6
3-Maqsad - Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish va ayollarning
huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish
4-Maqsad - Bolalar o’limini qisqartirish
5-Maqsad - Onalar salomatligini yaxshilash
6-Maqsad - OIV/OITSga, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash
7-Maqsad - Ekologik barqarorlikni ta’minlash
8-Maqsad - Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish
Dastlabki yetti maqsad barcha ko’rinishlardagi: ochlik, daromadning
yetarli darajada bo’lmasligi, ta’lim va
tibbiy xizmat sifati pastligi, gender
tengsizlik va atrof muhit ahvolining yomonlashuvi ko’rinishidagi kambag’allik
darajasini pasaytirishga qaratilgan. Bu maqsadlarga majmu holda erishilsa,
kambag’allikni kamaytirishga keng qamrovli yondashuv ta’minlanadi.
Sakkizinchi maqsad dastlabki yetti maqsadga erishish vositasidir. U
birinchi navbatda rivojlangan mamlkatlar oldiga vazifalar qo’yib, ularni
kambag’al mamlakatlar qarzlarini kamaytirish hamda ularning rivojlanishiga
ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha choralar ko’rishga da’vat etadi.
Muvaffaqiyatlarimizni MRM bilan qiyoslaganda
O’zbekiston Mingyillik Ma’ruzasini imzolagan mamlakat sifatida MRMga
erishish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmoqda. Hukumat bu maqsadlarning
milliy rivojlanishda muhimligi hamda dolzarbligini e’tirof
etgani holda, donor
tashkilotlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda o’z milliy vazifalari hamda
MRM bo’yicha ko’rsatqichlarini ta’riflashga kirishdi. Milliy ekspertlar guruhi
tegishli vazifalar va ko’rsatqichlarni belgilash yo’li bilan har bir maqsad bo’yicha
rivojlanish yo’nalishlarini tahlil qilish uchun muhim qadamlar qo’ydi. Sakkiz
milliy MRM quyidagicha berilgan:
1-Maqsad - Kam ta’minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish
2-Maqsad - Boshlang’ich va o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish
3-Maqsad - Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish hamda
ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
4-Maqsad- Bolalar o’limini qisqartirish
5-Maqsad - Onalar salomatligini yaxshilash
6-Maqsad- OIV/OITSga, sil kasalligiga va bezgakka qarshikurash
7-Maqsad - Ekologik barqarorlikni ta’minlash
8-Maqsad- O’zbekiston va rivojlanish maqsadida global hamkorlik
Hukumatning MRM muhimligini e’tirof etishi, jumladan, MRMni Aholi
farovonligini oshirish strategiyasi bo’yicha oraliq xujjat (AFOSOH)ga
muvaffaqiyat bilan moslashtirib va qo’shib borilayotgani bilan tasdiqlanadi. Zero,
olib borilayotgan ishda monitoring va hisobot
tizimlarini yaratish uchun
qo’shimcha choralar zarur. Milliy MRM ham, AFOSOH ham aholi turmush
7
darajasini oshirishga yo’naltirilganligi munosabati bilan ularning ta’riflari bir-
birini to’ldiradi.
O’zbekistonda MRM bo’yicha ilk asosiy tadqiqot MRMni mamlakatning
rivojlanish xususiyatlariga moslashtirish jarayonida tayyorlangan edi. Unda yetti
MRMdan har biri O’zbekiston sharoitiga tatbiqan ko’rib chiqiladi, MRMni
ro’yobga chiqarishning va erishilgan natijalarni monitoring
qilishning ehtimol
tutilgan muammolari belgilanadi.
Aholining MRMdan xabardorligini oshirish bo’yicha kampaniyani
o’tkazish O’zbekistonda ularni ro’yobga chiqarishni ta’minlash shartlaridan
biridir. Bu borada asosiy e’tibor davlat institutlariga, fuqarolik jamiyatiga, OAV
va keng jamoatchilikka qaratiladi, bunda siyosatchilarga ham, oddiy fuqarolarga
ham teng darajada tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: