Nazorat uchun savollar:
1.
Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi qanday
tashkiliy shakllarda olib boriladi?
2.
Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars qanday umumiy
didaktik talablarga javob bеrishi lozim?
8 – mavzu: O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari bilim natijalarini
tekshirish va tashxis qilishning maqsad vavazifalari.
Reja:
1.
Boshlang‘ichsinfo’quvchilaridao’quv-biluvmotivlarinishakllantirish.
2.
Boshlang‘ich
ta’limda
o’quvchilarning
ta’lim
natijalarini
tekshirishvabaholashgaqo’yilgantalablar.
3.
O’qituvchi nazorati va o’quvchilar faoliyatini baholashnin guyg‘unligi.
4.
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.
5.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarida o’quv-biluv motivlarini shakllantirish
imkoniyati, o’qitish ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida.
6.
Mativvamativatsiya.
Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko’rsatishicha, u
murakkab subyektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz obyekt (tizim)larga
qaraganda o’z-o’zini tartibga solish, tiklash, ma’lum holatda saqlash hamda
takomillashtirishda eng yuqori darajadagi mavjudot hisoblanadi. O’z-o’zini
56
tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan azaliy imkoniyatdir. Chunonchi,
u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi.
Bu jarayonlarni buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta’limoti davomchisi P.K.Anoxin
o’z-o’zini tartibga solish jarayoni jismning muhim omillarini bir xil darajada
saqlashning mohiyatidan kelib chiqishini asosladi. Bunda inson faoliyati,
jumladan, fikrlashi maqsadga muvofiq davom etib, ma’lum natijaga yo’nalgan
bo’ladi. Shaxsning asab tizimidagi fiziologik asoslarini ochish - insonning o’zini
o’zi bilishi asosida o’ziga baho berish, o’z harakat va xulq-atvorini tartibga solish
ko’nikmalarini hosil qiladi. Bunda eng muhim holat shaxsning o’ziga to’g’ri baho
bera olishi, o’z oldiga qo’ygan maqsad mohiyatiga mos keluvchi harakatlar
algoritmini ishlab chiqishidir. O’z-o’ziga to’g’ri baho berish yosh xususiyati va
ijtimoiy tajribaning ortishi, atrofidagilar bilan muloqot, boshqalarning unga
munosabati va bahosiga ko’ra shakllanib boradi.
Har bir shaxs faoliyati izchillikda amalga oshadigan davomli jarayondir.
Shaxsni faoliyatga undagi mayl undaydi. Shaxs mashq jarayonida o’z-o’zini
boshqaradi, bunda nafaqat uning bilim, ko’nikma va malakalari, balki uning
xulqatvori ham shakllanib, takomillashib boradi. Bu holatni L.I.Bojovich ham
alohida ta’kidlab o’tgan. Shaxsning o’z-o’zini boshqarish jarayonini B.F.Lomov
o’z-o’zini sababiy boshqarish, deya ko’rsatgan edi.
Inson harakati ikki asosga ko’ra amalga oshadi: harakatlar hamda
munosabatlar. Shaxs faoliyati dastlab taqlidga asoslansa, keyinchalik u mustaqil
faoliyat va o’z-o’zini boshqarishni boshqalar bilan muloqot, munosabat o’rnatish
orqali o’rganadi. O’z-o’zini boshqarish faoliyatini inson umuminsoniy tajribalar,
bilim va ko’nikmalarni egallash orqali o’zlashtiradi. Inson o’z-o’zini
takomillashtirishining turli bosqichlarida faoliyat subyekti sifatida o’z-o’zini
anglash va boshqarishni o’rganadi, o’z imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda nimaga
qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u o’zining imkoniyatlari haqida
aniq tasavvo’rga ega bo’la boshlaydi.
Inson o’z faoliyatining ma’lum bir jihatini tashxis qilganda bo’lajak natijani
oldindan ko’ra olish, avvalgi tajriba tizimida mavjud holatda teg’ichli axborot olish
57
ehtimoli borligini nazarda tutadi. Bunda avvalgi tajriba va hozirgi holati
faoliyatning bo’lajak natijasi haqida faraz qilishga asos bo’ladi. Shunga muvofiq
hozirlanish va bo’lajak holat uchun tayyorgarlik harakatlarini boshlab, ma’lum
maqsadga erishish mumkin. Inson har qanday faoliyatni boshlashidan oldin
ma’lum vaziyatni hisobga oladi. U o’z faoliyatining natijasini oldindan ko’ra bilib,
tashkil qilsa, maqsadga, ko’zlangan natijaga erishishi osonlashadi. O’z-o’zini
takomillashtirish shaxsning tashqi ta’sir qiluvchi omillar bilan ichki intilishlarini
aniq pedagogik vazifalarga: maqsad va idealni shakllantirish, o’zlikni anglash va
o’z-o’zini boshqarish uchun zarur bo’lgan xislatlarnitarbiyalashga yo’naltirishi
lozim.
O’zlikni anglash ham xuddi ong kabi tarbiya va insonning faol harakati
jarayonida muntazam rivojlanib boradi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha:
“Inson shaxsining shakllanishi o’zida o’zining uzviy qismi sifatida shaxs ongi
vauning o’zligini anglashning shakllanishini mujassamlashtiradi. Bu ongli
shaxsning rivojlanish jarayonidir”
K.K.Platonov o’qituvchi shaxsi strukturasida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:
1. O’qituvchining qiziqishlari, intilishlari, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodlarining
muayyan maqsadga yo’nalganligi.
2. O’qituvchi tajribasi, bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, odatlari uning
tayyorgarligini belgilashi.
3. O’qituvchidagi ayrim ruhiy jarayonlarning doimiy xususiyatlari: diqqat, idrok,
tafakkur, xotira, iroda, hissiyot, psixik harakatlarning mashqlar asosida
rivojlanishi.
4. O’qituvchining biologik jihatdan belgilangan xususiyatlari mashq qilish vositasi
hamda temperament, yosh, jinsiy xususiyatlarda namoyon bo’lishi.
O’qituvchi o’quv jarayoni natijasini anglab yetishi uchun muntazam
ravishda pedagogik tashxis qilishi, salbiy va ijobiy tomonlarni tahlil qilishi hamda
takomillashtirishi lozim. Buni amalga oshirishda pedagogik tashxisning shakl, usul
va metodlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogikada pedagogik tashxisning oddiy metodlari bilan bir qatorda,
58
uning murakkab shakllari va usullari tatbiq etilmoqda. “Pedagogik tashxis” atamasi
1968 yilda olmon pedagogi K.Ingenkamp tomonidan birinchi marta qo’llanilgan.
Hozirgi kunda pedagogik tashxis faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga
mansub. Shuning uchun undan har kim o’z qiziqishi va o’rganadigan sohasiga mos
ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik tashxisni pedagogikaga doir
jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini aniqlash va
o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot olish
imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogic tashxisni
o’quv-biluv jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga maslahat berish
tarzida ham talqin qiladilar. Pedagogik tashxisni keng ma’noda: o’quv jarayoni,
o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarni
aniqlash hamda ma’lum o’zgartirishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan XX
asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng qo’llanilgan edi.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida bilish
nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya
(bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas.
Pedagogik tashxisga xos xususiyat – ta’lim-tarbiya jarayonining har bir
bosqichi va bo’g’ini hamda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, individual
farqlarini aniqlashdan iborat. Bunda har bir aniq jarayon uchun xos xususiyatlar,
ularning mezonlarini aniqlash alohida yoki bir guruh kishilar uchun umumiy
bo’lishi ham mumkin.
Pedagogik
tashxis
o’quv
jarayonini
takomillashtirish,
undagi
pedagogikdidaktik masalalarni aniq shart-sharoitdan kelib chiqib hal qilish
jihatidan psixologik diagnostikadan farq qiladi.
O’qituvchining pedagogik faoliyatini tashxislash, bir tomondan, uning o’zi,
ikkinchi tomondan, uning hamkasblari, o’quv yurti va xalq ta’limi muassasasi
rahbarlari hamda jamoatchilik (ota-onalar, mahalla) tomonidan tashqi tashxis
tarzida amalga oshirilishi mumkin. Tashqi pedagogik tashxis natijalari
o’qituvchilarning attestasiyasi yoki ularning mahoratini oshirish uchun choratadbir
belgilash hamda malaka oshirish kurslariga yuborishga asos bo’la oladi.
59
Boshqa tomondan o’qituvchi faoliyatini refleksiv tashkil qilish – o’zini o’zi
(“ichki”) tashxis qilishni taqozo qiladi. Ichki tashxis o’qituvchining shaxsiy
faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o’zi tahlil qilib, aniqlab, ularni bartaraf etish
uchun chora-tadbirlarni ko’rish, o’zgartirish kiritishda namoyon bo’ladi.
O’zaro aloqani o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshirishda o’zini korreksiya
qilishning uch turi qo’llanilib, ular o’zaro aloqaning kibernetikadagi uch xil
tizimiga mos keladi.
Bular:
1) joriy o’z-o’zini tuzatish;
2) yakuniy korreksiya;
3) oldinni ko’rishga asoslangan korreksiya.
O’qituvchining uzluksiz o’z shaxsi va faoliyatini tashxislashi, unga:
- o’z faoliyatini uzluksiz tadqiq qilish;
- o’z vaqtida pedagogik qiyinchiliklarni aniqlash, o’quvchilar ta’limtarbiyasiga
salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish;
- o’z faoliyatida shakllangan salbiy kasbiy odatlar, mayl, ehtiyojlarni tuzatish;
- o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish instrumetariysini aniqlash;
- pedagogik qiyinchiliklarning salbiy ta’sirini aniqlash va noto’g’ri shakllangan
odatlarni yo’qotish vositasi sifatida xizmat qiladi.
O’qituvchi pedagogik faoliyatini video materiallar vositasida tahlil qilish natijalari
quyidagi xulosalarga olib keldi:
1. Video materiallarni tahlil qilish o’qituvchining o’z faoliyati va boshqalarning
kamchilik, yutuqlarini to’g’ri aniqlash imkoniyatini beradi.
2. Shu asosda hamkasblarining o’qituvchi faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlariga
to’g’ri munosabatda bo’lishiga olib keladi.
3. O’qituvchida o’z faoliyatining yutuq va kamchiliklari haqida vizual, aniq
tasavvur hosil qiladi.
4. Pedagogik tashxis jarayonida ekspertlar bahosiga to’g’ri munosabatda bo’ladi va
qabul qiladi.
5. Tasviriy vosita o’quv jarayonining yordamchi, kuchaytiruvchisi bo’lib
60
qolmasdan, “ichki” va “tashqi” tashxisning kuchli vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |