94
Qamchinda qolishini juda-juda istar edim
(N.Rahmat).//
I was earnestly wishing
my grandfather to remain in our village Kamshin.
Harakat nomili tizimlar ko‟chirma gapli tizimlarni o‟zlashtirma
gaplarga
aylantirishda ham juda keng qo‟llanadi.
III Bob bo’yicha xulosa
Insonning dunyoni bilish jarayonida qiyoslash juda katta ahamiyatga ega.
Ikki yoki undan ortiq predmetni ular o‟rtasidagi o‟xshashlik yoki farqli tomonlarni
aniqlash maqsadi bilan qiyoslash tashqi olamning bilishning eng keng tarqalgan
mantiqiy usullaridan biri bo‟lib, u inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida
kuzatiladi. Bu muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda o‟z ifodasini topadi.
Qiyosiy gaplarning mazmuniy tarkibida mantiqiy kategoriya bo‟lmish ana
shu qiyoslash aks etadi. Bunday gaplar dunyo tillarining deyarli barchasida
mavjud, ammo
ularning qurilishi, shakllanish qonuniyatlari har bir tilda muayyan
xususiy tomonlar bilan xarakterlanadi.
O‟zbek tilidagi qiyosiy sodda gaplar bir qancha o‟ziga xos tomonlarga ega.
Mantiqiy jihatdan qaraladigan bo‟lsa, qiyosiy sodda gaplarda
ifodalanadigan hukmning qurilishi boshqa har qanday gapda ifodalanadigan hukm
qurilishidan sezilarli farq qiladi. Aritoteldan boshlangan va hozirgacha davom etib
kelayotgan formal logikaga ko‟ra har qanday hukm ikki qismdan, ya‟ni ikki
a‟zodan – sub‟ekt va predikatdan iborat.
Ammo qiyosiy sodda gaplarda
ifodalanadigan hukmning tarkibi ham aynan shundaymi? “Qiyosiy hukmlarning
tarkibi odatdagi hukmlardan farq qiladi: ularda fikrning tugalligi faqat hukmning
ikki bosh bo‟lagiga bog‟liq emas, balki qiyosning ikkinchi ob‟ekti sifatidagi
uchinchi bo‟lakka ham bog‟liqdir. Agar ikki a‟zoli hukmning tarkibi S – P bo‟lsa,
qiyosiy hukmning tarkibi S –P – S dir”.
Har qalay, bu uch a‟zoli hukm
konsepsiyaning to‟g‟ri yoki noto‟g‟riligidan, ko‟pchilik tomonidan tan olinganligi
yoki tan olinmaganligidan qa‟tiy nazar, ana shu konsepsiyaning yuzaga
kelganligining o‟zi qiyosiy hukmlarning o‟ziga xosligini, anchayin murakkabligini
95
ko‟rsatadi. Ana shunday hukmlar ifodalanadigan qiyosiy sodda gaplar mazmuniy
qurilishining murakkab bo‟lishini aytish mutlaqo mantiqiydir.
Bunda ko‟chirma gap predikatsiyasi ikkinchi darajali predikatsiyaga
aylanadi va bu ikkinchi darajali predikativ ifoda hamisha asosiy predikatning
vositasiz ob‟ektini ifodalab keladi. Albatta, bunda asosiy
predikat hamisha nutq
fe‟llaridan iborat bo‟ladi. Shuning uchun ham nutq fe‟llari mazmun valentligining
yuzaga chiqaruvchilaridan biri sifatida tushum kelishigidagi harakat nomili
tizimlarni ta‟kidlab ko‟rsatiladi. Demak, asosiy predikat nutq fe‟llaridan iborat
bo‟lganda ham vositasiz to‟ldiruvchi vazifasida ayni tizimlarning qo‟llanishi uchun
imkoniyat yaratiladi. Ko‟chirma gapda ifodalangan propozitsiya ayni tizim orqali
ifodalanib, bu tizim gapda to‟ldiruvchi o‟rnini egallar ekan, sintaktik qo‟shma gap
sintaktik sodda gapga aylanadi. Ammo uning mazmuniy tarkibi ikki
propozitsiyaning qo‟shiluvi tarzida murakkablashadi.
Buning natijasida gapdagi
mazmuniy va sintaktik qurilish o‟rtasidagi mavjud muvofiqlik buziladi va
nomuvofiqlik yuzga keladi.
Mazkur harakat nomili tizimlar turli kelishik shakllarida kelib, gapda
yuqoridagilardan tashqari yana vositali to‟ldiruvchi, hol, ba‟zan
aniqlovchi
sintaktik o‟rinlarini ham egallab kelishi mumkin.
Sub‟ekt bo‟lagi bo‟lmagan harakat nomili tizimlar sub‟ekt jihatdan xolis
bo‟lib, ular ham turli kelishik shakllarida kelib, gapda muayyan sintaktik o‟rinni
egallaydi, ularda ifodalangan mazmun munosabati asosiy mazmun munosabati
tarkibiga muayyan mazmuniy
uzv sifatida kiradi va demak, shu tarzda ikki
propozitsiyaning qo‟shiluvi amalga oshadi.
Shakl va mazmun nomuvofiqligi shart fe‟lli tizimlar bilan
murakkablashgan sodda gaplarda ham kuzatiladi.