409
Jamiyat a‟zolarining vijdon erkinligini ta‟minlash, ularning o„z diniy marosim va
urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi.
Yangidan-yangi masjid va madrasalar qurish, eskilarini tiklash – ta‟mirlash bo„yicha
amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Ayni chog„da bu borada bir holatni alohida ta‟kidlash joizdir. Ma‟lumki,
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligini
kafolatlaydi. Har kim xohlagan dinga e‟tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‟tiqod
qilmaslik huquqiga ega. Ayni chog„da O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
diniy qarashlarni majburan singdirishga yo„l qo„yilmaydi, deb yozilgan. Biroq,
keyingi yillarda bu talablar hamma joyda ham birday bajarilmagan hollar yuz berdi.
Qo„ni-qo„shnilar, qarindosh-urug„lar, oila a‟zolari atrofdagilarga va o„z yaqinlariga
tazyiq ko„rsatib,
masjidga borishga, diniy rasm-rusumlarni bajarishga majbur
qilayotgan misollar uchray boshladi.
Bunday harakatlarning tashabbuskorlari «vahhobiychilik», deb atalmish diniy
oqim vakillari edi. Bunday oqimga mansub kishilar ko„pincha o„zlarining qonunga
xilof xatti-harakatlari bilan jamiyatdagi ishlarning ahvoliga ta‟sir ko„rsatishga
intildilar. O„z mohiyatiga ko„ra «vahhobiychilik» islom aqidaparastligining oshkora
ifodasi bo„lib, unda diniy fanatizm va ekstremizmning barcha unsurlari mavjuddir.
Bunday unsurlar esa turli diniy e‟tiqoddagi fuqarolar o„rtasidagi va umuman
jamiyatdagi munosabatlarni keskinlashtirishga qaratilgandir.
Mamlakatimizda
«vahhobiychilar»
o„z
g„arazli
maqsadlarini
ko„zlab
hokimiyatning qonuniy faoliyat ko„rsatayotgan organlari va mansabdor shaxslarga
zug„um o„tkazgan, sal bo„lmasa davlatga qarshi yashirin faoliyatni tashkil etishga
uringan hollar ham ma‟lum bo„lib qoldi. Albatta, ular o„z
jinoiy xatti-harakatlari
uchun qonun oldida javob berdilar.
Shu munosabat bilan jamiyatimizda har bir kishining vijdon erkinligini va dinga
e‟tiqod qilish huquqini ta‟minlash, dinga munosabatidan qat‟i nazar har bir
fuqaroning tengligini ta‟minlash ishida hanuzgacha ba‟zi bir kamchiliklar
mavjudligini hisobga olgan holda O„zbekiston Oliy Majlisi XI sessiyada (1998, aprel)
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida»gi Qonunni yangi tahrirda qabul
qildi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi dunyoga keldi, ko„plab diniy-
axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumladan, imom Buxoriyning to„rt jilddan
iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator
asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qur‟oni
Karim sakkiz marta, jami bir
million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor Alouddin Mansur
tomonidan o„zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada
bosmadan chiqarildi. Bundan tashqari, hadis va shar‟iy ilmlarga doir ko„pgina asarlar
ona tilimizga o„girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi.
2004-yili esa Toshkent Islom Universitetida Qur‟oni Karimning shayx Abdulaziz
Mansur tarjimasida izohli va maxabatli nashri tayyorlandi hamda chop etildi.
410
Ayni paytda mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bittadan diniy Madrasa,
Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Universiteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar
markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom ma‟hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar
madrasasi, Abulqosim va Ko„kaldosh madrasalari ishlab turibdi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi qarori
bilan Toshkent shahrida islom ta‟limoti va falsafasini, o„zbek xalqining diniy, tarixiy
va madaniy merosini chuqur o„rganish maqsadida Xalqaro
islom tadqiqot markazi
tashkil etildi. Mazkur markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga milliy
qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta‟limotini yetkazish, mavjud islomiy osori-
atiqalar tarixini o„rganish, nodir qo„lyozma asarlarni tadqiq etish, ular bilan keng
jamoatchilikni tanishtirish, darslik va qo„llanmalar, lug„atlar tayyorlash va nashr
qilishdan iboratdir. Mamlakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma‟rifatnoma»
ko„rsatuvi xalqning ma‟naviyatini
yuksaltirishda, diniy ma‟rifatini o„stirishda katta
ahamiyat kasb etib bormoqda.
O„zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo„lmoqdalar. Ular
bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish
imkoniyatiga erishdilar. 1991–2007-yillarda 50 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ana
shu muqaddas qadamjolarni tavof qilib qaytish sharafiga muyassar bo„ldilar. Birgina
2006-yilning o„zida 5 mingga yaqin musulmonlar Makkai munavvara va Madinai
mukarramaga safar qildilar.
Prezident Islom Karimov 1992-yili Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul
Aziz as-Saud taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo„ldi. Podshoh oliy martabali
mehmonni katta obro„ va izzat-ikrom bilan kutib oldi hamda kisvo – muborak Ka‟ba
uzra yopilgan yopinchiqni hadya etdi. Albatta, bu qutlug„ hadya diyorimiz
musulmonlarining islom taraqqiyotiga qo„shgan
olamshumul hissalari, ayni vaqtda
Prezidentimizning yurtimizda islomiy arkonlarni tiklash borasida amalga
oshirayotgan ulkan xizmatlari uchun o„ziga xos bir ehtirom ramzi edi. Bunday
tabarruk sovg„a qabul qilingan qoidaga ko„ra juda kamdan-kam odamlarga – eng
mo„tabar shaxslarga nasib etadi. O„z navbatida davlatimiz rahbari bu muqaddas
ka‟bapo„shni mamlakatimizdagina emas, balki, butun musulmon dunyosida mashhur
qadamjo-ziyoratgoh hisoblanuvchi Muhammad Ismoil Buxoriyning Samarqand
viloyatidagi masjid-maqbarasiga tortiq qildi. Buning, albatta, teran tarixiy-ramziy
ma‟nosi bor.
Prezident Islom Karimovning ma‟naviy va ruhiy poklanish,
yuksak insoniy
barkamollik sohasida amalga oshirayotgan ishlarning miqyosi faqat shular bilan
cheklanmaydi. U mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakat aholisi ma‟naviy
ehtiyojlaridan kelib chiqib, islom dini ravnaqiga qanchalik keng yo„l ochib bergan
bo„lsa, sovetlar tuzumi davrida yurtimizning xorijiy islom mamlakatlari bilan
butunlay uzilib qolgan aloqalarini yangitdan yo„lga qo„ydi. Bu aloqalar o„zaro
iqtisodiy va madaniy munosabatlarni chuqurlashtirish asosida mintaqaviy
barqarorlikni ta‟minlash, dini va dili bir-biriga yaqin bo„lgan xalqlar o„rtasida
manfaatli hamkorlikni ta‟minlashga xizmat qilishi shubhasiz. Islom Karimovning
411
Turkiya, Eron, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Misr singari mamlakatlarda bo„lishi
O„zbekiston musulmonlari hayotida o„chmas iz qoldirdi. Albatta, bular bugungi kun
o„lchovi bilan qaraganda, tabiiy bir jarayonga o„xshaydi. Biroq, har bir hodisani o„z
vaqtida baholasak, u ro„y bergan yo amalga oshirilgan
vaziyat va sharoitni chuqur
tahlil etsak, mazkur safarlarning naqadar katta tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‟naviy
voqea bo„lganini anglash mumkin.
Mamlakat rahbarining diniy masalalarga munosabatining insonparvarlik mazmuni
shundaki, u dinni yuksak madaniyat va ma‟naviyat quroli, beqiyos axloq maktabi
sifatida baholaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: