Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Ma‟naviyat  targ„ibot markaziga



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Ma‟naviyat 
targ„ibot markaziga
aylantirildi. Uning ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibot faoliyati va 
vakolatlari kengaytirildi, hozirgi kun ehtiyojlariga mos ravishda isloh qilindi. 
...Ochig„ini aytganda dastlab bozor munosabatlari ma‟naviy hayotimizni ancha-
muncha tahlikaga solib qo„ygan edi. Chunki uzoq yillar mobaynida ma‟rifat va 
madaniyatga boqimandalik kayfiyati bilan yashadik. Mustabid tuzum butun ma‟naviy 
turmushimizni o„z «otalig„iga» olib, mustaqil fikrlash va milliy madaniyatga 
munosabatlarimizni cheklab qo„ygan edi. Bu bir jihatdan mafkuraviy kushandalik 
bo„lsa, ikkinchi jihatdan, o„zligini unutib borishga, manqurtlikka da‟vat etuvchi 
g„ayriinsoniy siyosat edi. Oxir-oqibatda ma‟naviyatdan judo bo„lgan holda yashash, 
ma‟naviy qashshoqlik asta-sekinlik bilan shaxsni ham, jamiyatni ham tanazzulga olib 
keldi. Bunday fojia oqibatlarini endigina payqay boshladik. 
Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mudroqlikdan uyg„otib, 
qarashlarimizni o„zgartirib yuborgani kabi ma‟naviyatga munosabatlarimizni ham 
isloh qildi. Eskicha qarashlardan butunlay qutulmagan, yangilikning esa oldida 
dovdirab qolgan bir paytimizda eng to„g„ri yo„lni tanlashda, ma‟naviy va ma‟rifiy 


386 
turmushimiz muammolarini hal etishda yana bosh islohotchi – Davlat ko„makka keldi 
va mamlakat Prezidenti 
«Biz ma‟rifat va ma‟naviyatga tadbirkorlik va tijorat 
sohalari tomonidan qilinayotgan homiylikni qo„llab-quvvatlaymiz, bunday 
homiylarga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag„lari 
chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbirlarga sarflanishi shart. 
Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo„lgan bunday 
sohalarga birinchi va eng katta homiy – davlatning o„zi»
, dedi. Bu moddiy 
jihatdan birmuncha qiyinchilik sezilayotgan bir davrda ma‟naviy hayotimizga davlat 
g„amxo„rligining yorqin ko„rinishidir. Zotan, har yili ma‟naviy va ma‟rifiy ravnaq 
uchun davlat jamg„armasidan katta miqdorda mablag„ ajratilayotgani, mazkur tarmoq 
tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina 
misol sifatida shuni aytish mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning hech 
birida O„zbekistondagichalik ko„p miqdorda darsliklar, o„quv-uslubiy qo„llanmalar, 
dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbirlar amalga oshirilmagan. 
Bularning hammasi O„zbekistonda milliy madaniyat va ma‟naviyat ravnaqining 
keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o„zi, hukumatning 
rahnamolik qilayotganini ko„rsatadi. 
Mustaqillik yillarida ma‟naviy poklanish haqida gap ketganda O„zbek tiliga Davlat 
tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e‟tiborini tortish lozim. 
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasining davlat tili 
haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining 
mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma‟naviy 
yangilanishida muhim rol o„ynadi. 
Qonunning o„zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to„g„risidagi qoidalari 
keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O„zbekiston Konstitutsiyasida 
mustahkamlab qo„yilgan bo„lib, bu ko„pchilik aholining, respublikada yashovchi 
barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma‟qullandi va qo„llab-
quvvatlandi. 
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida 
respublikada katta ish qilindi. O„zbek tilini davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo„llash to„g„risidagi moddalar 
ro„yobga chiqarildi. Xalq ta‟limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub 
o„zgarishlar amalga oshirildi. Ko„plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til 
asoslariga muvofiq yangilana boshlandi. 
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda boshqa 
milliy tillarni o„rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til 
muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta‟minlandi. Bu esa, qonun qabul 
qilish arafasida ayrim kishilarda paydo bo„lgan til muammolari atrofida, xususan, 
Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e‟lon qilinarmish, degan uydirmalar, 
soxtakorliklar va siyosiy o„yinlarni bartaraf etdi. 


387 
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlarning tillarini o„rganish va qo„llash 
erkinligi ta‟minlanishi bilan birga O„zbekistonda aholining mutlaq ko„pchiligi 
foydalanadigan bitta davlat tili bo„lishi kerak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi. 
Bu sobitqadam yo„l 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga 
asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi Qonunda va 1995-yil may oyida 
Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining 
«Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi Qonuniga 
o„zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va rivojlantirildi. 
Mazkur qonunlar o„zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomining 
mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon 
kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. 
Mazkur qonunlarni ishlab chiqish jarayonida to„plangan tajriba har taraflama 
umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o„tish bo„yicha qilingan ishlar xolis 
baholandi. Puxta o„ylab, real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga 
asoslangan o„zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich 
amalga oshirib borishga qaror qilindi. 
Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bog„liq barcha sanalar yangi Qonun 
hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat tilini eski alifboda joriy 
etib, so„ngra yangi yozuvga o„tish maqsadga muvofiq emas. 
Ana shu holatlarning hammasini hisobga olib, «O„zbekiston Respublikasining 
Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o„zgarishlar kiritish ehtiyoji tug„ildi. Bu qonun 
respublika hali SSSR tarkibida bo„lgan va madaniy-ma‟naviy sohada o„ziga xoslikni 
mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat 
tubdan o„zgardi. 
Qonunning ko„pgina moddalari va qoidalari jiddiy o„zgartirishlar hamda 
qo„shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi. 
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul 
qilingan va hayot tasdig„idan o„tgan konsepsiyasi o„zgartirishlarning izchilligi, 
bosqichma-bosqichligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to„la 
taalluqlidir. 
O„z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag„ri keng bo„ladi. O„zbekistonning 
mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta‟minlangan, xalqimiz o„zining buyuk kelajagini 
dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, 
shoshmashosharlik qilishning zarurati yo„q. 
Ko„rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qilayotgan turli millatga 
mansub fuqarolarning barchasi o„zbek tilini tez va erkin o„zlashtirib olishni 
ta‟minlaydigan zamonaviy uslubiyotlar, darsliklar va o„quv-ko„rgazmali qo„llanmalar 
sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ishlash 
uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar – o„zbek tili o„qituvchilari ham 
yetarli emas edi. 
Qonunning ayrim qoidalari qayta ko„rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi. 
Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o„z 


388 
xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. 
Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko„ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. 
Amaliyot shuni ko„rsatdiki, bu talabni rus tilida o„qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-
kor bilan shug„ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar 
bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo„lida xotirjam ishlash va o„z 
imkoniyatlaridan loaqal pensiya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari 
uchun imkoniyat berish maqsadga muvofiq bo„lib qoldi. Davlat tilini o„rganish 
bo„yicha barcha harakatlarni 5–10 yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar 
tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o„quv yurtlariga qaratish lozim bo„lib 
qoldi. 
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o„tish asosli o„quv-uslubiy negizni 
yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o„quv yurtlari va universitetlarida o„zga tilda 
so„zlashuvchilar o„qiydigan maktablar uchun o„zbek tili o„qituvchilari tayyorlash 
bo„yicha maxsus fakultetlar va bo„limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo„llanmalarni nashr etish lozim 
edi. 
Ushbu bayon qilingan takliflarni ro„yobga chiqarish til islohoti uchun mustahkam, 
o„zaro uyg„unlikdagi qonuniy asosni vujudga keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar 
hamma yerda ancha uyushqoqlik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o„tish 
imkonini beradi. O„zbekistonda ba‟zi mamlakatlardagidan farqli o„laroq, tilga yoki 
boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilanishi istisno etiladi. Bu 
xalqimiz ko„z qorachig„idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va 
millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko„maklashishini hisobga olib 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida 
«O„zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul 
qilindi. 
Bu ham mamlakatimizda aholining ma‟naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi 
bir omil sifatida ahamiyatga ega bo„ldi. 
Prezident I.Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas 
kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g„oya asosida yuksak 
ma‟naviyatni, barkamol jamiyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni, 
bu sohadagi strategik maqsadlarimizning o„ziga xos konsepsiyasi vazifasini 
bajarmoqda. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish