O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Chizma 14.1 yallig`lanishga qarshi vositalarning prostoglandinlar biosinteziga ta`siri



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Chizma 14.1
yallig`lanishga qarshi vositalarning prostoglandinlar biosinteziga ta`siri
 
SOG-2 ingibitorlarini yaratish eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chuki ular 
yallig‘lanishni bartaraf etish bilan bir qatorda fiziologik (yallig‘lanish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan) ahamiyatga ega bo‘lgan prostanoidlar biosintezini susaytirish bilan 
bog‘liq ko‘pgina noxush ta’sirlarni rivojlanish xaf-xatarini kamaytiradi. Dastlabki 
SOG-2 ni tanlab susaytiruvchilar yaratilgan va klinik sinovlardan o‘tdilar, shu 


- 726 -
sababli nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalarni 
quyidagicha tasnifi maqsadga muofiqdir.(chizma 26.3) 
I. Siklooksigenaza-1 va 2 (SOG-1+SOG-2) tanlamay ta`sir qiluvchi 
ingibitorlari
Salitsil (orto-oksibenzoy) kislota unumlari 
Atsetilsalitsil kislota

1
cyclooxygenase inglizcha adabiyotdan olingan ko`rinishi 
Siklooksigenaza (SOG) ingibitorlari. 
2
ammo SOG-2 yallig‘lanish bo‘lmasa ham MNS, buyraklar, suyaklar, reproduktiv a’zolarda, ba’zi o‘simtalarda hosil bo‘ladi. 
3
atsetilsalitsilat kislota kichik dozalarda tanlab siklooksigenaza-1 ni ingibirlaydi ( bu dozada dori vosita antiagregant ta’sir 
ko‘rsatadi
Antranil (orto-aminobenzoy ) kislota unumlari 
Mefenam kislota 
Flufenam kislota 
Indolsirka kislota unumlari 
Indometatsin 
Fenilsirka kislotasining unumlari 
Diklofenak-Na 
Fenilpropion kislotasining unumlari 
Ibuprofen 
Naftilpropion kislotasining unumlari 
Naproksen 
Oksikamlar 
Piroksikam Lornoksikam 
II. 
Siklooksigenaza- (SOG-2) ni tanlab ingibirlovchi vositalar 
Selekoksib 
Ko‘pgina nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar yallig‘lanishni 
susaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu dori 
vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi, yuqorida qayd etilganidek, 
siklik endoperoksid sintezi uchun zarur bo‘lgan siklooksigenaza fermenti faolligini 


- 727 -
susaytirish bilan bog‘liqdir. Shu sababli prostanoid ishlab chiqarishi kamayadi. 
(26.1-chizmaga qarang). Bu yallig‘lanishning giperimiya, shish, og‘riq kabi 
belgilarini kamaytiradi. 
Bu guruh moddalarning analgetik ta’sir mexanizmi ham prostaglandinlar 
sinteziga ta’siri tufaylidir (SOG faolligini susaytirishi tufayli). Ma’lumki 
prostaglandinlar giperalgeziyani rivojlantiradilar,chunki ular notsitseptorlarni 
kimyoviy va mexanik ta’sirotlarga sezgirligini oshiradilar. Shuning uchun 
prostaglandinlar (PGE
2
, PGF

, PGl
2
) sintezini kamaytirib giperalgeziya 
rivojlanishini oldini oladi. Og‘riq chaqiruvchi ta’sirlarga sezish bo‘sag‘asi ortib 
ketadi. 
Shu kabi dori vositalarning analgetik ta’siri odatda yallig‘lanish

rivojlanganda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda yallig‘lanish 
markazida prostaglandinlar va yallig‘lanishning boshqa mediatorlarini ajralishi va 
o‘zaro ta’sirlari yuzaga keladi. Yuqorida qayd etilganidek prostaglandinlar 
giperalgeziyani rivojlantiradilar va uning fonida bradikinin, gistamin va 
yallig‘lanishning boshqa notsitseptorlarini qo‘zg‘atish faolligiga ega bo‘lgan 
mediatorlariga og‘riq sezish salmoqli darajada kuchaydi ( mexanik ta’sirotlarga 
ham). Shu sababli prostaglandinlar sintezini susayishi og‘riqni bartaraf etilishiga 
olib keladi, bu yallig‘lanish rivojlanganda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. 
Moddalarni yallig‘lanishga qarshi xossalarining og‘riqni kamaytirishidagi 
ahamiyati mexanik omillar bilan ham bog‘liq. SHishni, to‘qimalar infiltratsiyasini 
kamayishi bilan retseptorlarga bo‘layotgan bosim kamayadi va bu og‘riq sezishni 
kamayishiga olib keladi. Bu guruh dori vositalarining og‘riq sizlantiruvchi ta’sirida 
markaziy omilni yo‘q deb bo‘lmaydi. Bunday fikr paratsetamol misolida 
o‘ztasdig‘ini topgan. Uning periferik (yallig‘lanishga qarshi) ta’siri amaliy jihatdan 
bo‘lmay, og‘riqsizlantirish xossasi yorqin ifodalangan. 
1
Geteroarilsirka kislotasining unumi bo‘lgan
.
Ketorolak alohida o‘rinolgan. Periferik SOG ni ingibitorlari ichida u 
og‘riqsizlantirish vositasi sifatida eng samarador. Bu asnoda ularni opiod 


- 728 -
analgetiklar bilan qiyoslash mumkin, ammo uni yallig‘lanishga qarshi ta’siri 
kuchsiz darajada. Isitma tushirish va antiagregant ta’sirga ega. Enteral 
qo‘llanganda biologik o‘zlashtirish darajasi 80-100%. Operatsiyadan keyingi 
davrda, o‘smalarda, travmalar, tug‘ish jarayonida, buyrak kolikalarida og‘riq 
qoldirish uchun qo‘llaniladi. Ichiladi va mushaklarga kiritiladi. Ta’sir davomiyligi 
4-6 soat. Davomli qo‘llanilganda buyrak va me’da-ichak traktiga (shilliq 
qavatlarda yaralar paydo bo‘ladi) salbiy (jarohatlovchi) ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
sababli yevropaning qator davlatlarida ushbu dori vositani qo‘llash to‘xtatilgan. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish