Universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#556632
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Бизнес Режалаштириш Амалий Назорат Иши



 
 
 
 
 
 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO
ULUGBEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI 
 
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI 
BIZNES REJALASHTIRISH FANIDAN 
NAZORAT ISHI 
 
 
BAJARDI: 
 
 
 
 
 
T.NAZAROV 
QABUL QILDI: 
 
 
 
 
A.NIZAMETDINOV
 
 
 
 
JIZZAX-2022 


BIZNES G`OYA, BIZNES REJANI ISHLAB CHIQISHNING 
BOSHLANG`ICH NUQTASI 
 
Biznes reja
— aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari 
tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan 
tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi 
jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy 
natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy 
qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar 
(xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini 
taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor 
bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi 
prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va 
haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy 
unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni 
ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab 
chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab 
chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; 
loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha 
barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari 
koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va 
qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va 
harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz 
ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), 
firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va 
tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga 
tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun 
asos boʻlib xizmat qiladi. 
Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish Biznes-rejaning asoslanganligi va 
ishonchliligi o`zaro bog`liq bo`lgan va birbirini to`ldirib turuvchi jarayonlardir. 
Biznes-rejaning asoslanganlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, uning ishonchliligi, 
talab qilinishi va foydaliligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Buning uchun biznesni 
rejalashtirish jarayonini boshqarish zarur bo`lib, u quyidagilarga imkon beradi:
1) korxona faoliyatining muayyan yo`nalishlarini, maqsadli bozorlar va 
korxonaning ulardagi o`rnini aniqlash;
2) korxonaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, shuningdek, ularga 
erishish taktika va strategiyalarini ifodalash. Tanlangan har bir strategiya uchun 
javobgarlarni belgilash;
3) korxonaning iqtisodiy holatini hamda belgilangan maqsadlarga erishish 
uchun zarur bo`lgan mos keluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar holatini 
baholash;
4) iste’mol bozoriga chiqariluvchi mahsulot (ish, xizmat) hajmi va 
nomenklaturasini aniqlash hamda bir vaqtning o`zida ularni yaratish va sotish 
xarajatlarini aniqlash;


5) kadrlarni tanlash, ularning belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga 
mos kelishini baholash, mos keluvchi har bir uchastkada kadrlar mehnati 
mahsuldorligini rag`batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish;
6) biznes-rejani amalga oshirishga to`sqinlik qilishi mumkin bo`lgan 
qiyinchiliklar va «ko`zga ko`rinmas» to`siqlarni oldindan ko`ra bilish. Biznes-rejani 
ishlab chiqishda ushbu jarayonda korxona (firma) rahbariyatining ishtirok etish 
darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani tayyorlashda rahbarning shaxsan 
ishtirok etishi shunchalik muhimki, xorijiy amaliyotda ko`plab banklar, investitsiya 
jamg`armalari va boshqa shu kabi muassasalar biznes-reja korxonadan tashqarida 
maslahatchilar tomonidan tayyorlanib, rahbariyat tomonidan faqat imzolangan 
hoaltlar ma’lum bo`lib qolganda umuman bu korxonalarning arizalarini ko`rib 
chiqishga ham qabul qilmaydilar. Biroq bu biznes-rejani ishlab chiqishda 
maslahatchilar xizmatlaridan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, 
ekspertlarni bu ishga jalb qilish qo`llabquvvatlanadi. Gap bu yerda boshqa narsa 
haqida bormoqda – biznes-rejani ishlab chiqish korxona rahbarining yoki o`z ishini 
ochmoqchi bo`layotgan shaxsning shaxsan ishtirok etishini talab qiladi. Ishga kirishar 
ekan, u birinchi navbatda kelgusi faoliyatni modelllashtiradi va uning maqsadga 
muvofiqligini tekshiradi, ikkinchidan,mo`ljallanayotgan ishlab chiqarishning 
(biznesning) barcha ijobiy va salbiy natijalari uchun javob beradi, uchinchidan esa, 
bajarilgan hisob-kitoblar va har bir 33 ko`rsatkichlarning ahamiyatini yaxshi va aniq 
biladi. Boshqaruv jarayonida biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligidan 
tashqari uni ishlab chiqishning o`z vaqtidaligi ham muhim ahamiyatga ega. Bozor 
sharoitlarida, iste’molchilik talabi tez-tez o`zgarib turgan bir paytda rejalashtirish 
tizimida o`tmishdagi kabi xatolarga yo`l qo`yish mumkin emas (korxonalar yakuniy 
rejasi yil boshida emas, yil o`rtasi va hatto oxiriga borib tugallangan). Bunday rejalar, 
tabiiyki, formal xarakterga ega bo`lib, korxona rivojlanishining belgilangan 
strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmagan. Shu sababli biznes-rejani o`z 
vaqtida ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo`lib, korxonada boshqaruv sifatining 
baholash ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlarining 
cho`zilib ketishi g`oyaning eskirishi, homiylar va kreditorlarning ketib qolishi, vaqt 
va ishlab chiqarish quvvatilarining yo`qotilishi, ishlab chiqarishning susayishiga olib 
keladi. Shunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va 
o`z vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O`z vaqtida xorij amaliyotida 
195 ta sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil 
qilingan va chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning
33 tarmog`ida tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). 
Ularning 102 tasida firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo`lsa, 93 tasida buning aksi 
kuzatilgan. Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan: • tovarning 
raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste’molchilar tomonidan qabul 
qilinishi; • firmaning marketing «nou-xau»lari, ya’ni bozorni, xaridorlar xulqatvori, 
yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish surati, tovarning hayotiylik davri va 
boshqalarni eng yaxshi tushunishi; • firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya’ni 
IITTKI va ishlab chiqarish sinergiyasining yuqoriligi. Biroq ortiqcha chaqiriqlar, 
xorij tajribalarini targ`ib qilishning o`zi bilan biznes-rejaning mazmunini, uni ishlab 
chiqish jarayonini boshqarish jarayonini yaxshilash mumkin emas. 



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish