Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
Mavzuga doir material 
 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov janobi oliylariga! 
...Samarqand, Buxoro va Xivaga qilgan safarim hayotimdagi hayajonli damlarim 
bo„ldi. U yerlar ertaklardagi kabi afsonaviy va tarixiy joylardir. 
Men ipak yo„li shu joylardan o„tib, madaniyatlar va dinlarning bir-biriga kirib 
kelishiga va Sharq bilan G„arbning muloqotiga ko„maklashganini tasavvur etishga 
harakat qildim. Men borgan joylar insoniyat taqdirlari chorrahalari o„tgan buyuk 
shaharlar edi. 
Hozir biz, tarix bilan hisoblashgan holda, ipak yo„li tinchlik va muloqot yo„li 
sifatida xizmat qilishini davom ettirishga ko„maklashmog„imiz lozim. 


395 
Men Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini ochish sharafiga muyassar 
bo„ldim. Bu institut ushbu orzu-umidlarni amalga oshirishda YuNESKO tomonidan 
berilgan yordamning chinakam namunasidir. 
Sizning YuNESKOning barcha vakolatlari doirasidagi faoliyati bilan chuqur 
qiziqishingizdan mamnun bo„lganimni aytishimga ham ijozat bergaysiz. 
O„zbekiston hukumati bilan YuNESKO o„rtasida bahamjihat harakatlari 
to„g„risidagi memorandumning imzolanishi yutuqlarimizni mustahkamladi va 
hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. 
Siz bilan biz har tomonlama muhokama qilgan ko„pgina masalalar yuzasidan 
hozirning o„zidayoq tegishli qarorlar qabul qilindi va kotibiyat bundan buyongi 
hamkorligimiz masalalari yuzasidan Sizning doimiy vakolatxonangiz bilan 
mustahkam aloqa qilib turadi. 
Taklifingiz va mamlakatingizga tashrifim davomida menga ko„rsatgan olijanob 
mehmondo„stligingiz uchun Sizga va Siz orqali butun O„zbekiston Respublikasi 
xalqiga yana bir bor minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. 
Pirovardida, YuNESKOning qarorgohiga tashrif buyurish haqidagi taklifimni yana 
bir bor takrorlamoqchiman. YuNESKOning 50 yilligini bayram qilish davrida Sizni 
taklif etish bizga alohida sharaf va mamnuniyat baxsh etadi. 
Men Sizga tashrifni 1996-yil aprel oyining oxirlarida yoki may oyining boshlarida, 
YuNESKO Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasi ishlab turgan paytda amalga 
oshirishni taklif qilgan bo„lardim. Shu munosabat bilan Sizning, ehtimolki, Ijroiya 
Kengash huzurida so„zga chiqishingiz hamda shu davrda o„tkazish rejalash-
tirilayotgan temuriylar davri haqidagi O„zbekiston ko„rgazmasini ochishingiz biz 
uchun sharafli ish bo„lur edi. 
Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasini o„tkazishning tasdiqlangan muddatlarini 
mening kotibiyatim YuNESKO ishlari bo„yicha milliy komissiyangizga qo„shimcha 
ravishda ma‟lum qiladi. 
Janobi oliylari, Sizga zo„r ehtiromimni qabul qilgaysiz. 
Sizni tezroq ko„rish umidi bilan 
Federiko Mayor, 
YuNESKO Bosh direktori. 
«Xalq so„zi». 1995-yil 3-noyabr. 
(Maktub qisqartirib berilmoqda).
* * * 
Bosh direktor janoblari shunday ulug„ madaniyat va So„g„d, Xorazm, Baqtriya, 
Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur barpo etgan buyuk davlatchilikning 
haqiqiy vorislarigina bunday og„ir sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan 
edi. Bu bilan u Prezident orqali butun o„zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik 
qobiliyatiga baho bergan edi. 
Madaniyat hamisha milliy o„zlikni anglashgagina xizmat qilmaydi. Uning faoliyat 
maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq hamisha ikkinchi bir xalqni o„sha 


396 
madaniyat orqali taniydi, tushunadi. Shu ma‟noda mamlakatlar o„rtasidagi madaniy 
aloqalar ravnaqi iqtisodiy birligiga, o„zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan-
yangi imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo„lib xizmat qilishi mumkin. 
Garchi xalqlar o„rtasidagi totuvlikni ta‟minlashda, murosaga erishishda o„zaro 
iqtisodiy bog„liqlik muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblashsa-da, bu borada 
madaniyatning roli ham undan kam emas. Zotan, ma‟naviyat, madaniyat yuksak 
qadriyat, yengilmas kuch, beqiyos qudratdir. 
YuNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yo„li – muloqot yo„li» nomli xalqaro 
dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Shuning uchun ham 
O„zbekiston Prezidenti YuNESKO Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida 
so„zlagan nutqida O„zbekiston bu dasturni to„la qo„llab-quvvatlashini ma‟lum qilgan 
edi. Barcha xalqlar madaniyati, o„tmishi, o„ziga xos yashash tarzini birday ardoqlab 
kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho berdi. Bugungi taraqqiyot sur‟ati 
ko„p jihatdan xilma-xil madaniyatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bog„liq 
ekanini qayd etdi. Bu O„zbekistonning jahon taraqqiyotiga o„ziga xos munosabatini, 
chuqur ma‟naviy qadriyatini ko„rsatadi. 
O„z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma-xilligi tamoyiliga 
tayanadigan YuNESKO bu ishni amalga oshirishda dunyo xalqlarining boshini 
qovushtirishday mashaqqatli vazifani bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu 
qarorgohda eng ko„p tilga olinadigan so„zlardan biri bo„ldi. 
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuidagi 
ko„rgazmaga qo„yilgan eksponatlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir 
necha ming yillik davrni o„z ichiga qamrab oladi. Ko„rgazmaga kelgan kishilar o„zbek 
xalqi ijodi, madaniy va ma‟naviy merosi, tasviriy san‟ati namunalari bilan tanishish 
imkoniga ega bo„lishgan edi. 
Temur o„sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona iqtisodiy makonga 
birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma‟lum. U barpo etgan buyuk saltanat o„sha 
vaqtdagi integratsiya, Buyuk ipak yo„li bo„yida joylashgan madaniyatlar muloqoti 
ehtiyojidan kelib chiqqan edi. 
Islom Karimov ko„rgazmaning ochilishi marosimida so„zlagan nutqida Yevropa va 
Osiyo davlatlari o„rta asrlardayoq o„zini yagona jug„rofiy-siyosiy makonga taalluqli 
ekanligini anglaganini Amir Temurning tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu 
madaniyat haftaligining ochilishi Amir Temurning o„sha xizmatlariga dunyo xalqlari 
ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u. 
Oradan olti asrdan ko„p vaqt o„tganiga qaramay, Amir Temur g„oyalari hamon 
dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa, bu g„oyalar bugungi dunyo 
mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj sezayotgan bir paytda YuNESKOning ham 
eng olijanob maqsadlaridan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan 
madaniyat, ma‟rifat, qaror topgan ma‟naviy qadriyatlar haligacha dunyoni bir butun 
holda tasavvur etish, gumanizm va inson o„rtasidagi tenglik, birodarlikka xizmat qilib 
kelmoqda. 


397 
Bu ko„rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi va 
o„zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiyaning o„sha paytdagi Prezidenti 
Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif buyurishi ham muhim voqea bo„lgan edi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur marosimda O„zbekiston va 
YuNESKO o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini 
qayta tiklash va targ„ib qilishdagi buyuk xizmatlari uchun YuNESKO bosh direktori 
F.Mayorga «Do„stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va 
temuriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, O„zbekiston va Fransiya 
madaniyatlarini o„zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari L.Keren janoblari «Shuhrat» 
medali bilan mukofotlandi. 
YuNESKO bilan O„zbekiston o„rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish 
borasida o„sha kuni yana bir muhim qadam qo„yildi. O„sha kuni O„zbekiston 
hukumati va YuNESKO o„rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va 
maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, 
Orol dengizi qurishi bilan bog„liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini 
topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko„ra, ko„p o„tmay Toshkent-
da YuNESKO- ning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, mazkur xalqaro tashkilotning 
1997-yili Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash to„g„risida qabul 
qilgan qarori ham mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo„ldi. 
O„zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey saroyidagi dastlabki 
uchrashuvi rejada ko„zda tutilganidan deyarli ikki barobar ko„p davom etgani qalblar 
yaqinligini, tuyg„ular mushtarakligini ko„rsatadi. 
O„zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respublikasi Prezidenti 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashganida Amir Temurning 1402-yili 
Fransuz qiroli Sharl VI ga yo„llagan maktubini sovg„a qilishida ham teran ramziy 
ma‟no bor. 
Sohibqiron o„sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga o„z savdogarlarini 
yuborishga chorlagan, ularning xavfsizligiga kafil bo„lishini bayon qilgan bo„lsa, 
O„zbekiston Prezidenti bugun Fransuz ishbilarmonlarini o„zaro foydali hamkorlikka 
da‟vat etadi, ularning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to„g„risida 
hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, O„zbekiston va Fransiya o„rtasidagi siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda keng. 
O„zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham yetakchi o„rinlardan 
birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bilan xalqaro tashkilotlar, shuningdek, 
Yevropa tuzilmalari doirasida hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida 
ahamiyatga ega. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish