20-§. DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA
UNING SHAKLLANISHI
1.
“Geosiyosat” tushunchasi faniga birinchi marotaba kim tomonidan kiritilgan?
A) S.Xantington B) Rudolf Chellen
C) Fridrix Ratsel D) A.Mexen
2.
“Geosiyosat” fanga oid ilmiy manbalarda fanning “otasi” sifatida kimning nomi qayd
qilinadi?
A) S.Xantington B) Rudolf Chellen
C) Fridrix Ratsel D) A.Mexen
3.
“Geosiyosat” fanining rivojlanishida qaysi fanlarning ahamiyati katta?
1-geografiya; 2-siyosatshunoslik; 3-falsafa; 4-tarix;
5-etnogeografiya,6-demografiya; 7-sotsiologiya
A) 1,2,4,5,7 B) 1,3,4,5,7 C) 2,3,5,6,7 D) 2,4,5,6,7
4.
Geosiyosat fani, asosan, necha xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan?
A) Ikki xil B) Uch xil C) To’rt xil D) Besh xil
5.
Geosiyosat fani asosan qaysi ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan?
1-Evalyutsion; 2-Sivilizatsion, 3-Etnagrafik;
4-Harbiy-strategik, 5-Geografik determinizm
A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 2,4,5
6.
Qaysi yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki
turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fikrni bildiradilar?
A) Harbiy-strategik B) Evalyutsion
C) Sivilizatsion D) Geografik determinizm
7.
Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari bo’lgan Geosiyosatchilarni belgilang?
1-N.Y.Danilevskiy; 2- N.Makiavelli ;
3-K.N.Leontyev; 4- D.A.Milyutin; 5-P.N.Savitskiy; 6- J. Baden;7-L.N.Gumilyov; 8-
AToynbi;
9-A.Mexen; 10-S.Xantington
A) 1,2,5,7,9,10 B) 1,2,3,6,9,10
C) 1,3,5,7,8,10 D) 1,3,4,5,8,10
8.
Qaysi Geosiyosatchi XXI asrning asosiy munozarali to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod
yoki mafkura emas, balki sivilizatsiyalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini
ta’kidlab o‘tadi? A) J. Baden B) S. Xantington
C) AToynbi D) A.Mexen
9.
S.Xantington “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobi qachon chop etilgan?
A) 1995-yil B) 1993-yil C) 1998-yil D) 1992-yil
10.
Qaysi yondashuv tarafdorlari dengizbo‘yi davlatlarining tarixi geografik o‘rni, qirg‘oq
chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos
bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida shakllanadi degan fikrni bildirganlar?
A) Harbiy-strategik B) Evalyutsion
C) Sivilizatsion D) Geografik determinizm
11.
Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari bo’lgan Geosiyosatchilarni aniqlang?
1-N.Makiavelli; 2- S.Xantington; 3-K.fon Klauzes;
4- AToynbi; 5-X.I.Moltke; 6- N.Y.Danilevskiy;
7-A.Mexen; 8-D.A.Milyutin
{ 235 }
A) 1,2,6,7,8 B) 1,4,5,6,8
C) 1,2,5,6,8 D) 1,3,5,7,8
12.
Geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi?
A) Harbiy-strategik B) Evalyutsion
C) Sivilizatsion D) Geografik determinizm
13.
Qaysi g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim,tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda
insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar?
A) Harbiy-strategik B) Evalyutsion
C) Sivilizatsion D) Geografik determinizm
14.
Geografik determinizm haqidaki fikrlar qaysi qadimiy dunyo olimlari tomonidan
shakillantirilgan va keyinchalik unung rivojlanishida qaysi Geosiyosatchilarni xizmatlari
katta bo’lgan?
1-Gerodot; 2-Gippokrat; 3- L.N.Gumilyov ;
4-Polibiy; 5- A.Mexen; 6-Aristotel;
7-J. Baden; 8-Sh.Monteskye;
9- X.I.Moltke; 10-A. fon Gumboldt
A) 1,2,3,5,7,8,10 B) 2,3,4,6,7,9,10
C) 1,2,4,6,7,8,10 D) 2,4,5,6,7,8,10
15.
Vestfal shartnomasi qaysi munosabat bilan imzolangan?
A) Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
B) Birinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
C) O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan
D) Fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada
yuzaga kelgan siyosiy holat munosabati bilan
16.
Vestfal shartnomasi qachon imzolangan?
A) 1642-yil B) 1648-yil C) 1732-yil D) 1742-yil
17.
Vestfal shartnomasi Yevropada qaysi davlatlar jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish
uchun o‘zaro kurashga kirishishiga sababchi bo‘lgan?
1-Ispaniya; 2-Germaniya; 3-Shvetsariya;
4-Portugaliya; 5-Gollandiya ; 6-Italiya; 7-Angliya, 8-Shvetsiya; 9-Finlandiya; 10-Fransiya
A) 2,3,4,6,9,10 B) 2,3,6,7,8,10
C) 1,2,3,6,7,10 D) 1,4,5,7,8,10
18.
Vestfal bosqichi qachongacha davom etgan?
A) XIX asrning boshlarigacha
B) XX asrning boshlarigacha
C) XIX asrning oxirigacha
D) XX asrning oxirigacha
19.
Fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga
kelgan siyosiy holat qaysi geosiyosiy davrning boshlanishiga sababchi bo’lgan?
A) Vena B) Versal C) Vestfal D) Potsdam
20.
Vena geosiyosiy davrida qaysi davlatlarning siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida
dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi vujudga keldi?
1-Rossiya; 2-Yugaslaviya; 3-Avstro-Vengriya;
4-Italiya; 5-Britaniya; 6-AQSH; 7-Germaniya;
8-Fransiya; 9-Portugaliya; 10-Usmoniylar imperiyasi
A) 1,2,3,4,9,10 B) 2,3,4,6,8,10
C) 1,3,5,7,8,10 D) 2,4,5,7,8,9,10
21.
Vena geosiyosiy davrida XIX asr oxirlarida qaysi davlatlarning iqtisodiy jihatdan tez
sur’atlar bilan rivojlanishi ro’y berdi?
A) Fransiya va Italiya B) AQSH va Germaniya
C) Rossiya va Britaniya D) Portugaliya va Ispaniya
22.
Vena geosiyosiy davrida qaysi davlatlarni siyosiy jihatdan birlashuvi natijasida Uchlar
ittifoqi yuzaga keldi?
{ 236 }
A) Fransiya, Angliya, Rossiya
B) Portugaliya, Italiya va Fransiya
C) Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiya
D) Angliya, Shvetsiya va Germaniya
23.
Vena geosiyosiy davrida qaysi davlatlar Antanta ittifoqiga birlashdi?
A) Fransiya, Angliya, Rossiya
B) Portugaliya, Italiya va Fransiya
C) Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiya
D) Angliya, Shvetsiya va Germaniya
24.
Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi qaysi davrning
muhim geosiyosiy voqeliklaridan hisoblanadi?
A) Vena B) Versal C) Vestfal D) Potsdam
25.
Versal shartnomasi qachon imzolandi?
A) 1919-yil 28-iyun kuni
B) 1917-yil 25-iyun kuni
C) 1920-yil 28-iyun kuni
D) 1919-yil 25-iyun kuni
26.
Versal shartnomasi qayerda imzolandi?
A) Italiyaning Versal shahrida
B) Fransiyaning Versal shahrida
C) Germaniyaning Versal shahrida
D) Portugaliyaning Versal shahrida
27.
Versal shartnomasiga ko‘ra qaysi davlat kontinental qudratli imperiyaga aylandi?
A) Rossiya B) Angliya C) Fransiya D) Germaniya
28.
Versal shartnomasiga ko’ra dengizdagi qudratli imperiyalarga aylandi? Angliya
A) Rossiya B) Angliya C) Fransiya D) AQSH
29.
Versal geosiyosiy davrida qaysi davlatlar inqirozga uchrashdi?
1-Germaniya; 2-Ispaniya; 3-Avstro-Vengriya;
4-Xorvatiya; 5-Rossiya; 6-Italiya;
7-Turk imperiyalari
A) 1,2,3,5, B) 2,4,6,7 C) 1,3,5,7 D) 2,3,6,7
30.
Versal geosiyosiy davrida qachondan boshlab jahonda ilk sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan
respublikalar ittifoqi paydo bo‘ldi?
A) 1917-yil oktabridan B) 1919-yil oktabridan
C) 1910-yil oktabridan D) 1920-yil oktabridan
31.
Versal geosiyosiy davrida jahon davlatlari orasida qaysi davlat siyosiy va iqtisodiy mavqeyi
kuchaydi?
A) Rossiya B) Angliya C) Fransiya D) AQSH
32.
1939-yilda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi qaysi geosiyosiy davrga xos asosiy
tarixiy voqeylik hisoblanadi?
A) Vena B) Versal C) Vestfal D) Potsdam
33.
Potsdam shartnomasi nima bilan imzolandi?
A) Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
B) Birinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
C) O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan
D) Fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada
yuzaga kelgan siyosiy holat munosabati bilan
34.
Potsdam shartnomasi qachon imzolandi?
A) 1944-yil B) 1945-yil C) 1946-yil D) 1947-yil
35.
Potsdam shartnomasi qayerda imzolandi?
A) Fransiyaning Potsdam shahrida
B) Italiyaning Potsdam shahrida
C) Shvetsiyaning Potsdam shahrida
{ 237 }
D) Germaniyaning Potsdam shahrida
36.
Potsdam geosiyosiy davrdagi asosiy siyosiy jarayonlarni aniqlang?
1-Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga kelishi;
2-Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi
3-Fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada
yuzaga kelgan siyosiy holat
4-Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlari kontinental;
5-AQSH va uning tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi;
6- Uchlar ittifoqi yuzaga keldi
7-Ikki qudratli blok o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfi ning yuzaga kelishi
A) 1,2,3,7 B) 1,3,4,6 C) 1,3,5,6 D) 1,4,5,7
37.
Eng so‘nggi geosiyosiy bosqichni aniqlang?
A) Belovej B) Versal C) Vestfal D) Potsdam
38.
Belovej shartnomasi qaysi munosabat bilan imzolandi?
A) Yugaslaviya davlati rasman tugatilishi munosabati bilan
B) SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan
C) Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
D) Birinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan
39.
Belovej shartnomasi qayerda imzolandi?
A) Ukrainadagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida
B) Shvetsiyadagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida
C) Bolgariyadagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida
D) Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida
40.
Belovej shartnomasi qachon imzolandi?
A) 1994-yil 10-dekabr kuni
B) 1991-yil 8-dekabr kuni
C) 1993-yil 10-dekabr kuni
D) 1990-yil 8-dekabr kuni
41.
Belovej geosiyosiy xos bo’lgan o’zgarishlarni aniqlang?
1-SSSR davlati o‘rnida 12 ta mustaqil davlatning yuzaga kelishi va ularning MDH tarkibida
birlashuvi;
2- AQSH va uning tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi;
3-Jahonda sotsialistik tuzumning yemirilishi;
4- Ikki qudratli blok o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfi ning yuzaga kelishi
5-Yevropaning bir qator davlatlarida (GFR,Yugoslaviya, Chexoslavakiya) yuz bergan
siyosiy o‘zgarishlar; NATO harbiy bloki mavqeyining kuchayishi
A) 1,4,5 B) 1,2,4 C) 1,3,5 D) 1,3,4
21-§. JAHONDAGI ZAMONAVIY GEOSIYOSIY
VAZIYAT. DAVLATLARNING INTEGRATSION
UYUSHMALARI
1.
Jahon siyosiy sahnasidan kontinental davlatlar qudratini namoyon etuvchi qaysi davlatni
parchalanib ketishi ko‘plab siyosiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi?
A) Yugoslaviya B) Sobiq Ittifoq
C) Avstro – Vengrya D) Chexoslovakiya
2.
Qaysi qit’a jahon mintaqalari orasida eng ko‘p turli siyosiy jarayonlar va o‘zgarishlarni
boshidan kechirgan mintaqa hisoblanadi?
A) Osiyo B) Afrika C) Amerika D) Yevropa
{ 238 }
3.
Potsdam shartnomasi urushdan keyingi davrlarda Yevropani qaysi subregionining AQSH,
Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari yordamida siyosiy jihatdan yuksalishi, kapitalistik
munosabatlarga asoslangan iqtisodning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi?
A) Sharqiy Yevropa B) Janubiy Yevropa
C) G’arbiy Yevropa D) Markaziy Yevropa
4.
Sharqiy Yevropa hududida sotsialistik tuzum yemirilgach, undagi davlatlarni o‘z
geosiyosiy nazoratida ushlash maqsadida 2004–2013 yillar oralig‘ida subregionning
nechta ta davlati Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi?
A) 8 ta B) 11 ta C) 14 ta D) 9 ta
5.
Yevropa davlatlari iqtisodiyotida qachon moliyaviy iqtisodiy inqiroz yuz bergan?
A) 2008-yil B) 2010-yil C) 2004-yil D) 2006-yil
6.
Yevropa davlatlari iqtisodiyotida yuz bergan moliyaviy iqtisodiy inqirozning salbiy
oqibatlari hali ham sezilib turgan davrda qaysi mintaqa davlatlarida yuz berayotgan turli
siyosiy notinchliklar natijasida mintaqa hududiga katta miqdorda migrantlarning kirib
kelishi bir qator siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi
bo‘lmoqda?
A) Afrika va Uzoq Sharq davlatlarida
B) Afrika va Yaqin Sharq davlatlarida
C) Avstraliya va Uzoq Sharq davlatlarida
D) Avstraliya va Yaqin Sharq davlatlarida
7.
Nechanchi yilda Angliyaning Amerikadagi 13 ta mustamlakasi o‘z siyosiy mustaqilligini
e’lon qildi? A) 1774-yil B) 1776-yil
C) 1775-yil D) 1775-yil
8.
Zamonaviy AQSH hududining qaysi qismlarini egallagan 13 ta shtat keyingi davrlarda o‘z
hududlarini kengaytirish maqsadida bu yerdagi turli davlatlarga tegishli bo‘lgan bir qism
yerlarni sotib olgan?
A) Shimoli-sharqiy va sharqiy
B) Janubiy-sharqiy va sharqiy
C) Shimoli-g’arbiy va g’arbiy
D) Janubiy -g’arbiy va g’arbiy
9.
Yevropa Ittifoqi (YI) uning shakllanishi qanday birlashmani tashkil etilishi bilan bog’liq?
A) Yevropa oltin va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi
B) Yevropa neft va gaz ishlab chiqaruvchilar birlashmasi
C) Yevropa neft va ko’mir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi
D) Yevropa ko’mir va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi
10.
AQSH Luiziana shtati hududini qaysi davlatdan sotib olgan?
A) Rossiya B) Ispaniya
C) Meksika D) Fransiya
11.
AQSH Alyaskani qaysi davlatdan sotib olgan?
A) Rossiya B) Ispaniya
C) Meksika D) Fransiya
12.
AQSH janubiy va markaziy shtatlarning katta qismini urushlar natijasida qaysi davlatlardan
tortib oldi?
A) Rossiya Ispaniya B) Ispaniya Meksika
C) Meksika Fransiya D) Fransiya Rossiya
13.
AQSH qachondan boshlab, avval meridinal yo‘nalishda butun Amerika qit’asini,
keyinchalik esa Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya hamda Okeaniya hududlari
nazoratini sekin-astalik bilan qo‘lga kiritdi?
A) XIX asrning oxiridan B) XX asrning oxiridan
C) XIX asrning boshidan D) XX asrning boshidan
14.
Hozirgi davrda AQSH o‘zining asosiy raqiblari deb bilgan qaysi davlatlarni atrofida o‘z
geosiyosiy tayanch nuqtalarini shakllantirib, ularni qirg‘oqbo‘yi hududlariga chiqish
imkoniyatini iloji boricha cheklashga harakat qilmoqda?
{ 239 }
A) Rossiya,Janubiy Koreya, Fransiya, Eron, islom diniga e’tiqod qiluvchi Arab davlatlari
B) Rossiya, KXDR, Yaponiya, BAA, islom diniga e’tiqod qiluvchi Arab davlatlari
C) Rossiya, Xitoy, Germaniya, Eron, islom diniga e’tiqod qiluvchi Arab davlatlari
D) Rossiya, Tailand, Italiya,Qatar, islom diniga e’tiqod qiluvchi Arab davlatlari
15.
Rossiya o‘z muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qo‘ldan boy bermaslik
uchun, avvalo qaysi xalqaro tashkilot hududida tinchlikni saqlanib turishidan manfaatdor?
A) SHHT B) OPEK C) NATO D)MDH
16.
Xitoyda qachon monarxiya tuzumi ag‘darildi? A) 1905-yil B) 1910-yil C) 1915-yil D)
1920-yil
17.
Xitoyda qachon ichki siyosiy kelishmovchiliklarni SSSR yordamida hal qilgan
kommunistik partiya bu yerda sotsialistik tuzumni o‘rnatishga erishdi? A) 1939-yil B) 1949-
yil C) 1955-yil D) 1958-yil
18.
Kim tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida Xitoyda iqtisodiyot va jamiyatni
erkinlashtirish borasidagi islohotlar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda?
A) Chan Kan Shi B) Den Syaopin
C) Maus Ze Du D) Szi Szen Pin
19.
2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra Xitoy umumiy YMM ko‘rsatkichiga ko‘ra jahonda nechanchi
o’rinni egallaydi?
A) Birinchi B) Ikkinchi C) Uchichi D) To’rtinchi
20.
2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra Xitoyga jahon umumiy YMMning qanchasi to’g’ri keladi?
A) 17,8 % B) 18,7 % C) 15,4 % D) 21,5 %
21.
Qaysi mintaqa davlatlari o‘ta qulay geosiyosiy o‘ringa ega?
A) Sharqiy Osiyo B) Yaqin Sharq
C) Janubiy Osiyo D) Janubi-G’arbiy Osiyo
22.
Yaqin Sharq qaysi qit’alar chorrahasida joylashgan?
1-Yevropa; 2-Avstraliya; 3-Amerika;
4-Osiyo; 5-Afrika;
A) 1,3,4 B) 2,3,5 C) 1,4,5 D) 2,4,5
23.
Qaysi sanada BMT tomonidan taklif etilgan rejaga muvofiq Falastin hududlarida yahudiy
va arab davlatlari tashkil etish ko‘zda tutildi?
A) 1948-yil 15 may B) 1947-yil 29-noyabrda
C) 1948-yil 14-mayida D) 1948-yil 27-noyabrda
24.
Falastin hududida yahudiy diniga e’tiqod qiluvchi Isroil davlatining tashkil topishi arab
davlatlarining noroziliklariga sabab bo‘ldi?
A) 1948-yil 15 may B) 1947-yil 29-noyabrda
C) 1948-yil 14-mayida D) 1948-yil 27-noyabrda
25.
Qaysi sanada arab davlatlar ligasi o‘z qo‘shinlarini Falastin yerlariga olib kirdi?
A) 1948-yil 15 may B) 1947-yil 29-noyabrda
C) 1948-yil 14-mayida D) 1948-yil 27-noyabrda
26.
Yevropa ko’mir va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi qachon tashkil etilgan?
A) 1949-yil B) 1955-yil C) 1947-yil D) 1951-yil
27.
Yevropa ko’mir va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasiga qaysi davlatlar a’zo bo‘lgan?
1-Germaniya; 2-Ispaniya; 3-Fransiya; 4-Shvetsya; 5-Italiya; 6-Xorvatiya; 7-Belgiya; 8-
Niderlandiya; 9-Sloveniya; 10-Lyuksemburg
A) 2,3,6,7,9,10 B) 2,3,4,6,9,10
C) 1,3,5,7,8,10 D) 1,2,3,5,6,10
28.
Yevropa ko’mir va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi davlatlari qachon Yevropa
iqtisodiy hamkorligi va atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati tashkil qilish
bo‘yicha shartnoma imzolaganlar?
A) 1957-yil B) 1967-yil C) 1947-yil D) 1977-yil
29.
Yevropa Ittifoqi qachon tashkil topdi?
A) 1957-yil B) 1967-yil C) 1947-yil D) 1977-yil
30.
Yevropa Ittifoqiga 1973-yili qaysi davlatlar a’zo bo’ldi?
{ 240 }
1-Ispaniya; 2-Buyuk Britaniya; 3-Daniya;
4-Gretsiya; 5-Irlandiya; 6-Portugaliya
A) 1,2,6 B) 2,4,6 C) 1,5,6 D) 2,3,5
31.
Yevropa Ittifoqiga1981- yili qaysi davlat a’zo bo’ldi?
A) Gretsiya B) Avstriya
C) Shvetsiya D) Finlyandiya
32.
Yevropa Ittifoqiga 1986-yili qaysi davlatlar a’zo bo’ldi?
A) Litva, Latviya B) Ispaniya, Portugaliya
C) Kipr, Malta D) Shvetsiya, Finlyandiya
33.
Yevropa Ittifoqiga 1995-yili qaysi davlatlar a’zo bo’ldi?
1-Avstriya; 2-Polsha; 3-Chexiya;
4-Shvetsiya; 5-Vengriya; 6-Finlyandiya
A) 2,3,5 B) 1,5,6 C) 2,4,5 D) 1,4,6
34.
Yevropa Ittifoqiga 2004-yili qaysi davlatlar a’zo bo’ldi?
1-Polsha; 2-Ruminiya; 3-Bolgariya 4-Chexiya;
5-Vengriya; 6-Avstrya; 7-Slovakiya; 8-Shvetsiya;
9-Finlandiya;10-Sloveniya; 11-Litva; 12-Latviya; 13-Xorvatiya; 14-Estoniya; 15-Kipr; 17-
Malta
A) 1,2,3,4,6,8,10,14, 15,17
B) 1,4,5,7,10,11,12,14,15,17
C) 1,3,6,8,10,13,14,15,16,17
D) 1,2,5,7,9,11,14,15,16,17
35.
Yevropa Ittifoqiga 2007- yili qaysi davlatlar a’zo bo’ldi?
A) Xorvatiya, Estoniya B) Ruminiya, Bolgariya
C) Finlandiya, Kipr D) Chexiya, Vengrya
36.
Yevropa Ittifoqiga 2013- yili qaysi davlat a’zo bo’ldi?
A) Latviya B) Estoniya C) Xorvatiya D) Litva
37.
Yevropa Ittifoqi tarkibidan qaysi mamalakat 2017-yili to‘liq ajralib chiqib ketdi?
A) Fransiya B) Buyuk Britaniya
C) Germaniya D) Italiya
38.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga qaysi sanada asos solingan?
A) 1991-yil 8-dekabrda B) 1992-yil 8-dekabrda
C) 1992-yil 21-dekabrida D) 1991-yil 21-dekabrida
39.
MDH o‘z faoliyatini qachon boshlagan?
A) 1991-yil 8-dekabr B) 1992-yil 8-dekabr
C) 1992-yil 21-dekabr D) 1991-yil 21-dekabr
40.
MDH ga hozirgi kunda qaysi davlatlar a’zo?
1-Rossiya Federatsiyasi; 2-Belarus; 3-Ukraina;
4-Qozog‘iston; 5-O‘zbekiston; 6-Gruziya;
7-Qirg‘iziston; 8-Tojikiston; 9-Latiya;10-Moldova; 11-Polsha;12-Ozarbayjon; 13-Litva;14-
Armaniston
A) 1,2,3,5,6,9,10,11,14 B) 1,2,4,5,7,8,10,12,14
C) 2,4,5,6,8,9,10,13,14 D) 2,3,4,6,7,9,10,11,12
41.
Qaysi davlat assotsiatsiyalashgan davlat maqomiga ega?
A) Afg’oniston B) Ozarbayjon
C) Mongoliya D) Turkmaniston
42.
Qaysi davlatlar MDH kuzatuvchilari sifatida turli darajadagi yig‘ilishlarda ishtirok etadi?
A) Ozarbayjon, Turkmaniston
B) Mongoliya, Afg‘oniston
C) Xitoy, KXDR
D) Gruziya, Ukraina
43.
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ning shakllanishi 1996-yil 26-aprelda Xitoyning
Shanxay shahrida qaysi davlatlarni harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashi
{ 241 }
bilan bog‘liq?
1-Turkmaniston; 2-Qozog‘iston; 3-Qirg‘iziston;
4-KXDR; 5-Rossiya; 6-Ozarbayjon; 7-XXR
8-Tojikiston; 9-Ukraina; 10-Turkiya
A) 1,4,6,9,10 B) 2,4,5,6,9
C) 1,3,4,5,7 D) 2,3,5,7,8
44.
“Shanxay beshligi” tashkiloti qachon SHHT deb nom olgan?
A) 2000-yil B) 2002-yil C) 2003-yil D) 2001-yil
45.
“Shanxay beshligi” tashkilotiga davlat a’zo bo’lganidan so’ng SHHT nomini olgan?
A) O‘zbekiston B) Turkiya C) KXDR D) Ukraina
46.
2017-yil qaysi davlatlar ushbu tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylandilar?
A) Afg’oniston va Pokiston
B) Hindiston va Pokiston
C) Turkiya va Afg’oniston
D) Hindiston va Turkiya
47.
SHHT yig’ilishlarida nechta muloqot hamkor davlatlar ishtrok etadi?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
48.
Den Syaopin Xitoyga qaysi yillarda rahbarlik qilgan?
A) 1976–1989-yil B) A) 1972–1985-yil
C) 1978–1992-yil D) 1976–1989-yil
49.
SHHT yig’ilishlarida nechta kuzatuvchi davlat ishtirok etadi?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
50.
SHHT yig’ilishlarida nechta nomzod davlatlar ishtirok etadi?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
51.
Qaysi integratsiya tashkiloti mintaqaviy integratsion guruhlar orasida a’zo davlatlar soni
ko‘pligi, ularning jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egallashi bilan ajralib turadi?
A) Yevropa Ittifoqi B) ASEAN
C) OPEK D) MDH
52.
Hozirgi kunda SHHT tarkibida jahonning qaysi qudratli davlatlari faoliyat olib boradi?
1-AQSH; 2-Rossiya; 3-Yaponiya; 4-Xitoy;
5-Turkiya; 6-Hindiston
A) 1,3,5 B) 2,4,6 D) 1,4,5 D) 2,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |