.
A.Shatrov va Yu.Sevenkov jamiyatni axborotlashtirish jarayonidagi 5 asosiy 
yo’nalishni ajratib ko’rsatgan: a) mehnat, texnologik va ishlab chiqarish 
jarayoni vositalarini majmuali avtomatlashtirish; b) ilmiy tadqiqot, 
loyihalash ishlari va ishlab chiqarishni axborotlashtirish; v) tashkiliy-
iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish; g) aholiga xizmat ko’rsatish 
sohasini axborotlashtirish; d) ta‘lim va kadrlar tayyorlash jarayonini 
axborotlashtirish .
Bizning tadqiqot beshinchi yo’nalishga mos keladi. Bu yo’nalish boshqa 
yo’nalishlarning amalga oshishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri uzluksiz ta‘lim 
tizimini axborotlashtirish. Uzluksiz ta‘lim tizimini axborotlashtirish jamiyatni 
axborotlashtirish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim 
shartidir. Bu jarayon o’ziga ta‘limni samarali amalga oshirish maqsadida 
yangi axborot texnologiyalarini qo’llashni, uning uslub va vositalaridan 
foydalanishni, 
ta‘lim-tarbiya 
jarayonining 
barcha 
bosqichlarini 
jadallashtirishni, uning sifat va samaradorligini oshirishni, yoshlarni 
axborotlashgan jamiyat sharoitida yashashga tayyorlash masalalarini qamrab 
oladi.
IHTA o’quv predmetining xalq ta‘limi tizimiga kiritish maqsadlaridan biri 
yuqoridagi muammolarni hal etish maqsadida o’quv jarayoni uchun 
mo’ljallangan namoyish qiluvchi, o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi va boshqa 
ETRYTlarni ishlab chiqish va qo’llash bilan ta‘lim samaradorligini 
oshirishdan iborat. Bu yo’nalish ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish deb 
nom oldi. Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish zarurati o’quvchilarni 
jamiyatning har tomonlama yetuk fuqarolari qilib tarbiyalash vazifasidan kelib 
chiqadi. 
Jamiyatda 
inson 
faoliyatining 
barcha 
sohalari 


kompyuterlashtirilayotgan hozirgi sharoitda yosh avlodni kompyuter bilan 
erkin moluqot qilishga o’rgatish ham muhim hisoblanadi. Yoshlarning 
kompyuterdan keng foydalana olishi jamiyatda fan-texnika taraqqiyotining 
jadallashishi va shu asosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun 
xizmat qiladi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish insonning aql-zakovati rivojlanishiga ulkan 
hissa qo’shadi. Negaki, kompyuter yordamida o’qitish jarayonida inson 
fikrlashining uslublari qatoridan induksiya va deduksiya, umumlashtirish va 
konkretlashtirish, 
tahlil 
va 
sintez, 
tasniflash 
va 
tizimlashtirish, 
abstraklashtirish va o’xshatish kabilar tabiiy ravishda o’rin oladi. Bular esa 
mantiqiy xulosalar chiqarish, fikrlarni ifodalash, asoslash va isbotlashga, shu 
asosda mantiqiy fikrlashning o’sishiga xizmat qiladi.
Kompyuter shunday keng imkoniyatli qurilmaki, mukammal ishlangan 
dasturlardan foydalanganda juda yuqori pedagogik samaradorlikka erishish 
mumkin. AQSh mutaxassislari bergan ma‘lumotlarga qaraganda, 
kompyuterni ta‘limda qo’llash o’qitish muddatini uchdan bir qismigacha 
qisqartirish imkonini berar ekan. Shuningdek, sayoz ishlab chiqilgan dastur 
vositalaridan foydalanishning zarari ham juda katta bo’lishi mumkin.
O’tkazilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlar va kompyuterli ta‘lim 
tajribasining ko’rsatishicha, uzluksiz ta‘lim tizimida kompyuterlarni formal 
qo’llash kutilgan natijani bermaydi. Bu jarayonda samaradorlikka erishish 
uchun didaktik va psixologik konsepsiyalarning istiqbollarini, o’quv fanlari 
mazmuni va ularni o’zlashtirish mantiqini, o’qitish uslubiyatining 
xususiyatlarini, ta‘lim muassasasining maqsad, vazifalari aniq hisobga 
olingan ETRYTlarni loyihalashning nazariyasi va texnologiyasini ishlab 
chiqish kerak. «O’qitishni kompyuterlashtirishning o’zi maqsad emas. U 
didaktik ta‘lim tizimining bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarishning 
maqsad, prinsip, mazmun, uslubiyat, shakl va tavsiflarining barchasini o’z 
ichiga olgan komponentlariga ta‘sir ko’rsata oladigan darajada o’quv 
jarayonini takomillashtirishga qaratilgan».
Ta‘lim o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining o’zaro kirishuvi asosida 
shakllanadigan tashkiliy jarayon. Uning markazida o’qitish va o’qish 
faoliyatining bir-biriga ta‘siri yotadi.
O’qitish va o’qish faoliyatini atroflicha tahlil qilish yo’li bilan ta‘lim 
jarayonining mohiyatini tushunish mumkin. Kompyuterli ta‘limda ham 
o’qitish va o’qish faoliyatini ajratish, ularni to’g‗ri tashkil qilish, faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan keng foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarga bilim berib, ularni ijtimoiy tajriba va ma‘naviy boyliklar bilan 
qurollantirayotgan o’qituvchilarning barchasi o’qitish faoliyati bilan 
mashg‗ul. Kompyuterli ta‘limda bunday faoliyat kompyuter zimmasiga 
yuklanadi.
Kompyuterli ta‘lim jarayonida ta‘lim o’quvchi va kompyuter orasidagi 
munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.


Kompyuterli ta‘limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi 
bog‗lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv 
materiali o’rtasidagi bog‗lanishni tashkil etish uchun ta‘lim loyihalanadi. 
O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag‗batlantirish 
tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Kompyuterli ta‘limni boshqarish – ETRYT asosida o’quvchining bir faoliyat 
turidan ikkinchisiga o’tishiga va shu asosda o’quv materialini 
o’zlashtirishning quyi darajasidan yuqori darajasiga ko’tarilishiga erishish 
tushuniladi. ETRYT ta‘limni boshqarish talablariga ko’ra o’quvchilarning 
javoblarini tahlil etadi, dastur beradigan ko’rsatmalarga ko’ra kompyuter 
ishini boshqarishni ta‘minlaydi.
Kompyuterli ta‘limni nazorat qilish – kompyuter yordamida o’qitish bilan 
o’qish faoliyati orasidagi teskari aloqani yuzaga chiqarish. Teskari aloqaga 
ko’ra ta‘lim jarayoni natijasi tahlil etiladi, o’quvchilar faoliyatidagi 
kamchiliklar aniqlanadi, to’ldiriladi.
Kompyuterning o’qitish faoliyati tarkiban o’ta murakkab bo’lib, o’ziga 
ETRYTda mujassamlashgan didaktik vazifalar, o’quv topshiriqlari, o’quv 
materiali, o’qitish uslublarini qamrab oladi. Didaktik vazifa - ta‘lim 
jarayonida kompyuter amalga oshiradigan ishlar. Ta‘lim jarayonida 
kompyuter quyidagi didaktik vazifalarni bajaradi: o’quvchilarni o’quv 
materialini o’rganishga tayyorlaydi; bilim, ko’nikma, malakalarini 
mustahkamlaydi, tizimga soladi, zaif o’rinlarini aniqlaydi va to’ldiradi.
Kompyuterning didaktik vazifalari ETRYTni yaratishdan oldin uslubchi 
o’qituvchi ongida ideal shaklda loyihalanadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini 
loyihalashda yangi o’quv materialini o’qitish mohiyatidan kelib chiqib, 
o’quv materiali, o’quv topshirig‗i, ta‘lim uslubi, vositalarini tahlil etadi va 
kompyuter imkoniyatlari bilan uyg‗unlashtirgan holda ulardan moslarini 
tanlaydi.
O’qituvchi ongidagi loyihani amalga oshirish maqsadida ETRYTlarni 
yaratishda eng ilg‗or yo’nalishlardan foydalaniladi.
«O’qitishdagi dasturiy ta‘minotni rivojlantirish yo’nalishlaridan biri 
mohiyatiga ko’ra biror fan sohasidagi juda yuqori darajali ekspert modelini 
ifodalovchi ekspert tizimlar hisoblanadi.
Ekspert tizimlarning ko’plab yo’nalishlari mavjud, jumladan, bashorat qilish, 
tashxis qo’yish, boshqarish, rejalashtirish, o’qitish va boshqalar». O’quv 
maqsadida ishlatiladigan ekspert tizimlar ham qator xususiyatlarga ega. 
O’qituvchining dars jarayonidagi vazifalarini shartli ravishda o’quv 
materialini bayon qilish, topshiriqlarni bajartirish, bilimlarni nazorat qilish 
va maslahatlar berishdan iborat deb sanab ko’rsatish mumkin. Bu vazifalar 
ancha murakkab bo’lib, o’qituvchining boy tajribasi, pedagogik mahorati 
asosida hal qilinadi. Bunday mahoratga ega bo’lmagan o’qituvchi uchun esa 
ekspert tizimlar foydali maslahatchi bo’la oladi. Ekspert tizimlarda sun‘iy 
intellektdan foydalaniladi.
Sun‘iy intellekt metodi asosida yaratilayotgan o’rgatuvchi kompyuter dasturlar (ISS 



Intelligent Computer Systems va ICAL – Intelligent Computer Assisted 
Instructions)dan foydalanish ham yuqori samara beradi. Sun‘iy intellekt 
metodlari asosida yaratilgan ETRYTlar odatda to’rtta asosdan tashkil topadi: 
bilimlar ombori, o’quvchining modeli, o’qituvchining modeli va 
foydalaniladigan interfeys.
Bilimlar ombori o’quv predmetining faqat tuzilishini emas, balki tavsiya 
qilinganlarni tushuncha asosida, ularning o’ziga xos xususiyatlari va ular 
o’rtasidagi o’zaro bog‗liqlikni aks ettiradi.
O’quvchining modeli turli savollarga ta‘lim oluvchining ta‘sirlanish 
vaziyatlari, uning o’ziga xos tavsifi va bu tizimda o’qitish tarxini qamrab 
oladi.
O’qituvchining modeli o’rgatuvchining harakati bilan qo’yilgan muammoni 
hal qilishga oid ekspertning harakatlarini taqqoslashni amalga oshiradi va 
ta‘limdagi izchillik mohiyatini belgilaydi.
Foydalaniladigan interfeys o’quvchiga o’quv materialini uzatishning turli 
usullari, shuningdek, tizimda o’quvchi savollarining yuzaga kelishiga zamin 
hozirlaydi. Bunday yo’nalishlar kompyuterli ta‘limda inobatga olinishi 
lozim.
Kompyuterdan foydalanib ta‘lim berish konsepsiyasining asosiy g‗oyasi 
zamonaviy ta‘lim nazariyasi yutuqlariga asoslanishi kerak. O’quvchilarni har 
tomonlama yetuk, komil inson qilib shakllantirish g‗oyasi kompyuterli 
ta‘lim tizimida ham asos bo’lib qoladi. Shu ma‘noda yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarini, ular asosida kompyuterli ta‘limni loyihalash 
metodologiyasida o’quvchilar ijodiy faolligini o’stirish, ta‘lim-tarbiya 
jarayoniga uslubiyat sohasidagi yangiliklarni joriy qilish asosiy yo’nalish 
bo’lib hisoblanadi.
Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:
-
o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
-
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
-
o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;
-
kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyojni 
oshiradi;
-
kompyuterlardan foydalanish bilan bog‗liq dunyoni ilmiy 
bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;
-
ta‘limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
-
o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
-
materiallar mazmunining xilma-xilligini ta‘minlaydi;
-
ta‘limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini 
kengaytiradi;
-
ta‘limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
-
o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya‘ni baholash 
jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.


O’quv fanlarini kompyuter yordamida o’qitishda bunday imkoniyatlarga 
erishish katta hajmdagi ilmiy, uslubiy tayyorgarlikni talab qiladi va jiddiy 
qiyinchiliklar asosida kechadi.
Kompyuterlarning yetishmasligi bu asosiy qiyinchilik emas, albatta. 
Binobarin, texnik ta‘minot masalasini tez va oson hal qilish mumkin. Eng 
muhim muammo - bu dastur ta‘minotini yaratish va undan foydalanish 
jarayonida ilg‗or g‗oyalardan foydalanishda. Bunday g‗oyalar sifatida 
ETRYTlarga sinf-dars tizimi nuqtai nazaridan yondashish; ETRYTlar 
tarkibidagi o’quv materiali mazmunini o’zgartirishga imkoniyat berish; 
«o’qituvchi—kompyuter», 
«o’quvchi—kompyuter», 
«o’quvchi—
kompyuter—o’qituvchi» munosabatlarini tahlil qilish; ta‘limda virtual 
laboratoriyalarni joriy qilish; ETRYTlarni masofaviy ta‘limda qo’llashga 
moslashtirish; ETRYTlarni yaratishda sun‘iy intellekt, ekspert tizimlaridan 
foydalanish, ularda hissiy moslashuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish 
kabilarni ko’rsatish mumkin.
Bu g‗oyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
1.
Ta‘limni kompyuterlashtirishda dastlab kompyuterlashtirish 
jarayoni tarkibini tahlil qilish lozim.
Kompyuterlashtirish jarayoni tarkibini 3 element tashkil etadi: maqsadga 
muvofiq 
faoliyat; 
kompyuterlashtirish 
vositasi; 
kompyuterlashtirish 
predmeti. Ularning uchalasiga asosan natijaga — kompyuterli ta‘limga 
erishiladi. Bu xususdagi fikrlar dissertatsiya II bobining 1-paragrafida 
yoritiladi.
2.
Ta‘limni kompyuterlashtirish predmeti — o’quv materiali turli 
shakllarda ifodalanadi.
Ularni o’quvchilarga yetkazishda kompyuter imkoniyatlarini o’rganish 
ta‘limni kompyuterlashtirishning asosini tashkil etadi.
Ta‘lim mazmunining shakllari ta‘rif, qoida, misol, mashq va hokazo 
ko’rinishida bo’ladi, uning tarkibi esa o’quv elementlaridan tashkil topadi. 
Ularning xususiyatlari dissertatsiya II bobining 2paragrafida tavsiflanadi.
3.
Kompyuterli ta‘lim tizimga solingan ma‘lum prinsiplarga 
asoslanishi lozim. Bunday prinsiplar mazmuni dissertatsiyaning II bobidagi 
3-paragrafda bayon qilinadi.
4.
Kompyuterli ta‘lim qator vositalar asosida amalga oshadi, ularni 
aniqlash va tizimlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Kompyuterli ta‘lim vositalarini shartli ravishda 4 guruhga ajratamiz: texnik, 
didaktik, faoliyat va dasturiy vositalar. Ularning mazmuni II bobning 4-
paragrafida bayon qilinadi.
5.
Ta‘limda o’qituvchi faoliyati muhim o’rin tutadi. Bu esa 
kompyuterli ta‘limni tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi 
faoliyatini modellashtirishni taqozo etadi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish jarayonida ikki toifa o’qituvchi faoliyatini 
o’rganish lozim. Birinchisi, kompyuterli ta‘limni tashkil qilguncha — 
ETRYTni loyihalash va yaratish jarayonidagi o’qituvchining faoliyati. 
Ikkinchisi, tayyor ETRYTga ega bo’lgan va uning vositasida ta‘lim 


jarayonini tashkil etadigan o’qituvchi faoliyati. Bu ikki faoliyat bir-biridan 
farq qiladiki, ularning mazmuni 3-bobning 1-paragrafida batafsil 
tavsiflanadi.
6.
Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar, avvalo, ongda 
loyihalanadi. Bu jarayonda o’quvchi bajarishi mumkin bo’lgan barcha ishlar 
inobatga olinishi shart.
O’quvchi kompyuterli ta‘lim jarayonida o’quv materialini kompyuter 
ekranidan o’qib o’rganadi, mashqlar bajaradi, savollarga javob beradi va h.k. 
Bularning har birini bajarishda o’quvchi turlicha faoliyat ko’rsatadi.
7.
Har qanday dars ma‘lum ta‘lim modeliga asosan tashkil etiladi. 
Ta‘lim modellarini kompyuterlashtirish imkoniyatlarini o’rganish va ulardan 
maqsadga muvofiqlarini tanlash kompyuterli ta‘lim samaradorligini oshiradi.
Ta‘limning izohli-ko’rgazmali, muammoli, topshiriqli, differensial, 
dasturlashtirilgan, algoritmlashtirilgan va h.k. turlari mavjud bo’lib, ularni 
kompyuterlashtirish xususiyatlari va ETRYTlar asosida tashkil etish 
maqsadga muvofiq bo’lgan dars tiplarini aniqlash xususidagi fikrlar III 
bobning 3-paragrafida bayon qilinadi.
8.
Kompyuterli ta‘limda ETRYTlar asosiy rol o’ynaydi. Shu bois 
bunday vositalarni yaratishga qo’yiladigan talablarni tizimlashtirish joiz. 
ETRYTlarga qo’yiladigan talablarni didaktik, psixofiziologik va texnik 
talablarga ajratish mumkin. Ularning har biri qator talablarni o’z ichiga oladi.
9. Dasturli uslubiy ta‘minotni yaratish ma‘lum bosqichlar asosida amalga 
oshadi. Bu bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va har bir bosqichda 
bajariladigan ishlar mazmunini oydinlashtirish ta‘limni kompyuterlashtirish 
jarayonini jadallashtirish va sifatini ta‘minlashga imkon beradi. Dasturli 
uslubiy ta‘minot ETRYT va undan foydalanish uslubiyatidan iborat. Bunday 
ta‘minotni yaratish bosqichlari IV bobning 2-paragrafida ko’rib chiqiladi.
10. ETRYTni yaratish murakkab va uzoq davom etadigan dasturlash ishlarini 
talab qiladi. Bu ishni yengillashtirish uchun ETRYTni yaratish mexanizmini 
ishlab chiqish kerak. Hozirgi kunda juda ko’p yuqori imkoniyatli dasturlash 
tillari mavjud. Shuningdek, kompyuterning dastur ta‘minotida amaliy dastur 
paketlari ham mavjudki, ulardagi ilovalardan dasturlashda keng foydalanish 
mumkin.
Yuqorida bayon qilingan konsepsiyaga muvofiq umumiy o’rta ta‘limni 
kompyuterlashtirish muammosini tadqiq qilishda uch asosiy yo’nalishni 
ajratamiz: birinchi yo’nalish — ta‘lim sub‘ektlari — o’qituvchi va 
o’quvchilarning «kompyuter savodxonligi»ni oshirishga oid ishlarni qamrab 
oladi. O’qituvchi va o’quvchilarning kompyuter savodxonligini 
oshirmasdan, ularda kompyuterda ishlash madaniyatini tarbiyalamasdan 
kompyuterli ta‘limning samaradorligini ta‘minlab bo’lmaydi. Ikkinchi 
yo’nalish ta‘lim mazmuniga, ayni holatda IHTA o’quv predmeti mazmuniga 
pedagogik ishlov berish va ETRYTlarni yaratish jarayoni bilan daxldor. Bu 
yo’nalishga ko’ra kompyuter vositasida ta‘limni tashkil etish, boshqarish, 
nazorat qilish prinsip, vosita, uslublarini o’rganishni qayd etamiz. Uchinchi 
yo’nalish «kompyuterli ta‘limning eng samarali vositasi» deb qarash bilan 


bog‗liq tasavvurlardir. Shu tasavvur bo’yicha ta‘limda kompyuterdan 
foydalanish uslubiyatini isloh qilish, o’quv ishlarining sifatini yaxshilab, 
samaradorligini oshirish shart-sharoitlarini o’rganishni tushunamiz.
4. «Ta‘lim vositalari — o’quv materialini o’rgatishda o’qituvchi o’zi bilan 
bolalar o’rtasiga qo’yadigan moddiy va moddiylashtirilgan predmetlar» 
[124;142]. Xuddi shunday kompyuterli ta‘lim vositalari ham mavjud bo’lib, 
ular o’qituvchi va kompyuter hamda kompyuter va o’quvchi muloqotini 
tashkil qilish, amalga oshirish uchun foydalaniladigan real va abstrakt 
predmetlar.
Kompyuterli ta‘lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:
2.2-rasm. Kompyuterli ta‘lim vositalari.
Texnik vositalar ETRYTning faoliyat ko’rsatishi uchun qo’llanuvchi 
qurilmalar majmuidir. Ushbu vositalar ma‘lumotlarni qayta ishlovchi, 
buyurilgan amallarni bajaruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bunday 
qurilmalarga kompyuterning o’zidan tashqari tashqi texnik vositalari, turli 
tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
Didaktik vositalar — o’quv materialining o’qitish va o’qish ehtiyojlariga ko’ra 
o’zgartirilgan shakllari. Bunday vositalar qatoriga ta‘rif, qoida, topshiriq, 
muammo, mashq, savol, test topshirig‗i, algoritm, dastur, chizma, jadval 
kabilar kiradi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish