fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzand porlaydi, cho'g'dek
yonib turadi. Ha, Anvar Obidjonning she’rlari yosh kitobxonni ana shu
cho'g'dek porlab turishiga barakali hissa qo'shmoqda.
Anvar Obidjonning o'nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar
qo'lidan tushmay kelayotir.
HAMZA IMONBERDIYEV
(1954-1997)
—
Shalpangquloq, hoy, filcha,
Javob bergil so'roqqa.
Suv to ‘la xartuming-la
Ketayapsan qayoqqa?
—
E, do ‘stim, bu sayyohlar
Rosa tegdilar jonga.
Ermakka gubcan yoqib,
Xavf solishar o‘monga.
Shunga bo'lib ko‘z-quloq,
Yuribman kun kechirib.
Ular yoqib ketishgan
Gulxanlami o'chirib...
Bu ajoyib misralar, ta’sirli, ma’no va mazmunga boy, badiiy jihatdan
yuksak darajadagi she’r iste’dodli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev
qalamiga mansub. U 1954 yilda Qozog'iston Respublikasi Chimkent
viloyatining Suzoq qishlog'ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya
fakultetida Abdusaid Ko'chimov, Abdug'affor Hotamov kabi yozuvchilar;
Shuhrat Jabborov, Hamid Habibullayev kabi taniqli jumalistlar bilan
birin-ketin o'qidi. Talabalik yillarida yuqoridagi ijodkor do'stlari bilan O'tkir
Rashid rahbarlik qilayotgan fakultet «Chashma» to'garagida, universitet
«Ma’rifat yo'lida» gazetasida she’riy mashqlarini tobladi.
Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo'lajakbolalar shoiri
H. Imonberdiyev o'z mehnat faoliyatini «Tong yulduzi» gazetasida boshladi.
Umrining so'nggi o'n yilini esa «Cho'lpon» nashriyotida kichkintoylar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |