Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Sog„liqni saqlash tizimini tibbiyot sug„urtasiga o„tkazish va davolash-



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Sog„liqni saqlash tizimini tibbiyot sug„urtasiga o„tkazish va davolash-
profilaktika muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish masalasi keyingi 
yillarda muhim masala bo„lib qoldi.
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag„ hisobida mavjud bo„lib kelgan sog„liqni 
saqlash tizimida bozor munosabatlari shakllanib, iqtisodiy islohotlar chuqurlashib 


235 
borayotgan sharoitda tibbiyot sug„urtasiga o„tish uchun tayyorgarlik ko„rila boshlandi. 
Ayni vaqtda ko„p mamlakatlardagi sug„urta xizmatlari tajribalari o„rganildi, turli idora 
va tashkilotlar bilan xo„jalik shartnomalari tuzildi. Tibbiyot sug„urtasiga o„tish, 
davolash-profilaktika muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish bilan ham bog„liq, 
chunki davlatga qarashli muassasalar bilan birga mulkchilikning har xil shakllariga 
asoslangan muassasalar, jumladan xususiy muassasalar ham faoliyat ko„rsatib borishi 
kerak. O„zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to„g„risida»gi (1991-y. 19-noyabr) Qonuniga amal qilib, sog„liqni 
saqlash vazirligi manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda sog„liqni saqlash 
muassasalarini xususiylashtirish tadbirlarini ishlab chiqdi. Xususiylashtirish 
dorixonalardan boshlandi. 1996-yilga qadar O„zbekiston Respublikasida – 2200 
dorixona xususiylashtirildi, 839 dorixonani o„z tarkibiga olgan 239 dorixona 
aksionerlik jamiyatiga aylandi.
Davlat sanitariya nazorati tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik 
xotirjamligini ta‟minlash bo„yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, davlat 
sanitariya epidemiologiya nazorati tomonidan maktab o„quvchilari uchun nashr 
etiladigan darsliklar va o„quv qo„llanmalarning gigiyenik me‟yor va qoidalarga 
mosligi muntazam ravishda nazorat ostiga olingan. Vazirlar Mahkamasining «Davlat 
sanitariya nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi qarori 
aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgan. 
Hozirgi vaqtda «O„zbekiston Respublikasining o„rta ta‟lim maktablari uchun 
kitoblar va o„quv qo„llanmalarga bo„lgan standarti ishlab chiqilgan» hamda Sog„liqni 
saqlash vazirligi tomonidan ma‟qullangan, daftarlar, darsliklar va o„quv 
qo„llanmalarni ishlab chiqarish texnik shartlari ishlab chiqildi. 
Respublikada sog„liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga 
oshirish bo„yicha Samarqand va Andijon viloyatlarida shoshilinch tibbiy yordam 
markazlari ochildi. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-martdagi maxsus qaroriga 
muvofiq Shoshilinch tibbiy yordam o„quv markazi tashkil etildi. 
2002–2006-yillarda mamlakatning barcha viloyatlarida eng zamonaviy uskunalar 
bilan jihozlangan shoshilinch tibbiy yordam markazlari qurilib foydalanishga 
topshirildi. 
Respublikada tibbiyot xodimlarini tayyorlashda yangi dastur qabul qilingan, bu 
bo„yicha 2380 ta umumiy (oilaviy) amaliyot vrachlari tayyorlanmoqda. 1999-yilda 4 
ta hamshiralarni o„qitish kollejlari tashkil qilindi. 
Respublika bo„yicha 234 ta tibbiyot muassasalari qisman o„z-o„zini 
moliyalashtirishga o„tdi. 1999-yilda 48 ta tibbiy muassasalar mulk shaklini o„zgartirib 
xususiylashtirildi. 3075 ta shifokorlar yakka tartibda faoliyat ko„rsatish uchun maxsus 
ruxsatnoma oldilar. 
Sog„liqni saqlash vazirligi jahon sog„liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda 2 
yil davomida Onalar va bolalar sog„lig„ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarni 
oldini 
olish 
borasida 
«SARAK» 
loyihasi, 
«MEKAKAR», 
«DOTS», 
«KARINFONET» va «AyMSiAy» dasturlari asosida ish olib bormoqda. 


236 
Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti tomonidan yosh tibbiy xodimlarni chet 
mamlakatlar (Angliya, Italiya, Rossiya, Isroil va Shvetsiya)da o„qitish uchun 18 ta 
grant ajratilgan. 
Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan ilg„or jahon tajribalarini hayotga 
tatbiq qilish bilan bir qatorda dunyo tabobat ilmining rivojlanishiga salmoqli hissa 
qo„shgan ulug„ bobokalonlarimiz merosini o„rganish borasida ham bir qator ishlar 
qilindi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 
qaroriga binoan Ibn Sino xalqaro jamg„armasi tashkil etilganligi ham ushbu sohaning 
rivojlanishiga davlat miqyosida katta e‟tibor berilayotganini ko„rsatadi. 
Tibbiyotdagi islohotlarning asosiy yo„nalishlaridan biri, bu tibbiy xizmat sifatini 
oshirish uchun tashkiliy va amaliy sharoitlar yaratish. Jamiyatda tibbiyot 
xodimlarining mavqeini ko„tarish, ularning mehnatiga haq to„lash va moddiy 
rag„batlantirish tizimini takomillashtirishdan iboratdir. Bu borada Respublikamiz 
Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to„lash 
tizimini takomillashtirish to„g„risida»gi qarori asosida tubdan yangi, bajarilgan 
ishning hajmi va sifatiga bog„langan tizim joriy etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda bemorlarga aniq tashxis qo„yish maqsadida 
zamonaviy uskunalar keltirilmoqda. Davolash-profilaktika muassasalarini zamonaviy 
tibbiy asbob-uskunalar bilan ta‟minlash doimo diqqat markazida bo„lib kelgan. 
Xususan, Prezidentimizning 2003-yil 26-fevraldagi «Sog„liqni saqlash tizimini 
yanada isloh qilish chora-tadbirlari to„g„risida»gi Farmoniga asosan tashkil qilingan 
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida yiliga 10 mingdan ortiq operativ 
va diagnostik muolajalar amalga oshirilmoqda. Shulardan 4 mingdan ortig„ini yuqori 
texnologiyali operatsiya va muolajalar tashkil qiladi. Toshkent shahrida joylashgan 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallarini 
tashkil qilish hamda zamonaviy diagnostik uskunalar bilan ta‟minlash shoshilinch 
yordam ko„rsatishni taqozo etadigan kasalliklarni o„z vaqtida aniqlashda muhim 
bosqich bo„ldi. Ushbu muassasalarda yiliga 6 milliondan ortiq bemorga tibbiy yordam 
ko„rsatilayapti. 
Toshkentdagi ko„pgina klinikalar qatori Samarqand, Jizzax Qashqadaryo, Buxoro, 
Xorazm, Farg„ona viloyati tibbiy muassasalari ham kompyuter tomograf uskunasi 
bilan ta‟minlangan. Ushbu uskuna ilgari umuman aniqlash imkoni bo„lmagan 
kasalliklar bo„yicha aniq tashxis qo„yish imkonini berdi. 
Vazirlar Mahkamasining «Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi qaroriga muvofiq respublika 
tibbiy muassasalari oxirgi 4 yil davomida 500 dan ortiq zamonaviy diagnostik asbob-
uskunalar bilan jihozlangan tez yordam mashinalari bilan ta‟minlandi. Bu esa 
bemorlarga birinchi bosqichdayoq to„g„ri tashxis qo„yish va tibbiy yordam 
ko„rsatishda nihoyatda qo„l kelmoqda. 
Qishloq vrachlik punktlarini (QVP) tashkil qilish va ularni zamonaviy asbob-
uskunalar bilan ta‟minlash ham bugungi muhim yo„nalishlardan biridir. Ayni vaqtda 
respublikamizda 3000 dan ortiq QVP faoliyat ko„rsatmoqda. Ilgari oddiy bir kasallik 


237 
uchun ham tuman markaziga borishga to„g„ri kelardi. Endi esa QVPlardagi faoliyat 
uncha-muncha tibbiy muassasalarda olib borilayotgan xizmatdan qolishmaydi. 
Shuning uchun ham ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun budjet 
mablag„lari bilan bir qatorda Jahon bankining imtiyozli kreditlari ham jalb etilayapti. 
Ayni paytda Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga Respublika shoshilinch 
tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallarini zamonaviy yuqori 
texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi 
hukumatining krediti hisobiga onkologiya muassasalarini zamonaviy radiologiya 
uskunalari bilan ta‟minlash ishlari olib borilmoqda. Bu ham, o„z navbatida, 
kasalliklarni erta aniqlash imkonini beradi hamda bemorlarga ko„rsatilayotgan tibbiy 
diagnostika va davolash sifatini oshiradi. Dori ishlab chiqaruvchi korxonalarning 
faoliyati hamda dori vositalarining sifati borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. 
Masalan: O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi «Mahalliy 
dori-dormon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo„llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to„g„risida»gi qarori mahalliy ishlab chiqaruvchilarga hukumat tomonidan 
ko„rsatilayotgan alohida e‟tibordan dalolat beradi. Aholi hayoti va sog„lig„i xavfsiz-
ligini ta‟minlovchi mahsulot, xizmatlar va jarayonlar sifati borasida iste‟molchilar va 
davlat manfaatlarini himoya qilish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini 
oshirish 
va 
boshqalar 
standartlashtirishning 
asosiy 
maqsadi 
hisoblanib, 
respublikamizda standartizatsiya ishlari jahon talablari, shuningdek, O„zbekistan 
Respublikasining 
«Standartlashtirish 
to„g„risida»gi 
hamda 
«Metrologiya 
to„g„risida»gi qonunlari asosida olib boriladi. Bugungi kunda O„zbekiston 
Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 92 ta 
korxona faoliyat ko„rsatmoqda. Ularning farmatsevtika faoliyati «Dori vositalari va 
farmatsevtika faoliyati to„g„risida»gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. 
Respublikada dori vositalari sifati va ishlab chiqaruvchi korxonalardagi texnologiyasi 
masalalarini muvofiqlashtiruvchi 12 ta boshqaruv hujjatlari amalda bo„lib, ularning 
asosiysi Jahon sog„liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan. 
«Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMR)» TSt 1901 2003 tarmoq standartidir. 
Respublikamizda dori vositalarining sifatini nazorat qilishning mukammal tizimi 
yaratilgan bo„lib, u tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda dori 
vositalari sifat nazorati tizimiga kiruvchi tashkilotlarda har qanday tibbiy preparatlarni 
klinik sinovlargacha va klinik sinovlar jarayonlarida me‟yoriy hujjatlarni tasdiqlashda 
va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berishda ularning sifatini tavsiflay oladigan 
standartlar, me‟yoriy hujjatlar, materiallar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 
6-iyuldagi «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir 
qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida»gi qarori bilan majburiy tartibda 
sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ruyxati qayta ko„rib chiqildi va dori vositalari 
«farmatsevtika mahsulotlari» nomi bilan kengaytirildi. 
Respublikamizda ishlab chiqariladigan va hududimizga bojxona maskanlari orqali 
olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar sertifikatlashtirish idoralari 


238 
tomonidan to„liq rasmiylashtirilganidan so„ng respublika hududiga olib kirilishiga 
hamda ochiq savdoga chiqarishga ruxsat beriladi. 
Ayni paytda mamlakatimizda xususiy shifo muassasalarining soni ham oshib 
bormoqda. 
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo„yicha qator hukumat qarorlari qabul 
qilinishi munosabati bilan respublikamizda xususiy tibbiyot tizimi shakllandi. Hozirgi 
kunda mavjud xususiy klinikalar, markazlarda aholiga malakali tibbiy xizmat 
ko„rsatib kelinmoqda. Agar 1999-yilda yakka tartibda faoliyat ko„rsatuvchi 
shifokorlar va nodavlat korxonalari 700 tani tashkil etgan bo„lsa, 2006-yilga kelib bu 
ko„rsatkich 4000 taga yetdi. 
Tibbiyotdagi islohotlar samarasi o„laroq yurtimizda sohalarga ixtisoslashgan bir 
qator o„quv dargohlari faoliyat ko„rsatmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta‟minlash va 
chekka joylarga ishga yuborish borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Har yili 
sog„liqni saqlash vazirligida hududiy sog„liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda 
mutaxassislarga bo„lgan ehtiyoj o„rganib chiqilmoqda va shu asosda bitiruvchilar ish 
bilan ta‟minlanmoqda. 2006-yildan boshlab davlat grantlari asosida tahsil olgan 
bitiruvchilar 3 yil ishlab berish sharti bilan yashash manzillari bo„yicha ishga 
taqsimlandi. Bu borada tegishli me‟yoriy hujjatlar asosida barcha ta‟lim 
muassasalarida taqsimot komissiyalari tuzilgan, marketing bo„limlarining tuzilmasi va 
vazifalari o„zgartirilgan. Bitiruvchilardan samarali foydalanish maqsadida, Qora-
qalpog„iston Respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi, shahar va viloyatlar sog„liqni 
saqlash boshqarmalari bilan birgalikda mutaxassislarga bo„lgan ehtiyoj o„rganib 
chiqildi va buyurtmalar portfeli shakllantirildi. Ma‟lumotlar barcha ta‟lim 
muassasalariga yuborildi. U yerda o„z navbatida institut – talaba – ish beruvchi 
o„rtasida uch taraflama taqsimot komissiyasi o„tkazildi. 2006-yilda tibbiyot oliy 
ta‟lim muassasalarida grant asosida tahsil olgan 1341 nafar bitiruvchi ishga 
taqsimlandi. 
2005-yilning o„zida respublikamizda 38 ta shifoxona va sihatgoh barpo etildi. 93 ta 
davolash profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. 
Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya – 
poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik punkti ishga tushirildi. 
Ayniqsa, qishloq vrachlik punktlarini kapital ta‟mirlash va rekonstruksiya qilish 
natijasida 800 ming nafar bemor sifatli tibbiy xizmatdan foydalangani va qo„shimcha 
ravishda 2 million kishiga xizmat ko„rsatish imkoniyati yaratilganini bu yo„ldagi 
muhim qadam sifatida baholash mumkin. 
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, bunday ibratli ishlar barcha viloyat va 
tumanlarimizda ham amalga oshirildi. Jumladan, Buxoro viloyatining Kogon 
shahrida, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yangi shifoxona, Bog„ot 
tumanida esa yangi tug„uruqxona majmui barpo etildi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Qopao„zak tumani markaziy kasalxonasida katta 
hajmdagi qurilish-ta‟mirlash ishlari bajarildi, Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo 
va Namangan viloyatlaridagi qator tumanlarda esa markaziy kasalxonalar zarur 


239 
asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu ishlarga 1,5 milliard so„mdan ziyod mablag„ 
sarflandi. 
Shu bilan birga, Qarshi shahrida kardiologiya va ixtisoslashtirilgan urologiya 
markazlari, Samarqand viloyati tez tibbiy yordam markazining Oqdaryo filiali, Jizzax 
viloyatining G„allaorol tumanida urush va mehnat fahriylari sanatoriysi, Farg„ona 
viloyatidagi «Chimyon» sanatoriysida yangi korpus, Farg„ona shahrida bolalar 
akvaparki kabi tibbiyot va ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo etildi. 
Muxtasar qilib aytganda 2006-yil oxirigacha jami 165 milliard 800 million so„m 
mablag„ sarflangani tibbiyot sohasida bajarilgan ishlarning hajmi va ko„lamini yaqqol 
ko„rsatib turibdi.
2006-yili sog„liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish, 
ularni zamonaviy asbob-uskunalar, zarur jihoz va mebellar bilan ta‟minlash 
maqsadida davlat budjetidan 7,6 milliard so„m, ya‟ni, 2005-yildagiga nisbatan 1,5 
barobar ko„p mablag„ ajratildi. Kapital ta‟mirlashga esa homiylar hisobidan 7 milliard 
so„m sarflandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko„z mikroxirurgiyasi, xirurgiya, kardiologiya 
markazlari, Fitiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot institutida 60 o„rinli 
davolash bo„limi kapital ta‟mirlanib, zamonaviy davolash usullari joriy qilindi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya 
markazining filiali tashkil etildi, Respublika jarrohlik markazi va «Salomatlik» 
institutining Nukus filiallari, Jizzax viloyatida kardiologiya dispanseri va viloyat 
bolalar shifoxonasi, Qashqadaryo viloyatida sil kasalliklari dispanseri, Surxondaryo 
viloyatida bolalar shifoxonasi kapital ta‟mirlandi. 
2006-yilda qariyb 284 milliard so„m, jumladan, 133 milliard so„m budjet mablag„i, 
151 milliard so„mdan ziyod idora va tashkilotlar, homiylar mablag„i sarflandi. 
Mamlakatimizada kuchli ijtimoiy himoya siyosati haqida gapirganda o„tgan davrda 
qo„lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalarimiz xalqimizning daromadlari va 
farovonligini izchil ravishda oshirib borishni ta‟minlash, keng ko„lamli ijtimoiy 
dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berishini ta‟kidlash lozim. 
Barchamizga ma‟lumki, aholi ish haqi va daromadlarining o„sishi sur‟ati eng 
muhim ko„rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu haqda gapirganda, aholi real 
daromadlarining 2006-yilda 2000-yilga nisbatan 2,5 1999-yilga nisbatan esa o„rtacha 
12 barobar oshganini ta‟kidlash lozim. 2007-yil oxirida respublikamizda o„rtacha ish 
haqi miqdori 20 dollar darajasiga yetdi. 
Mamlakatimizda har uch yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish strategik vazifa 
qilib qo„yilgan. Shu tariqa, aholining xarid qobiliyatini hisobga olgan holda, yaqin 
yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta‟minlash bo„yicha yuksak marralarga 
erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko„tarilishni maqsad qilib qo„yilgan. 
Bugungi kunda yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllandi – mustaqillik 
yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o„rinlari tashkil etildi. Ularning 70 foizdan 
ziyodi sanoat va xizmat ko„rsatish sohalariga to„g„ri keladi. 


240 
Ayniqsa, shahar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin-qizlarni ish bilan 
ta‟minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida 
tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlana boshlaganini ta‟kidlash lozim. 
Biz uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo„lgan aholini ish bilan ta‟minlash 
bilan bog„liq muammolarga katta e‟tibor qaratib, bu borada aniq maqsadga 
yo„naltirilgan ishlarni izchil amalga oshirayotganimiz mavjud ahvolni tubdan 
o„zgartish uchun imkon yaratdi. 2006-yilda ishsizlik darajasi 5,3 foizgacha kamaygani 
ham shundan dalolat beradi. 
Mamlakatimiz aholisi, avvalo qishloq joylardagi odamlarning turmush sharoiti 
izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 ming kilometrlik suv quvurlari, 72 
ming kilometrlik gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu 1991-yilga qadar erishilgan 
natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko„p demakdir. 
Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta‟minlash bugungi kunda 84 foizni, jumladan, 
qishloq joylarda 77 foizni, tabiiy gaz bilan ta‟minlash 82 foizni, qishloq joylarda esa 
78 foizni tashkil etmoqda. 
Xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga doir chora-tadbirlar tizimida sog„liqni 
saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida o„rin tutishini hammamiz 
yaxshi tushunamiz. 
O„tgan yillar mobaynida O„zbekistonda tibbiy xizmat ko„rsatish tizimi amalda 
to„liq qayta ko„rib chiqildi. Hozirgi vaqtda bu boradagi islohotlarning asosiy 
bosqichlaridan biri nihoyasiga yetmoqda. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori 
malakali tibbiy yordam ko„rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan 
ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo„limlar tarmog„ining tashkil etilishi bu bosqichning 
eng muhim va aniq natijasi bo„lganini ta‟kidlash joiz. Maxsus tashkil etilgan 
respublika markazi bu tizimga rahbarlikni va uning faoliyatini muvofiqlashtirishni 
ta‟minlamoqda. 
Sog„liqni saqlashning birlamchi bo„g„inida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy 
o„zgarishlar ro„y berdi. Samarasiz ishlayotgan feldsherlik-akusherlik punktlari va 
qishloq ambulatoriyalari o„rnida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan 
jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etilgani bu sohadagi katta 
qadam bo„ldi, desak, to„g„ri bo„ladi. Tibbiyot xodimlari mehnatga haq to„lash va 
ularni rag„batlantirish tizimining har tomonlama qayta ko„rib chiqilishi aholiga tibbiy 
xizmat ko„rsatishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Natijada keyingi 2-3 
yilda soha xodimlarining ish haqi 2 barobardan ziyod ko„paydi. 
Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog„liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy 
tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan ta‟minlangan ixtisoslashgan klinikalar 
muhim o„rin egallamoqda. Ularda yuqori malakali mutaxassislar jahon miqyosidagi 
murakkab va noyob operatsiyalarni amalga oshirib, odamlar hayotini saqlab, ularning 
umriga umr qo„shayotgani bu boradagi islohotlarimizning yana bir amaliy ifodasidir. 
Sog„liqni saqlash tizimida bo„lajak onalar salomatligini muntazam nazorat qilib 
boradigan, sog„lom bolalar tug„ilishiga xizmat qiladigan keng tarmoqli skrining 


241 
markazlarining o„rni va ahamiyati qanchalik katta ekani haqida, o„ylaymanki, 
ortiqcha gapirib o„tirishga hojat yo„q. 
Agar 1991-yilda onalar o„limi bilan bog„liq ko„rsatkich har 100 ming nafar ayolga 
nisbatan 65 tani tashkil etgan bo„lsa, bugungi kunda bu raqam 24 taga tushdi, 
go„daklar o„limi esa ilgari 1000 nafar chaqaloqqa 35 tadan to„g„ri kelgan bo„lsa, 
hozirgi kunda 14 taga tushdi. 
Shunisi e‟tiborliki, bugun O„zbekistonda chechak va ich terlama, kuydirgi, o„lat va 
vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. 
O„tgan davr mobaynida yurtimizda aholining o„rtacha umr ko„rish darajasi ham 
sezilarli ravishda ortib bormoqda. Bu boradagi umumiy ko„rsatkich 1990-yilda 67 
yoshni tashkil etgan bo„lsa, 2008-yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar 
o„rtasidagi o„rtacha umr ko„rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o„rtasida esa 70 
yoshdan 74,6 yoshga uzaygani odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush 
sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida 
baholash o„rinli bo„ladi. 
Shuningdek, mustaqillik yillarida ijtimoiy himoya siyosati davlat siyosatining 
ustuvor yo„nalishi bo„lib qoldi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish