- 587 -
3.
Bachadon bo‘yni tonusini susaytiruvchi vositalar:
Atropin sulfat, dinoprost,
dinoproston.
Asosan bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi vositalari:
Oksitotsin
– gipofizning orqa bo‘lagi gormoni–oktapetid. Miometriyni
ritmik qisqarish kuchini oshiradi (to‘lg‘oq chaqiradi). Homiladorlikda bachadon
unga ta’sirchan bo‘ladi. Oksitotsinning ta’siri homiladorlik davomligi oshgan
sari ortadi va tug‘ish davrida eng yuqori bo‘ladi. Oksitotsin ta’sirida bachadoni
qisqarish kuchi va qisqarish soni ortadi. Oksitotsinning katta dozalari bachadon
tonusini ham oshiradi. Bir vaqtning o‘zida sut bezlarining sekretsiyasi va sut
ajralishi ham ortadi. Oksitotsin tomirga
tomchilab, tug‘ish jarayonini qo‘zg‘atish
va uni kuchaytirish (tezlashtirish) uchun, hamda homila tug‘ilgandan keyingi
davrda esa qon ketishini to‘xtatish va bachadon atoniyasini bartaraf etish uchun
qo‘llaniladi.
Dezaminooksitotsin
–
oksitotsinni sintetik dori vositai. Oksitotsinga
nisbatan ta’siri kuchliroq, lekin oksitotsinni parchalovchi fermentlar ta’siriga
chidamli og‘iz bo‘shlg‘idagi shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi,
parchalanmaydi, shuning uchun lunjga quyiladi (transbukalno). Dori vosita qon
bosimiga ta’sir etmaydi. Tuqqan ayollar bachadon invalyusiyasi (ya’ni o‘z
xoliga qaytish) va sut ajralishni kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Pitiutrin
– oksitotsin va vazopressin aralashmasi (antiidiuretik gormon)
Oksitotsinga nisbatan kamroq tanlab ta’sir etadi, qon bosimi ko‘taradi.
Gifototsin
– gipofizning
orqa qismidan ajratilib, tozalangan dori vosita,
asosan oksitotsindan iborat, vazopressin kamroq. Oksitotsin kabi qo‘llaniladi.
Dinoprost
–
PGF
2α
Akusherlik
amaliyotida
qo‘llaniladigan
prostaglandinlarning asosiy namoyondasi. Miometriy hujayralarida joylashgan,
faqat o‘ziga xos bo‘lgan retseptorlarning kuchli qo‘zg‘atish xossasiga ega.
Dinoprost homilador bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qatiy nazar bachadonning
ritmik qisqartirishini
va tonusni oshiradi, hamda bachadonni bo‘ynini
bo‘shashtiradi. Dinoprost bronxlarning silliq mushaklarining qisqarishini ham
- 588 -
oshiradi, ayniqsa bronxial astma xastaligi borlarda. Dori vosita yurakning
sistolik hajmini oshiradi,
taxikardiya chaqiradi, lekin qon bosimini
o‘zgartirmaydi, katta dozalarda qon bosimini oshiradi. O‘pka tomirlarini
terapevtik dozalarida toraytiradi, MIT motorikasini oshiradi.
Tomirlarining
o‘tkazuvchanligini oshiradi, sariq tanani degeneratsiyasiga olib keladi
(lyuteoliz).
Ko‘rsatmalar: homiladorlikni to‘xtatish uchun, tug‘ish jarayonini
qo‘zg‘atish yoki kuchaytirish uchun uchun (tulgok).
Noxush ta’siri: flebit, dispepsiya, gipertermiya, taxikardiya, bronxospazm.
Glaukoma, bachadonda chandiq bo‘lsa,
anatomik va klinik tor
chag‘onoqda, buyrak va jigar xastaligida, yurak tomir yetishmovchiligida
qo‘llash mumkin emas.
Metildinoprost
Do'stlaringiz bilan baham: