77
7. Boshqa turdagi oqova suvlar (masalan, vakuum – nasoslardan, aralashtiruvchi
kondensatorlardan olinadigan suvlar, sig’imlar, tajhizotlar va xonalarni yuvishda hosil
bo’ladigan oqova suvlar va boshqalar).
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, oqova suvlarning miqdori va kimyoviy tarkibi ishlab
chiqarish turiga bog’liqdir. Masalan, 1 tonna kaltsiylangan soda ishlab chiqarish jarayonida 8–
10 m
3
oqova suv hosil bo’lib, uning har bir m
3
hajmida 0,70-0,80
kg kaltsiy sulfat, 20-24 kg
muallaq zarrachalar, 50-60 kg natriy xlorid va 110-120 kg kaltsiy xlorid mavjudligi aniqlangan.
Bir tonna xlorid kislota ishlab chiqarish jarayonida 12-13 m
3
oqova suv hosil bo’lib, uning har
bir m
3
hajmida 0,01 kg gacha xlorid kislota qoldiqlari mavjudligi aniqlangan. Bir tonna
nitrobenzol ishlab chiqarish jarayonida esa 50-60 m
3
oqova suvi hosil bo’lib, uning har bir m
3
hajmida 1-2 kg gacha sulfat va azot kislotlari hamda nitrobenzol qoldiqlari mavjudligi
aniqlangan. Suvni ifloslantiruvchi ushbu moddalar qimmatbaho xom-ashyo bo’lib, ularni oqova
suvlar tarkibidan ajratib olish va ulardan samarali foydalanish iqtisodiy yuksalish garovidir.
Oqova suvlar har xil moddalarning aralashmasidan iborat bo`lib, murakkab sistemani
tashkil qiladi: erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq daqal dispers va kolloid
aralashmalar, ba`zi hollarda esa erigan gazlar (serovodorod, karbonat va boshqalar.).
Oqova suvlarning tarkibi kimyoviy ishlab chiqarishlarning turlari
va ularning texnologik
jarayonlariga boqliqdir. Sanoatda suv ashyo sifatida erituvchi, reaktsion muhit, ekstragent yoki
absorbent, tashuvchi (transportiruyushiy) agent, isituvchi yoki sovutuvchi (apparatlarni yoxud
ulardagi ashyolarni), turli xildagi moddalarni yuvish uchun, moddalarni haydashda
(peregonka), pul'palar hosil qilishda, vakuum hosil qilishda, jiqozlarni,
idishlarni va boshqa
ko`p maksadlarda ishlatiladi. Tayyor mahsulotni olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda
foydalanilgan suv boshlanqich, oraliq va oxirgi maqsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral
o`qitlar va anorganik ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar kislotalar, ishkorlar, har xil
tuzlar (ftoridlar, sul'fatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan ifloslangan bo`ladi. Asosiy
organik sintez ishlab chiqarish korxonalari – yoq` kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar,
aldegidlar bilan; neft qayta ishlash zavodlarining suvlari - neft mahsulotlari, yoq`lar, smolalar,
fenollar,
sirt - faol moddalar bilan; sun`iy tola, polimer, har xil sintetik smolalar ishlab
chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer
zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo`jaligidan chiquvchi va suvga kelib qo`shiluvchi
chiqindilarning hajmi ancha ko`paydi. Jumladan chorvachilik, parrandachilik, qishloq xo`jaligi
maqsulotlari, o`q`itlari va har xil pestitsidlarni qayta ishlovchi korxonalardan chiquvchi oqova
suvlar.
Ko`pincha oqova suvlar yoqimsiz o`tkir hidga ega moddalar bo`ladi (sul'fidlar, disul'fidlar,
vodorod sulfid va boshqalar), ba`zan esa kimyoviy korxonalarning turlariga qarab, rangli
chiqindi suvlar oqadi. Oqova suvlarda ko`pik hosil bo`lishi, ularda sirt-faol moddalarning
bo`lishini ko`rsatadi.
Oqova suvlarning zararli darajasi uning ifloslayotgan moddalarni toksik (zaxarli)
xususiyati va tarkibiga boq`liq. Oq`ir metallarning tuzlari, tsianidlar, fenollar, vodorod sulfid,
kantserogen moddalar va qator boshqa shu kabi jinslar oqova suvlarning yuqori darajada
zaqarlanishiga olib keladi.
Oqova suvlarning past yoki yuqori vodorod ko`rsatgichi (PH), ya`ni ishqoriy eki kislotali
bo`lishi
quvur materiallariga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlarning
apparatlariga nisbatan agressiv hisoblanadi. Bulardan tashqari, chiqindi suvlarda polimerlanish
xossalariga ega bo`lgan har xil muallaq modda va birikmalarning ko`p miqdorda bo`lishi, suv
quvurlari va kollektorlarining qasmoqlanishiga, natijada tiqilishga olib keladi.
Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1. Organoleptik usul (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi).
2. Fizik-kimyoviy (optik zichligi, ranglanishi, PH, temperaturasi, elektr o`tkazuvchanligi,
ishqoriyligi, nordonligi, qattiqligi,
oquvchanligi, zichligi, tarangligi, quruq qoldiqi va
boshqalar).
3.
Эrigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kimyoviy-kislorodga
bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - BPK .
4.
Daq`al dispersli kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.
78
Oqova suvlarning tahlil qilish organoleptik va fizik-kimyoviy kattaliklarini aniqlashdan
boshlanadi. So`ngra, kir aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi.
Qurigan qoldiqni qizdirilganda uning miqdorini kamayishi
oqova suvda organik modda
borligini bildiradi. Ko`pincha oqova suvlarni qizdirilganda anorganik moddalar ham uchib
ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli yoki bixromatli oksidlanish
yo`li bilan aniqlanadi. Har ikkala usulda ham kislorodning miqdori sarf bo`layotgan
oksidlovchi, ya`ni KMpO4 yoki K
2
Cr
2
O
7
ning miqdoriga ekvivalent bo`lishi kerak.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy-dispers tarkibiga nisbatan turlarga bo`linish
sistemasi Ukraina Fanlar Akademiyasining akademigi L.A.Kul'skiy tomonidan taklif qilingan.
Bu sistemaning ma`nosi shundan iboratki, sistemadagi hamma iflos aralashmalar ularning
dispers muhitga nisbatan to`rt gruppaga bo`linishidir:
I gruppa - oqova suvlarda 10
-5
- 10
-4
sm va undan katta zarrachalarning suvda erimaydigan
kir aralashmalarini bo`lish.
II gruppa - zarrachalarining kattaligi 10
-9
- 10
-7
yoki 10
-7
- 10
-5
sm bo`lgan oqova suvlar.
III gruppa - tarkibida erigan gazlar va molekulyar -eruvchi organik moddalar bulgan oqova
suvlar.
IV gruppa - tarkibida ionlarga dissotsiatsiyalanuvchi moddalar bo`lgan oqova suvlar.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy dispersion xarakteristikasi xar bir gruppa
uchun oqova suvlarning tozalash usullarini muayyan turkumiga taklif qilishga imkon beradi.
Oqova suvlarni effektli tozalash sxemasini tanlash uchun ularni turlarga bo`lish
zarurdir.
Oqova suvlarni bir qancha turlarga bo`lish sistemasi bor: suvlarning texnologik jarayonda
ishtirok etish, kir aralashmalarning fazoviy-dispers tarkibi, ifloslanish darajasi, suv havzalariga
bo`ladigan ta`siriga qarab va boshqalar.
Texnologik jarayonlarda oqova suvlar quyidagicha ko`rinishda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: