Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Yaqindagina o„zbek 
adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro„y berdi. Adib 


381 
ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitildi. O„zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining 1986-yilda bo„lgan uchinchi Plenumida 
Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma‟rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz 
Markaziy Qo„mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug„bek, Bobur, 
Mashrab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari 
yubileylarini o„tkazish to„g„risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz 
emas. Ularning merosi O„zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining 
ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat 
qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun 
barcha ishlarni qilamiz»
. O„zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozitsiyasi 
respublikada ma‟naviy poklanish, yangilanish davrining boshlanishi, ma‟naviy 
inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi. 
Shundan so„ng adib Primqul Qodirovning Bobur va boburiylar haqida hikoya 
qiluvchi «Yulduzli tunlar» romani nashr qilindi, Boburning «Boburnoma»si yangidan 
chop etildi. O„zbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori 
Bo„riboy Ahmedov so„zboshisi bilan «Sharq yulduzi» jurnalida «Temur 
tuzuklari»ning to„la ravishda e‟lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi.
Qariyb bir yarim asrlik mustamlakachilik o„zligimizni yo„qotishga olib keldi. 
Sobiq markazga siyosiy-iqtisodiy va ma‟naviy qaramlik jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyoti uchun, milliy, madaniy-ma‟rifiy ravnaqi uchun to„siq bo„ldi. Darhaqiqat, 
o„tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab yurtimizdagi bebaho kitoblar, qimmatli 
ashyo–yodgorliklar mustamlakachilar tomonidan talandi, ular chor generallari, olim 
niqobidagi shaxslar tomonidan Sankt-Peterburgga, Moskvaga va dunyoning ko„pgina 
mamlakatlariga olib ketildi. Bu hol mavjud madaniy boyliklardan xalqimizning 
bahramand bo„lish imkoniyatini yo„qotdi. Shu bilan bir qatorda bunday noyob 
madaniy merosni, buyuk yodgorliklarni o„rganishni, ularni ilmiy tadqiq etishni 
qiyinlashtirdi. Endilikda mamlakat istiqlolga erishgandan so„ng, asrlar davomida ota-
bobolarimiz yaratgan bu boyliklarni e‟zozlash, avaylab asrash, o„rganish va 
ko„paytirish imkoniyatiga ega bo„lindi. 
Madaniy merosni, olis o„tmishni chuqur o„rganmasdan turib istiqbolni belgilab 
bo„lmaydi. Kelajakka intilish uchun o„tmishni o„rganish, tajribalarni o„zlashtirish 
darkor. Lekin, bunda bir yoqlamalikka yo„l qo„yib bo„lmaydi. O„tmish madaniyatini 
xaspo„shlash ham, ideallashtirish ham mumkin emas. Olimlar va mutaxassislar 
istiqlol yillarida fanning turli sohalarida madaniy merosni chuqur o„rganishga, unga 
xolisona baho berishga harakat qildilar. 
1991-yil, ya‟ni, O„zbekiston yangi yo„lga chiqib olgan, o„zini mustaqil deb e‟lon 
qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yilda Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 
yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to„yga respublikada 
katta tayyorgarlik ko„rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Avvalo 
buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish uchun muhim ishlar amalga 
oshirildi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to„plami nashr etila boshlandi. 
Bundan tashqari «Lison-ut tayr», «Sab‟ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va 


382 
Majnun», «Hayrat-ul Abror» singari shoh asarlari alohida-alohida holda bir necha 
ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop asarlar sovg„a kitoblar 
sifatida nashr qilindi. 
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, 
kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta‟sis etildi. Pushkin 
nomidagi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan 
Davlat adabiyot muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti 
Toshkentda ulug„ bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo„yildiki, bu joy 
xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. 
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma‟naviy meros bugungi kunda 
yangilanayotgan jamiyatimizni ma‟naviy yuksaltirishda muhim omil bo„lib xizmat 
qilmoqda. 
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug„bek yili, deb e‟lon qilinishi, uning 600 
yilligini O„zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YuNESKO qarorgohi Parijda 
keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga 
aylanganligi nishonasidir. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish