qurilish
yuklari
deb ataladi. Ko‘p xildagi qurilish yuklari ularning fizik va geometrik
tavsiflariga ko‘ra 9 turga tasniflanadi:
sochiluvchi
– qum, maydalangan tosh, shag‘al, gruntlar, qurilish axlati;
kukunsimon
– tsement, ohak, gips, bo‘r;
hamirsimon
– beton aralashmasi, qorishma, ohakli qorishma;
mayda donali
– g‘isht, mayda bloklar, xarsangtosh, plitkali asfalt, bo‘yoqli
bidonlar, yashchik va qoplarga solingan yuklar;
donabay
– deraza va eshik bloklari, temirbeton panellar hamda plitalar;
uzun o‘lchovli
– temirbeton va po‘lat Ustun (ustun)lar, fermalar, quvurlar,
yog‘och materiallari;
yirik hajmli
– sanitar-texnik kabinalar, blokli xonalar, lift shaxtalari bloklari,
yirik gabaritli konteynerlar;
suyuq
– benzin, kerosin, moylash materiallari;
81
og‘ir vaznli
– qurilish maydoniga transport vositalarida yetkazib kelinadigan
katta massali temirbeton elementlar, texnologik konstruktsiyalar, qurilish
mashinalari.
Qurilish yuklarini, ularning geometrik parametrlari va fizik tavsiflarining
xilma-xilligidan kelib chiqqan holda, qurilishda turli xil yuklarni tashishning eng
xilma-xil vositalari qo‘llanilmoqda, ularni ortish va tushirishning tegishli vositalari
ishlab chiqilgan.
4.2.Qurilish yuklarini tashish
Yuklarni yetkazib (eltib) berish turli xil transportlar yordamida amalga
oshiriladi. Qurilish materiallarini, yarimfabrikat mahsulotlarni va tayyor
buyumlarni ular qazib olinadigan, tayyorlanadigan joydan yoki ortish joyidan turli
transport vositalari yordamida qurilish ob’ektlarigacha ko‘chirish jarayonlari
transport jarayonlari
deyiladi. Qurilish yuklari vertikal va gorizontal transport
bilan tashiladi.
Vertikal transport
qurilish konstruktsiyalarini yetkazib beruvchi
zavodlarda ortish ishlarini bajarish uchun, qurilish maydoniga keltirilgan
materiallar va buyumlarni qabul qilib olishdagi qurilish ishlari uchun, yuklarni
yerdan vertikal bo‘yicha ishlar amalga oshiriladigan joyga tashish uchun
mo‘ljallangan.
Gorizontal transport
bilan qurilish yuklari yuklatilgan joydan
qurilish ob’ektlarigacha va butun bir qurilish majmuasi barpo etilayotganda ular
bevosita ob’ektlarning o‘zida tashiladi.
Qurilish maydoniga nisbatan gorizontal transport tashqi va ob’ekt
transportiga bo‘linadi.
Tashqi transport
bilan qurilish konstruktsiyalari,
materiallari, texnologik konstruktsiyalar qurilish maydoniga yetkazib beruvchi
zavodlardan, karerlardan, markaziy omborlardan yoki o‘zining ishlab chiqarish
korxonalaridan qurilayotgan ob’ektlarga olib kelinadi.
Ob’ekt transporti
qurilish
yuklarini qurilish maydoni doirasida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan.
Qurilishda yuklarni tashish barcha turdagi zamonaviy transportlar yordamida
amalga oshiriladi.
82
Tashiladigan qurilish yuklarining taxminan 80% avtomobil transporti
yordamida tashiladi. Avtomobillar afzalligi – katta tezligi, yuqori harakatchanligi
(manevrchanligi), burilish radiusi kichik bo‘lgan uchastkalar bo‘ylab harakatlanish
qobiliyati, yo‘lning tik qiyaligini yengib o‘tishi mumkinligi, turli xil yuklarni
bevosita qurilish ob’ektiga yetkazib berish mumkinligi bilan belgilanadi.
Transportning bu turi turar-joy qurilishi sharoitida eng keng qo‘llanilmoqda.
Traktor transportidan asosan og‘ir yuklarni noqulay (yomon) yo‘llar bo‘ylab
va yo‘llar bo‘lmagan sharoitlarda ko‘chirish uchun foydalaniladi. Bu transport
turining kamchiligi – shahar sharoitida foydalanish cheklanganligi hamda
harakatlanish tezligining kichikligi oqibatida o‘zoq masofalarga yuk tashishda
qo‘llanmasligi bilan izohlanadi.
Temir yo‘l transporti qurilish yuklari umumiy miqdorining 13...18%
tashishga xizmat ko‘rsatadi va uzoq masofalarga asosiy yuk tashuvchi tashqi
transport turidir. Temir yo‘l transporti dastlabki katta xarajatlarni talab etadi, biroq
qurilish-montaj ishlarining katta hajmlarida va asosiy yuklar relsli yo‘llar bo‘yicha
olib kelinganda bu xarajatlar ekspluatatsiya jarayonida o‘zini tez oqlaydi.
Suv transporti – eng arzon transport turi bo‘lib, u ayniqsa, yuklarni uzoq
masofaga tashishda ancha katta samara beradi va qurilish maydonlariga umumiy
yuklarning 5% gachasini yetkazib beradi . Asosiy kamchiliklaridan biri – bu undan
mavsumiy foydalanishdir.
Havo transporti bilan borish qiyin bo‘lgan joylarga yuklarni yetkazib
berishda va ayrim konstruktsiyalarni hattoki inshootlarni montaj qilishda og‘ir yuk
tashuvchi samolyotlar va vertolyotlar hamda maxsus dirijabllardan foydalaniladi.
Maxsus transport – osma arqon yo‘llari, quvurli transport, pnevmatransport,
gidrotransport, zvenoli (bo‘g‘inli) tasmali transportyor yordamidagi transport. Bu
transport turlari, asosan, kuchli past-baland va suv to‘siqlari mavjud bo‘lgan
yerlarda qo‘laniladi.
Transportning maxsus turlariga
texnologik vazifani bajaruvchi transport
vositalarini
kiritish mumkin, ularda tashish jarayonlari qurilish yukiga texnologik
ishlov berish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Bunday transport vositalariga
83
avtobetonaralashtirgich (avtobeton qorigich)lar mansub bo‘lib, ularda beton
aralashmasini tayyorlash va qurilish maydoniga tashish jarayonlari bir vaqtda
bajariladi, avtobetonnasoslar – beton aralashmasini katta masofalarga uzatish va
uni joylashtirish ishlarini qo‘shib bajaradi, avtobetontashigichlar – aralashmani
ko‘chiradi va aralashtiradi. Texnologik vazifalarni bajaruvchi transport vositalari
istiqbollidir va zamonaviy qurilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |