B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


- LABORATORIYA MASHG’ULOTI



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/99
Sana14.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#550930
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
BALIQLAR BIOLOGIYASI

3- LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu:
Baliqlarni nafas olish tizimini tuzulishi o‘rganish. 
 
Kerakli materiallarva jihozlar: 
zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir 
nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, 
pinset, qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar 
(ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlar-
ning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks 
ettirilgan rangli jadvallar. 
Mashg’ulotning maqsadi: 
zog’ora baliq misolida baliqlarni nafas olish tizimini
tuzulishi o‘rganish. 
Asosiy matn. 
Baliqlarning aksariyati suvdagi yerigan kislorodni qonga o‘tkazishga 
moslashgan jabra orqali nafas oladi. Jabra maxsus bo‘shliqqa joylashgan bo‘lib, ustini suyak 
plastinkalardan iborat oyquloq suyagi qoplab turadi. Ba’zi baliqlar, chunonchi, syeratod,
itbaliq kabilar suvdagi kislorodni qabul qilishdan tashqari, havodan nafas olishga ham 
moslashgan. Suv havzasida kislorod etishmay qolishi natijasida ba’zi baliqlarda o‘pka yoki 
atmosfyeradan kislorod olishga moslashgan qo‘shimcha nafas olish a’zosi hosil bo‘ladi.
Masalan, anabas, gurami kabi labirintli baliqlarda birinchi jabra yoyining ustki qismida kichikroq 
bo‘shliq bor. Baliq yutgan havodagi kislorod shu bo‘shliqda joylashgan va shilimshiq parda bilan 
qoplangan yupqa suyak plastinkachalar orqali bir talay ingichka tomirlarga o‘tib, qonni 
oksidlantiradi. Bunday nafas olish apparati labirint deb ataladi. 
Baliqlarning suzgich pufagi. 
Suyakli ganoidlar va ayrim suyakli baliqlarda qorin
bo‘shlig‘ining ustki tomoniga o‘rnashgan suzgich pufagi bor. U, asosan, gidrostatik organ bo‘lib, 
ichi gaz bilan to‘lganda baliq engillashadi, puchayganda esa og‘irlashadi. Suzgich pufagi
qizilo‘ngachning ustki devori bo‘rtib chiqishidan vujudga keladi. U ba’zi baliqlarda, chunonchi, 
karpsimonlarda qizilo‘ngach bilan qo‘shilgan, olabug‘asimonlarda esa qizilo‘ngachdan ajralgan 
holda bo‘ladi. Pufakning ichi kislorod, karbonat angidrid va azot gazlari bilan to‘la, ayniqsa, azot 
ko‘p. Qalqonli cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali atmosfyeradan nafas oladi. Bu 
pufak ko‘pincha eshituv organi bilan bevosita yoki o‘zining birinchi bo‘lmasidagi Vebyer 
apparati deb ataladigan bir necha suyakchalar orqali qo‘shiladi. Suzgich pufagi ichki quloq
sohasi bilan bog‘langani sababli Vebyer apparati baliqlarda eshitish vazifasini bajarsa kyerak. 
Ba’zi laqqanamolar, eshvoybaliqlarning qo‘shimcha nafas olish a’zosi boshqacharoq 
bo‘ladi. Ular suv betiga chiqib havo yutadilar, havo pufakchalaridagi kislorod ichaklardan mayda 
qon tomirlariga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Atmosfyera havosidan bu xil nafas olish ichak orqali 
nafas olish deb ataladi. CHinakam o‘pka faqat ikki xil nafas oluvchi baliqlarda, chunonchi, 
syeratod, protoptyerus, lepidosirenlar va cho‘tka qanotlilarda bo‘ladi, xolos. SHunday qilib,
ayrim baliqlar quruqlikka chiqishga va havodan nafas olib yashashga jur’at qilgan va shu bilan 
uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotni boshlab byergan. Bu evolutsiya natijasida amfibiyalar, 
sudralib yuruvchilar, qushlar va hatto oliy jonivorlar sutemizuvchilar va odam paydo bo‘lgan. 
Demak, baliq odamning umurtqalilar orasidagi naslboshisidir. Ko‘pgina baliqlar jabra va 
o‘pkadan tashqari teri orqali ham nafas oladi. Jabra orqali nafas olishda suv baliqning og‘zidan 
kirib, halqum teshikchalari orqali jabra bo‘shlig‘iga o‘tadi, undan boshning yonidagi teshiklar 
orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Jabra bilan nafas olish ham o‘pka orqali nafas
olishdan farq qilmaydi. Jabra yaproqlarida ham o‘pkadagiga o‘xshash mayda tomirlar bor, ular 
suvdagi kislorodni shimib oladi. Jabra apparati nafas olishga yaxshi moslashgani sababli, ba’zi 


baliqlar havodan ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari suvda kislorod 
kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib 
turadi. Bunday hodisani akvariumda ham uchratish mumkin. Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz 
bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib,
nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular Jabra yoylaridan iborat, ulardan har
qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish 
Jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra orqali sirg‘anib
chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari — 
kapillarlar o‘tgan. Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda yerigan kislorod 
o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi. Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv 
yuzasiga chiqib, og‘iz orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq 
vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz ostida ba’zan kislorod etishmay 
qoladi. Bu vaqtda baliqlar qiynaladi. Buning oldini olish uchun har yer-har yerda muzni yorib, 
teshik ochiladi. Qurib qolgan jabra yaproqchalari kislorod va karbonat angidridni o‘tkaza
olmaydi. SHuning uchun suvdan chiqarib olingan baliq tezda nobud bo‘ladi. Nozik 
jabralarning tashqi tomonidan jabra qopqoqlari bo‘ladi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish