“
Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv xaqida gapirganimizda eng
avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda
tutamiz. 1997 yil 2 martda O‘zbeksiton BMT ga azo bo‘lganiga 5 yil to‘ldi. Biz
o‘zimizning bunday obro‘li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy
Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni taminlashning keskin
muammolariga jahon hamjamiyatchiligi etiborini qaratish imkoniyati deb
bilamiz. Hozirgi paytda umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo‘lgan
xalqaro tashkilotlar g‘oyat xilma-xil bo‘lishiga qaramay faqat BMT gina
xavfsizlikni saqlash va taminlashga xizmat qiladigan oldini olishga qaratilgan
diplomatiyadan tortib va tinchlik o‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda
qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ega
”.
ikkinchi jahon urushi
nixoyasiga yetib qolganida bir qptor davlatlar tomonidan yer yuzida mustahkam
va uzoq muddatga mo‘ljallangan tinchlikni taminlashga qaratilgan nufuzli xalqaro
tashkilotni yuzaga keltirish g‘oyasi ilgari surildi. 1944 yilning avgust-sentyabr
oylarida AQSh ning Dumberton-Oks sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh va Buyuk
Britaniya vakillari ishtirokida o‘tkazilgan konferensiyada bo‘lajak tashkilot
Nizomining dastlabki loyihasi qabul qilindi. 1945 yilning aprel-iyun oylarida esa
San-Fransiskoda BMT Nizomining yakuniy matni ishlab chiqilib, unga mazkur
tashkilotning 51 ta dastlabki azolari 1945 yil 26 iyunida imzo chekdi. 1945 yil 24
oktyabr-BMT Nizomi kuchga kirgan kun hisoblanib, u ham jahon hamjamiyati
tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni sifatida keng nishonlanlanadi.
Yer yuzida xalqaro tinchlik va xavfsizlikning birgalikdagi choralarini
taminlash, xalqlarning teng huquqligini va o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipini
hurmat qilish, barcha millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish,
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va inson huquqlari bilan bog‘liq xalqaro
muammolarni hal etish BMT ning bosh maqsadidir. O‘tgan yillardagi faoliyat
mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoning eng yirik tashkilotiga
aylanib, 1993 yilga kelib u o‘z safida jahonning 184 davlatini birlashtirdi. U
o‘zining yarim asrli tarixi asosida xalqaro ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlikning
qator muammolarini hal etishga salmoqli hissa qo‘shdi. BMT yer kurrasining turli
mintaqalarida tinchlik o‘rnatish, harbiy mojarolarning oldini olish,
rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlardan
shikast topgan davlatlarga yordam qo‘lini cho‘zish jahon madaniyatini
rivojlantirish kabi xayrli ishlarda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda ushbu
tashkilotning 6 ta bosh organ: Bosh Asammbleya, Xavfsizlik Kengashi, Ijtimoiy
va iqtisodiy kengash, Vasiylik kengashi, Kotibiyat, 16 ta ixtisoslashgan
muassasalarini: Xalqaro mehnat, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Tiklanish va
rivojlanish xalqaro banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Xalqaro moliyaviy
korporatsiya, Xalqaro rivojlanish uyushmasi oziq-ovat va qishloq xo‘jaligi,
Fuqarolik aviatsiyasi, Xalqaro dengiz bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro pochta
uyushmasi, Elektr aloqasi uyushmasi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro
qishloq xo‘jaligi rivojlantirish jamg‘armasi, Sanoat rivoji, Maorif, fan va
madaniyat masalalari, Jahon aqliy mulk tashkilotlari ham ayni shu maqsadda ish
olib bormoqdalar. Xalqaro huquqning ijodkorlari sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkiloti jahon xalqlari taqdiriga oid bir qator hujjatlar ishlab chiqdi. Bu
tashkilot dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan ko‘pgina tabirlarning ham
tashabbuskori hisoblanadi. Jumladan, Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni
taminlashning muhim omili-qurolsizlanish masalasiga Birlashgan Millatlar
Tashkiloti o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridayoq katta ahamiyat berdi. BMT
Bosh Assambleyasining 1978, 1982, 1988 yillaridagi uchta maxsus sessiyasi
ushbu masalalarga bag‘ishlangan. 1977 yilda o‘tkazilgan 31-sessiyasida esa tabiiy
muhitga nisbatan harbiy va har qaday tajovuzkor vositalardan foydalanishini
ta'qiqlash xaqidagi konvensiya qabul qilishi Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi
bir qator davlatlarda mustamlakachilikdan ozod bo‘lish jarayonlarini tezlashtirib
yuboradi.
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng
huquqlik, demokratik prinsiplarga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash,
Respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta'sir qilish kabilar tashkil
etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e'tirof
etgan ochiq yakdillik talablarga asoslanadi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro
munosabatlarning to‘la huquqli sub'ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a'zo bo‘lib, dunyo miqiyosida tan olindi. Bu voqyea respublikaning mustaqilgida
muxim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT
vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib
saylandi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a'zosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga
kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global
muammolarga jahon miqiyosida e'tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi
siyosati tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma'ruzasida
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro
tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqiyosidagi adolatparvar siyosatidan darak
berdi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu ma'ruzasida bir qator aniq takliflarni
bildirdi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha
BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida
yuzaga kelayotgan mojoralarni tahlil qilish, va istiqbolni belgilash bo‘yicha
maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e'lon qilish, bu
mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni taqiqlash bo‘yicha
xalqaro nazorat o‘rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda
kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini
hal qilish masalasi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil BMTning ellik yilligi
munosabati bilan Bosh Assambleyasining maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zlagan
nutqida ham asosiy e'tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan
bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstrimizm, terrorizm,
narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. birinchi Prezidentimiz
muayyan “olovli nutiqlar”, deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat
qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi
va O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta'minlash bo‘yicha
kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilish, yadro sinovlarni butunlay to‘xtatish
xaqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari tmonidan Orol dengizi qurishi bilan
bog‘liq bo‘lgan global muammoni ko‘tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb
etdi. Birinchi Prezident I.A.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq
ekologik fojea, butun yer yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million
kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta'sir ko‘rsatuvchi
global muammo” ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik
faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi.
Bunday muammolar birinchi Prezidentizning fundamental asari “O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari” kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda
dunyoda barqarorlik va jug‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan
sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo‘lishi asoslab o‘tildi.
O‘zbekiston birinchi rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro
miqyosda manfaatli bo‘lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentyabrda Toshkent BMTning
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-
kengash ish boshladi. Dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda
O‘zbekiston rahbarining so‘zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi.
I.A.Karimov bu uchrashuvning “Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik” shiori ostida
o‘tayotganini mamuniyat bilan izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarorlikni
ta'minlashda muhim yo‘l bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatib berdi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni,
aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga
sir emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbarining tashqi siyosatda mintaqaviy
barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‘pgina
davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh
Assambleyasining sessiyalarida, yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkildoti
sammitidagi
yig‘ilishlarda O‘zbekiston Prezidentining kiritgan aniq
tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan taklif BMT
boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi (O‘zbekiston,
XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan
front va “Tolibon” harakati”) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda
o‘tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqyea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning
o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni “Afg‘onistondagi
mojaralarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi tarixiy
hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur
anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa'y-harakatlari natijasi edi.
O‘zbekiston BMT ning 15 ixtisoslashgan tashkilotdan biri – YuNeSKO ga
1993-yilning 29-oktyabrida a'zo bo‘ldi. YuNeSKO
1946-yilning
20-
noyabridan buyon ta'lim, fan va madaniyat sohalarida xalqlarning hamkorligini
rivojlantirish yo‘li bilan adolatni, qonuniylikni inson huquqlari va erkinliklarini
ta'minlashga intilib keladi. Bu obro‘li xalqaro tashkilot o‘zbek xalqining jahon
madaniyati xazinasiga qo‘shgan hissasini inobatga olib, Abu Rayhon Beruniy, Ibn
Sino kabi buyuk mutaffakur bobolarimiz tavalludining 1000 yilligini, Samarqand
shahrining 2500 yilligini, Toshkent shahrining 2000 yilligini nishonlashga bosh-
qosh bo‘lgan. Biroq O‘zbekiston bilan YuNeSKO o‘rtasida aloqalar
mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng yangi, yuksak bosqichga ko‘tarildi.
Buyuk munajjim va davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning 600 yillik
tavallud sanasi mamlakatimizdagina emas, balki dunyo miqiyosida nishonlandi.
YuNeSKO bosh direktori Federiko Mayor mamlakatimizga tashrifi chog‘ida
O‘zbekistonning tashkilot doirasiga bag‘ishlangan faoliyatini, yurtimizda milliy
madaniyat, san'atni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni yukori
baholadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi bilan YuNeSKO o‘rtasida
imzolangan o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandum mhim ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Yuqori darajadagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishda tashkilotga a'zo
mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvlari asosiy o‘rin tutadi .
Ilk sammit 1990-yili Parijda o‘tkazilib, yangi yevropa uchun Parij Xartiyasi
imzolangan. YeXHT tarkibida bir necha tuzilmalar tashkil etilgan edi. 1992-yili
Xelsinkidagi ikkinchi oliy darajadagi uchrashuvda “o‘zgarishlar chaqiriqlar”
degan umumiy nom olgan hujjatlar qabul qilinib, YEXHT ning kam sonli
millatlar bo‘yicha Oliy Komissari lavozimi ta'sis etildi. Ahamiyatli tomoni
shundaki, mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston bu sammitda tashkilotning
teng huquqli a'zosi sifatida ishtirok etdi.
Uchinchi sammit 1994-yili Budapeshtda bo‘lib o‘tdi.
1996-yilgi
Lissabon
uchrashuvida
xavfsizlik
va
barqarorlikni
mustahkamlashda yeXHT ning ahamiyatini oshirish masalasi chuqur tahlil etilib,
yevropada Xavfsizlik Xaritiyasi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari surildi. 1999-yil 18-19
noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan YEXHT
sammiti
kun tartibidagi asosiy masala – yevropa Xavfsizlik Xaritiyasi bo‘ldi. O‘zbekiston
yeXHT ga a'zo bo‘lgan paytdanoq , tashkilotning tamoyillari asosidagi muayyan
maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida sobit – qadamlik bilan ish yuritmoqda.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uning jahon hamjamiyati saflariga
kirib borishi, jumladan BMT ning turli tizimlari bilan mustahkam aloqalarni
yo‘lga qo‘yishga zamin yaratdi. Biz bunga (YuNIDO) ning sanoat taraqqiyoti
dasturlari bo‘yicha direktor Juliyan Uosti bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida yana
bir karra ishonch hosil qildik. YuNIDO – ayniqsa iqtisodiyotning o‘tish davrida,
jumladan O‘zbekistonga o‘xshagan davlatlarga saoatni rivojlantirishga yordam
beruvchi tashkilotdir, - deydi J. Uost, - Dahlsizlikka rioya qilgan holda YuNIDO
asosan hamkorlik tamoyillariga asoslanadi
O‘zbekiston BMT ning xalqaro tashkilotlarida faol qatnashmoqda,
O‘zbekistonning tinchliksevar ichki va tashqi siyosati, unda yashovchi
xalqlarning tinch-totuvligi, barqarorlik, yaqin va uzoq qo‘shni davlatlar bilan
do‘stlik va hamkorlik aloqalari BMT rahbariyatining e'tiborini o‘ziga
tortmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan, BMTning
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh
Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona
foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda
tinchlikka erishishning ma’rifiy yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |