Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


O‘zbekiston Respublikasining



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti
 

 
 
I.Karimov
 
Toshkent shahri, 
1992-yil 7-mart.
Musulmon hayotidagi qutlug„ sanalar – Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini 
bundan buyon doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e‟lon 
qilinishi ham aynan xalqimiz ko„nglidagi ish bo„ldi. 
1992-yil 27-martda O„zbekiston Prezidentining «Ro„za hayitini dam olish kuni, 
deb e‟lon qilish to„g„risida» quyidagi Farmoni e‟lon qilindi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
F a r m o n i 
Ro„za hayitini dam olish kuni, deb e‟lon qilish to„g„risida 
Mustaqil O„zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini 
inobatga olib hamda fuqarolar o„rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida 
diniy bayram – Ro„za hayitining birinchi kuni dam olish kuni, deb tayinlansin. 
 
O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti
 
 
 
 
I.Karimov 
 
Toshkent shahri, 
1992-yil 27-mart.»
Bu O„zbekiston xalqi o„zining yangi yetakchisi amalga oshirayotgan xalqparvar 
siyosatni qo„llab-quvvatlay boshladi. Bu borada islom olamining zabardast allomalari 
– vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-
Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin 
Naqshbandning 675 yilligi va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy 
tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo„yicha 1225 yilligi, keng ko„lamda 
nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil 
bo„ldi. Bu aziz va mukarram zotlarning bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari 
abadiylashtirildi. 


409 
Jamiyat a‟zolarining vijdon erkinligini ta‟minlash, ularning o„z diniy marosim va 
urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. 
Yangidan-yangi masjid va madrasalar qurish, eskilarini tiklash – ta‟mirlash bo„yicha 
amaliy tadbirlar amalga oshirildi. 
Ayni chog„da bu borada bir holatni alohida ta‟kidlash joizdir. Ma‟lumki, 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligini 
kafolatlaydi. Har kim xohlagan dinga e‟tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‟tiqod 
qilmaslik huquqiga ega. Ayni chog„da O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
diniy qarashlarni majburan singdirishga yo„l qo„yilmaydi, deb yozilgan. Biroq, 
keyingi yillarda bu talablar hamma joyda ham birday bajarilmagan hollar yuz berdi. 
Qo„ni-qo„shnilar, qarindosh-urug„lar, oila a‟zolari atrofdagilarga va o„z yaqinlariga 
tazyiq ko„rsatib, masjidga borishga, diniy rasm-rusumlarni bajarishga majbur 
qilayotgan misollar uchray boshladi. 
Bunday harakatlarning tashabbuskorlari «vahhobiychilik», deb atalmish diniy 
oqim vakillari edi. Bunday oqimga mansub kishilar ko„pincha o„zlarining qonunga 
xilof xatti-harakatlari bilan jamiyatdagi ishlarning ahvoliga ta‟sir ko„rsatishga 
intildilar. O„z mohiyatiga ko„ra «vahhobiychilik» islom aqidaparastligining oshkora 
ifodasi bo„lib, unda diniy fanatizm va ekstremizmning barcha unsurlari mavjuddir. 
Bunday unsurlar esa turli diniy e‟tiqoddagi fuqarolar o„rtasidagi va umuman 
jamiyatdagi munosabatlarni keskinlashtirishga qaratilgandir. 
Mamlakatimizda 
«vahhobiychilar» 
o„z 
g„arazli 
maqsadlarini 
ko„zlab 
hokimiyatning qonuniy faoliyat ko„rsatayotgan organlari va mansabdor shaxslarga 
zug„um o„tkazgan, sal bo„lmasa davlatga qarshi yashirin faoliyatni tashkil etishga 
uringan hollar ham ma‟lum bo„lib qoldi. Albatta, ular o„z jinoiy xatti-harakatlari 
uchun qonun oldida javob berdilar. 
Shu munosabat bilan jamiyatimizda har bir kishining vijdon erkinligini va dinga 
e‟tiqod qilish huquqini ta‟minlash, dinga munosabatidan qat‟i nazar har bir 
fuqaroning tengligini ta‟minlash ishida hanuzgacha ba‟zi bir kamchiliklar 
mavjudligini hisobga olgan holda O„zbekiston Oliy Majlisi XI sessiyada (1998, aprel) 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida»gi Qonunni yangi tahrirda qabul 
qildi. 
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi dunyoga keldi, ko„plab diniy-
axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumladan, imom Buxoriyning to„rt jilddan 
iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator 
asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qur‟oni Karim sakkiz marta, jami bir 
million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor Alouddin Mansur 
tomonidan o„zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada 
bosmadan chiqarildi. Bundan tashqari, hadis va shar‟iy ilmlarga doir ko„pgina asarlar 
ona tilimizga o„girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi. 
2004-yili esa Toshkent Islom Universitetida Qur‟oni Karimning shayx Abdulaziz 
Mansur tarjimasida izohli va maxabatli nashri tayyorlandi hamda chop etildi. 


410 
Ayni paytda mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bittadan diniy Madrasa, 
Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Universiteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar 
markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom ma‟hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar 
madrasasi, Abulqosim va Ko„kaldosh madrasalari ishlab turibdi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi qarori 
bilan Toshkent shahrida islom ta‟limoti va falsafasini, o„zbek xalqining diniy, tarixiy 
va madaniy merosini chuqur o„rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi 
tashkil etildi. Mazkur markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga milliy 
qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta‟limotini yetkazish, mavjud islomiy osori-
atiqalar tarixini o„rganish, nodir qo„lyozma asarlarni tadqiq etish, ular bilan keng 
jamoatchilikni tanishtirish, darslik va qo„llanmalar, lug„atlar tayyorlash va nashr 
qilishdan iboratdir. Mamlakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma‟rifatnoma» 
ko„rsatuvi xalqning ma‟naviyatini yuksaltirishda, diniy ma‟rifatini o„stirishda katta 
ahamiyat kasb etib bormoqda. 
O„zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo„lmoqdalar. Ular 
bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish 
imkoniyatiga erishdilar. 1991–2007-yillarda 50 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ana 
shu muqaddas qadamjolarni tavof qilib qaytish sharafiga muyassar bo„ldilar. Birgina 
2006-yilning o„zida 5 mingga yaqin musulmonlar Makkai munavvara va Madinai 
mukarramaga safar qildilar. 
Prezident Islom Karimov 1992-yili Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul 
Aziz as-Saud taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo„ldi. Podshoh oliy martabali 
mehmonni katta obro„ va izzat-ikrom bilan kutib oldi hamda kisvo – muborak Ka‟ba 
uzra yopilgan yopinchiqni hadya etdi. Albatta, bu qutlug„ hadya diyorimiz 
musulmonlarining islom taraqqiyotiga qo„shgan olamshumul hissalari, ayni vaqtda 
Prezidentimizning yurtimizda islomiy arkonlarni tiklash borasida amalga 
oshirayotgan ulkan xizmatlari uchun o„ziga xos bir ehtirom ramzi edi. Bunday 
tabarruk sovg„a qabul qilingan qoidaga ko„ra juda kamdan-kam odamlarga – eng 
mo„tabar shaxslarga nasib etadi. O„z navbatida davlatimiz rahbari bu muqaddas 
ka‟bapo„shni mamlakatimizdagina emas, balki, butun musulmon dunyosida mashhur 
qadamjo-ziyoratgoh hisoblanuvchi Muhammad Ismoil Buxoriyning Samarqand 
viloyatidagi masjid-maqbarasiga tortiq qildi. Buning, albatta, teran tarixiy-ramziy 
ma‟nosi bor. 
Prezident Islom Karimovning ma‟naviy va ruhiy poklanish, yuksak insoniy 
barkamollik sohasida amalga oshirayotgan ishlarning miqyosi faqat shular bilan 
cheklanmaydi. U mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakat aholisi ma‟naviy 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, islom dini ravnaqiga qanchalik keng yo„l ochib bergan 
bo„lsa, sovetlar tuzumi davrida yurtimizning xorijiy islom mamlakatlari bilan 
butunlay uzilib qolgan aloqalarini yangitdan yo„lga qo„ydi. Bu aloqalar o„zaro 
iqtisodiy va madaniy munosabatlarni chuqurlashtirish asosida mintaqaviy 
barqarorlikni ta‟minlash, dini va dili bir-biriga yaqin bo„lgan xalqlar o„rtasida 
manfaatli hamkorlikni ta‟minlashga xizmat qilishi shubhasiz. Islom Karimovning 


411 
Turkiya, Eron, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Misr singari mamlakatlarda bo„lishi 
O„zbekiston musulmonlari hayotida o„chmas iz qoldirdi. Albatta, bular bugungi kun 
o„lchovi bilan qaraganda, tabiiy bir jarayonga o„xshaydi. Biroq, har bir hodisani o„z 
vaqtida baholasak, u ro„y bergan yo amalga oshirilgan vaziyat va sharoitni chuqur 
tahlil etsak, mazkur safarlarning naqadar katta tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‟naviy 
voqea bo„lganini anglash mumkin. 
Mamlakat rahbarining diniy masalalarga munosabatining insonparvarlik mazmuni 
shundaki, u dinni yuksak madaniyat va ma‟naviyat quroli, beqiyos axloq maktabi 
sifatida baholaydi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish