Nojo'ya samaralari.
- 554 -
Belgilangan
dozalarga
rioya
qilinganida
preparatning
nojo'ya
ahamiyatsiz.
Ba'zida kuzatiladi:
ko'ngil aynishi, qusish, ta'm bilish tuyg'usini
o'zgarishi, qabziyat. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanganida –
gipofosfatemiya, gipokalsemiya, giperkalsiuriya, osteomalyasiya, osteoparoz,
gipermagniemiya,
giperalyuminiya,
entsefalopatiya,
nefrokal`tsinoz,
buyraklarning faoliyatini buzilishi. Yo'ldosh buyrak yetishmovchiligi bo'lgan
bemorlarda isitma, arterial bosimini pasayishi, giporefleksiya kuzatilishi
mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Maaloks bir vaqtda ichga qabul
qilingan holda turli dori vositalarining so'rilishini kamaytirish mumkin. Shuning
uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida boshqa preparatlarni Maaloksni qabul
qilishda 2 soat oldin yoki undan 2 soatdan keyin qabul qilish tavsiya
etiladi.Maaloksni bir vaqtda boshqa preparatlar bilan birga qabul qilishni barcha
hollarida shifokorni xabardor qilish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientning holatini
qat'iy nazorat qilish kerak, yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya samaralarining birinchi
belgilari paydo bo'lgan hollarda esa, preparatni qo'llash darhol to'xtatilishi kerak.
Bu toifa patsientlarda preparatning yuqori dozalarini qo'llash mumkin emas.
Yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya samaralari paydo bo'lgan hollarda, bu
haqida davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak.
Motilium
Tarkibi
domperidon - 10 mg.
Farmakologik xususiyatlari.
Qusishga qarshi vosita, dofamin retseptorlarini
markaziy blokatori
Farmakodinamikasi:
Domperidon - dofamin antagonisti, metoklopramid va
ayrim neyroleptiklarga o'xshash qusishga qarshi xususiyatlarga ega. Biroq, bu
dori preparatlaridan farqli ravishda, domperidon gematoentsefalik to'siqdan
yomon o'tadi. Domperidonni qo'llash kamdan-kam ekstrapiramid buzilishlar
bilan birga kechadi, ayniqsa kattalarda, lekin domperidon gipofizdan prolaktin
- 555 -
ajralib chiqishini rag'batlantiradi. Uning qusishga qarshi ta'siri, ehtimol, periferik
(gastrokinetik) ta'siri va xemoretseporlarni trigger zonasidagi dofamin
retseptorlariga nisbatan anagonizmini qo'shilishi bilan izohlanadi.Domeridon
ichga qabul qilinganida antral va duodenal qisqarishlar davomiyligini oshiradi,
me'dani bo'shalishini, sog'lom odamlarda suyuq va yarimsuyuq fraktsiyalarni
chiqishini, bu jarayon sekinlashgan bemorlarda esa qattiq fraktsiyalarni
tezlashtiradi, va sog'lom odamlarda qizilo'ngachni pastki qismi sfinkteri
bosimini oshiradi. Domperidon me'da sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi:
Og'iz orqali och qoringa qabul qilinganida domperidon tez
so'riladi, plazmada maksimal kontsentratsiyasi taxminan 30-60 minutda
aniqlanadi. Domperidonni og'iz orqali yuborilgandagi mutlaq biologik
kiraolishligini pastligi (taxminan 15%) uni ichak devori va jigardagi ekstensiv
birlamchi metabolizmi bilan bog'liq.Sog'lom odamlarda ovqatdan keyin qabul
qilinganida domperidonni biologik kiraolishligi oshsa ham, me'da-ichak yo'llari
tomonidan shikoyatlri bo'lgan bemorlar domperidonni ovqatdan 15-30 minut
oldin qabul qilishlari kerak. Me'da shirasi kislotaliligining pastligi
domperidonning so'rilishini pasaytiradi.Preparat ovqatdan keyin qabul
qilinganida maksimal so'rilishiga erishish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi, egri
chiziq (AUC) ostidagi yuza esa biroz oshadi.
Og'iz orqali qabul qilinganida domperidon kumulyatsiya qilmaydi va o'zining
almashinuvini induktsiyalamaydi; yuborilganidan keyin 90 minut o'tgach
plazmadagi 21 ng/ml maksimal kontsentratsiyasi, kuniga 30 mg dan og'iz orqali
ikki hafta davomida qabul qilinganidan keyin, deyarli birinchi doza qabul
qilgandagi kabi bo'lgan (18 ng/ml). Domperidon 91-93% plazma oqsillari bilan
bog'lanadi.Preparat jigarda gidroksillanish va N-dezalkillanish yo'li bilan
metabolizmga uchraydi. Preparatni metabolizmi in vitro diagnostik ingibitorlarni
ishlatib o'rganilganida, domperidonni N-dezalkillanish jarayonida sitoxrom-450
ni asosiy fermenti bo'lgan CYP3A4 ishtirok etishi, CYP3A4, CYP1A2 va
CYP2E1 domperidonni aromatik gidroksillanish jarayonlarida ishtirok etishi
- 556 -
aniqlangan. Siydik va ahlat bilan chiqarilishi peroral dozani mos ravishda 31 va
66% tashkil qiladi. Preparatni o'zgarmagan holda chiqarilishi ko'p bo'lmagan
foizni tashkil qiladi (10% - ahlat bilan, va taxminan 1% - siydik
bilan).Plazmadan yarimchiqarilish davri bir martalik doza qabul qilinganidan
keyin sog'lom odamlarda 7-9 soatni tashkil qiladi, lekin og'ir buyrak
yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda uzaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |