114
qo‘yiladi. So‘ngra D.t.d.N. yozilib,
sochmaning soni belgilanadi, so‘ngra S.
yoziladi.
Misol:
td = 0,3 g bo‘lgan barbital natriyning 10
ta sochmasiga retsept
yozilsin. 1 ta sochmadan uxlashdan 30 daqiqa oldin ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Barbitali natrii 0,3
D.t.d.N. 10
S. 1 sochmadan uxlashdan 30 daqiqa oldin ichish uchun
Taqsimlangan sochmaning og‘irligi 0,1 grammdan 1,0
grammgacha
(o‘rtacha 0,3-0,6 g) bo‘ladi. Agar dori moddasining dozasi 0,1 grammdan kam
bo‘lsa, u holda uning o‘rtacha og‘irligiga
etguncha miqdorda
constituens
qo‘shiladi. Sochmalar uchun konstituens sifatida shakar –
saccharum
hamda
choy sodasi
natrii bicarbonas
yoki
natrii hydrocarbonas
ishlatiladi.
Misol:
td=0,025 g bo‘lgan kodein fosfatning 12 ta sochmasiga choy sodasi
qo‘shilgan holda retsept yozilsin. 1 ta sochmadan kuniga 3 mahal ichish uchun
tavsiya qilinsin.
Rp.: Codeini phosphatis 0,025
Do'stlaringiz bilan baham: