Baliqni ichki tuzilishini organish.
Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda
chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga
kichik kesik hosil qiling.
Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan
og’izgacha kesing.
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga
kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab
kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining
tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va
Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini
o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil
qiling.
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib
baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi).
Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning
och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni
tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va
qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz
bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon
osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini chiqarib olib, uning shakli va
tuzilishini o’rganing.
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping.
Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini en-
sadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh
skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv
tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang.
Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor
preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi.
Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib
chiqing (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |