Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug„ siymo



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug„ siymo 
bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-u o„gitlari bugungi hayotimizga 
hamohang ekan, oldimizda turgan muammolarni yechishda bizga qo„l 
kelayotgan ekan, bizning bu merosni o„rganmasdan, ta‟riflamasdan, targ„ibot 
qilmasdan haqqimiz yo„q. 
Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O„zbekiston xalqiga, 
qolaversa, butun jahon ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, 
g„ururimiz!»

– deb aytsam, o„ylaymanki, xato qilmagan bo„laman».
(Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T., 1997, «O„zbekiston», 5-
jild, 191-bet.) 
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, boy merosimiz milliy mustaqillik tufayli 
umumbashariyat merosiga aylanmoqda. Bu merosga qiziqib qaragan har bir olim-u 
fozil qayerda ishlamasin, ichki bir ishtiyoq va kasb taqozosi bilan shu sohadagi 
yuzlab, minglab hamkasblari bilan o„zaro yaqinlashib boraveradi. Demak, o„zbek 
tarixi, xususan, Amir Temur siymosi umuminsoniy qadriyatlarga xizmat qiladi. 
Bundan davlatlar va xalqlar o„rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanib boraveradi. 
Shu ma‟noda Sohibqiron yubileyining juda katta siyosiy, tarixiy va ma‟naviy 
ahamiyati bor. 
Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50 dan ortiq davlatlarida 
nishonlangani, ulug„ bobokalonimiz merosini o„rganishga bag„ishlangan xalqaro 


394 
ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etgani buni yana bir bor 
tasdiqlaydi. 
 
PARIJ. 1996-yil 21–24-aprel. 
 
Amir Temur hazratlari 660 yillik to„yining 1996-yil 21–24-aprel kunlari Fransiya 
poytaxti jahon madaniyati sarvari bo„lgan Parij shahrida YuNESKO tashabbusi va 
rahbarligida nishonlanishi, unda O„zbekiston Prezidenti I.Karimovning ishtirok etishi 
va katta nutq so„zlashi ulkan voqeaga aylandi. 
Darhaqiqat, buyuk Sohibqiron tavalludining insoniyat ma‟naviy qudrati va 
tafakkurining mo„jizasi bo„lgan Parijda, xalqaro madaniyat va ma‟rifat muassasasi 
YuNESKO boshchiligida nishonlanishi bundan atigi besh yilgina burun mustaqillikka 
erishgan yosh O„zbekiston tarixida muhim voqea bo„ldi. 
O„zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Islom Karimov va YuNESKO Bosh 
direktori F.Mayor janoblarining sa‟y-harakatlari tufayli amalga oshirilgan bu tadbirlar 
mamlakatimizni Amir Temur siymosida, u homiylik qilgan madaniy, ma‟naviy meros 
orqali yana bir karra dunyoga tanitdi. 
YuNESKO qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-
yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko„rgazma uyushtirildi. O„zbek san‟at 
ustalari Parijdagi «Odson» teatri va YuNESKO qarorgohida katta konsert dasturlarini 
namoyish etishdi. Parij va YuNESKO doirasida butun dunyo uni beqiyos zavq-u 
shavq, olqishlar bilan kutib oldi. 
YuNESKOning o„sha paytdagi bosh direktori F.Mayor mazkur tashkilot 
Kengashining 149-sessiyasida O„zbekiston Prezidentiga so„z bera turib, o„zbek xalqi, 
uning ko„p ming yillik madaniyatini astoydil yaxshi ko„rib qolganini, shunday 
mashaqqatli o„tish davrida mamlakatni boshqarayotgan inson irodasiga qoyil qolmay 
iloji yo„qligini alohida ta‟kidlagan edi. Buni uning I. Karimov nomlariga yuborgan 
tabrik xatidan ham bilsa bo„ladi. Jumladan unda shunday deyiladi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish