1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“SANOAT EKOLOGIYASI” KAFEDRASI
“Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi”
fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha
USLUBIY KO'RSATMA
Buxoro-2022 yil
2
R.A.Xaitov, N.M.Baxriddinova “
Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi”
Kurs ishiga uslubiy ko‘rsatma - T.: Bux MTI, 2022 y. b.
Ushbu “
Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi
” fanidan kurs ishini bajarish
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma 5640200 - “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
bakalavriat ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Bunda talabalar tanlangan
mavzu bo‘yicha fanni o‘zlashtirishda olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalariga tayangan
holda har qanday favqulodda vaziyatlardan aholini,
atrof-muhitni, inshootlarni, moddiy
resurslarni muhofaza qilish muammolari, shikastlangan hududlarda, katastrofik o‘choqlarda
qutqaruv va tiklov ishlarini o‘tkazish,
harbiy holatda ham, tinchlik davrlarda ham
radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni aniqlash va baholash tartiblari hamda aholini fuqaro
muhofazasiga tayyorlash va boshqa dolzarb vazifalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi.
Taqrizchi: Yu.S.Beshimov - BuxMTI “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi dotsenti..
Buxoro muhandislik texnologiya instituti ilmiy-uslubiy Kengashi qarori asosida nashrga
tavsiya etildi (2022 yil __________________________ “___” - sonli majlis
bayonnomasi).
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi
farmoniga binoan aholini
va xalq xo‘jaligi inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini
3
tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini
olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi mudofaa
vazirligining fuqaro mudofaasi va
favqulodda
vaziyatlar
boshqarmasi
negizida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan - favqulodda
vaziyatlarni
bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish,
favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini
kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish, favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat
tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga
rahbarlik qilish,
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
Ushbu uslubiy ko'rsatmani ishlab chiqishdan maqsad “