248
Qurshab turuvchi quvur 1 m balandlikkacha beton aralashmasi bilan
to‘lgandan so‘ng bu quvur ko‘tarila boshlaydi, bunda boshmoq unga bosim berib
turgan beton aralashmasi ta’sirida sirg‘alib tushadi, bu qorishma quduqni to‘ldira
boshlaydi. Bunda qurshab turuvchi
quvur bilan biriktirilgan, karrali ta’sir
ko‘rsatvchi to‘qmoq yuqoriga va pastga navbati bilan yo‘nalgan tez-tez juft
zarbalar beradi. Yuqoriga yo‘naltirilgan zarbalardan 1min ichida quvur gruntdan
4…5
sm chiqariladi, pastki yo‘naltirilgan zarbalardan esa quvur 2…3sm ga
botiriladi. Xususiy massasi ta’sirida quduqka kelib tushayotgan beton
aralashmasini qurshab turuvchi quvur pastki chetining zarbalari hisobiga va
to‘qmoqning vibratsion ta’siri natijasida quvur devorlariga betonning ishqalanishi
hisobiga
amalga oshiriladi, shu munosabat bilan barcha beton aralashma doimiy
ravishda vibratsiyada bo‘ladi va natijada quduqning pastki qismidagi grunt
zichlanadi, beton aralashmasining bir qismi quduq devorlariga presslanib, ularning
mustahkamligini ortiradi.
6.23 rasm. Viboshibbalangan qoziqlarni qurishning texnologik sxemasi.
a-
quduqni hosil qilish; b- beton aralashmasining birinchi portsiyasini joylashtirish; v-
vibrotushirgich bilan bikr biriktirilgan shibbalovchi shtanga bilan beton aralashmasini zichlash;
g- beton aralashmasining keyingi qatlamlarini joylashtirish va zichlash;
d- qurshab turuvchi
quvurni tortib olish va qoziq bosh qismiga armaturali karkasni o‘rnatish.
249
6.24 rasm. Zich shibbalangan qoziqlarni qurishning texnologik sxemasi:
a – qurshab turuvchi quvurni tushirish; b – armatura karkasini o‘rnatish; v – quvur
bo‘shlig‘iga beton aralashmasini uzatish; g– qurshab turuvchi quvurni chiqarish bilan bir vaqtda
beton
aralashmasini zichlash; 1– qurshab turuvchi quvur; 2– koper; 3– ikki xarakatli ta’sir
etuvchi to‘qmoq; 4– armatura karkasi; 5– beton aralashmali qovg‘a (bad’ya); 6– kabul qiluvchi
voronka; 7– cho‘yan boshmoq.
Qurshab turuvchi quvurda betonni bunday shibbalash quvurni gruntdan
to‘liq tortib olinguncha davom ettiriladi. Zarur bo‘lganda chiqarilayotgan qurshab
turuvchi quvurga tashqi
vibratorlar mahkamlanadi, ular betonning yuqori
qatlamlarini sifatli zichlantirish imkonini beradi. Zich shibbalangan qoziqlarni
armaturalangan qilib tayyorlash mumkin. Armaturalash hisoblashlar bo‘yicha
amalga
oshiriladi, ammo ko‘pchilik holatlarda armaturali karkasdan monolit
rostverkni armatura bilan biriktirish uchun qoziqning faqat yuqori qismida
foydalaniladi. Agar armaturalash qoziqning butun balandligi bo‘yicha ko‘zda
tutilgan bo‘lsa, u holda armaturali karkasni qurshab turuvchi quvurga betonlashni
boshlamasdan oldin tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: