2
ANNOTATSIYA
Mazkur o`quv qo`llanma “Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, integratsiyasi
va innovatsiyasi” fanining “Pedagogika”, “Integratsiya”, “Innovatsiya”
bo`limlarini o`z ichiga olgan bo`lib, unda “Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi,
integratsiyasi va innovatsiyasi” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari yoritilgan.
Mazkur o`quv-metodik qo`llanma mustaqillik mafkurasi g`oyalari asosida bayon
etilgan.
O`quv qo`llanma Oliy o’quy yurtlarining “Boshlang`ich ta`lim
va sport
tarbiyaviy ish” yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan.
В учебном пособие включены разделы «Педагогика», «Интеграция»,
«Инновации» по предмету «Педагогика, интеграция и инновации начального
образования». Описано содержание, цели и задачи предмета «Педагогика,
интеграция и инновации начального образования». В основе этого учебника
лежат идеи идеологии независимости.
Учебник предназначен для студентов высших учебных заведений по
направлению «Начальное образование и спортивное воспитание».
This textbook includes sections "Pedagogy", "Integration", "Innovation" on
the subject "Pedagogy, integration and innovation of primary education." It
describes
the content, goals and objectives of the subject "Pedagogy, integration
and innovation of primary education." This textbook is based on the ideas of the
ideology of independence.
The textbook is intended for students of higher education institutions in the field of
"Primary education and sports education."
Tuzuvchi muallif:
Taqrizchilar:
3
KIRISH
Respublikamiz mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya
tiziminini tubdan isloh
qilish maqsadida bir qator asoslarnini ishlab chiqdi. Milliy pedagogikamizning
jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, ta’lim-tarbiya
jarayonida Al-Buxoriy, At-
Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy,
Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug’ olim-u adiblar, fozil-u
fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular ta’limdagi milliy
xususiyatlarga alohida e’tibor berishgan. Mustaqillik yillariga qadar
ularning pand-
o’gitlari yetarli darajada o’rganilmadi. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq
pedagogikasi nihoyatda gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler „Sharq
Yevropaning muallimidir“ deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko’zda
tutgandir, ehtimol.
Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib
qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish „Avesto“ dan tortib
to hozirgi kunda yashab ijod etayotgan pedagog-olimlar asarlarida nekbin pedagogik
mafko’ra o’z aksini topgani bejiz emas.
Bugungi kun o’zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga
olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so’nggi
yutuqlarga tayangan holda
taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o’zbek pedagogikasida barkamol insonni
shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan
holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson
ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o’zgarish sezilmaydi.
Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o’zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu
o’zgarishlarga hamohang bo’lmog’i darkor. Shularni
nazarda tutgan holda ushbu
o`quv qo`llanma sharq mutafakkirlari asarlaridan unumli foydalangan holda
yaratildi.