O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Pnevmozichlashtirilgan qoziqlar
. Qoziqlar filtratsiya koeffitsienti katta 
bo‘lgan suvga to‘yingan gruntlarda poydevorlar qurishda qo‘llaniladi. Beton 
aralashmasini qurshab turuvchi quvur bo‘shlig‘iga joylashtirish havoning yuqori 
bosimida (0,25...0,3 MPa) kompressorning resiveri orqali amalga oshiriladi. Beton 
aralashmasini uzatish uchun qo‘llaniladigan va pnevmatik haydash o‘rnatmasi 
printsipi bo‘yicha harakatlanadigan (ishlaydigan) maxsus qurilma - shlyuzli 
kamera orqali katta bo‘lmagan hajmlarda qismlab (portsiyalarda) uzatiladi. Shlyuz 
kamerasi maxsus klapanlar bilan yopiladi. Kameraga beton aralashmasini uzatish 
yopiq holatdagi pastki klapan va ochiq holatdagi yuqori klapan orqali amalga 
oshiriladi; kamera beton aralashmasi bilan to‘ldirilganda yuqori klapan yopiladi
pastkisi esa ochiladi, aralashma quduqka siqib chiqariladi. 
Istalgan turdagi to‘ldiriladigan qoziqlarni tanaffuslarsiz betonlash taqozo 
etiladi. Qoziqlar biri ikkinchisidan 1,5 m masofada joylashganda hozir yangi 
betonlangan qoziqqa zarar yetkazmaslik uchun ular oralatib betonlanadi. 
Qoldirilgan quduqlar beton quyuvchi qurilmaning ikkinchi o‘tishida, avval 
betonlangan qoziqlar yetarli mustahkamlikka va ko‘tarish qobiliyatiga erishgandan 


245 
so‘ng betonlanadi. Ishlarning bunday ketma-ketligi tayyor quduqlarni ham, yangi 
betonlangan qoziqlarni ham shikastlanishlardan saqlashni nazarda tutadi.
Burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlar bir qator kamchiliklarga ega, shu sababli 
ularning yanada keng qo‘llanilishi chegaralanadi. Bunday kamchiliklarga o‘ncha 
katta bo‘lmagan ko‘tarish qobiliyati, yuqori mehnat sarfi, noturg‘un gruntlarda 
quduqlarni mahkamlash zarurligi, suvga tuyingan gruntlarda qoziqlarni betonlash 
murakkabligi va bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish kiyinligini kiritish mumkin. 
Bosilib zichlashtirilgan quduqlarda qoziqlar qurish quruq gruntlarda 
yetarlicha samaralidir. Bunday qoziqlarni qurishda gruntda zichlashtirilgan zona 
yaratiladi, gruntning mustahkamligi oshadi va uning deformativligi pasayadi. 
Zichlashtirilgan quduqlarda to‘ldiriladigan qoziqlarni qurish gruntni sirtga olib 
chiqmasdan bosib zichlash usuli bilan amalga oshiriladi. 
Ishlarning mazkur texnologiyasi cho‘yan konusni yuqoridan ko‘p karra 
tashlab yuborish yo‘li bilan quduq hosil qilishga asoslanib, natijada teshilib quduq 
hosil bo‘ladi. Keyin quduq portsiyalab beton aralashmasi, shag‘al yoki qum bilan 
to‘ldiriladi va qoziq asosida kengaygan qism hosil bo‘lgunga qadar zichlashtiriladi. 
Yuqori qismida beton aralashmasini joylashtirishda u vibratsiya yo‘li bilan 
zichlanadi. Bu usulning juda ko‘p ko‘rinishlari ishlab chiqilgan. Gruntda uni 
kovlamasdan quduqlar va bo‘shliqlarni hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi: 
o‘zaklar va qurshab turuvchi quvurlarni to‘qmoqlar yordamida urib, 
vibrotushirgichlar va vibroto‘qmoqlar bilan bosish yo‘li bilan; snaryadlar bilan urib 
va shibbalash orqali teshish; pnevmoteshgichlar bilan, gidravlik zichlashtirgichlar 
bilan kengaytirish orqali, vintli qurilmalar yordamida bosish bilan. 
Zarba-arqonli burg‘ilashdan foydalanib 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish