148
Misol: Buxgalter - kassirga maosh oyiga 800 ming so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, u oydagi
barcha ish kunlari ishlab berish sharti bilan to‘liq to‘lanadi. Iyun oyida xodim tomonidan 23 ish kuni,
iyulda - 24 ish kunidan 10 ish kuni to‘liq ishlab berildi.
Ishlab berilgan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada mehnat vaqti hisobi tabeli T-13 shakl
yuritilishi kerak. Tabel, uni yuritish topshirilgan shaxs tomonidan bir nusxada tuzilib, korxona
buxgalteriyasiga oyda ikki marotaba - oyning birinchi yarmiga (bo‘nak) to‘lov summalariga tuzatish
kiritish uchun va oylik ish haqini hisoblash uchun beriladi. Agar korxonada mehnatga haq to‘lash oyda
bir marotaba amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda tabel ham korxona
buxgalteriyasiga oyda bir
marotaba yakuniy hisob uchun beriladi.
Iyun oyida buxgalter barcha ish kunlarini ishlab bergan ekan, demak unga lavozim maoshi to‘liq
to‘lanadi, ya’ni 780 ming so‘m.
Buxgalterga iyul oyi uchun ish haqi, faqatgina u tomonidan haqiqatda ishlab berilgan 10 kun
uchun hisoblanadi.
Ushbu summa mehnatga haq to‘lashning kunlik stavkasini uning haqiqatda ishlagan ish kuniga
ko‘paytirib topiladi (10).
Iyul oyida 24 ish kuni bo‘lib, shunga muvofiq kunlik mehnatga haq to‘lash stavkasi 32500
so‘mni (780 000 so‘m/24 kun) tashkil etadi. SHulardan kelib chiqqan holda iyul oyiga hisoblangan
mehnat haqi miqdori 325 000 so‘mni tashkil etadi (780 000/ 24 x 10).
Misol: Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 950000 so‘m qilib belgilangan. 2017 yil
fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to‘lov
amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni reklama bo‘yicha menejer
tomonidan ishlab berilgan.
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan
ish haqi miqdorini
aniqlash zarur. Maoshi 950000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 47500 so‘mga
(950000 / 20) teng bo‘ladi. SHunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 47500 x 15 = 712500
so‘mga teng bo‘ladi.
Misol: Vaqtbay ishchi 2017 yil fevral oyida 135 soat ishladi. Tarif stavkasi 6250 so‘mni tashkil
etadi.
Mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida xodimning ish haqi, uning tarif stavkasini ishlab
berilgan soatlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.
Ushbu holatda, xodimning oylik ish haqi 135 x 6250 = 843750 so‘mni tashkil etadi.
Misol: Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida
asosiy ishlab chiqarish
xodimlariga ish haqi hisoblash.
Tikuvchi oy davomida 24 smena ishlab berdi. Olti soatlik ish kuniga tarif stavkasi - 62500 so‘mni
tashkil etadi. Bolalar buyumlarini tikish rejasini bajarganlik uchun ish haqining 12% miqdorida, rejani
oshirib bajargan har bir foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanadi. Oylik reja 105%ga
bajarilgan.
Tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va
sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun xodimlarga mukofot to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tizimi,
mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shakli deb ataladi.
Rejani bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun mukofot to‘lash to‘g‘risidagi Nizom
korxonaning mehnatga haq to‘lash, mukofotlash haqidagi ichki meyoriy hujjatlarida mustahkamlangan
bo‘lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Mukofot
ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘lanadi.
SHunday qilib, ushbu oy uchun tikuvchining umumiy ish haqi tarif stavkasi bo‘yicha ish haqi
summasi, bolalar kiyimini tikish rejasini bajarganlik uchun mukofot va rejani oshirib bajarganligi
uchun mukofot summalariga teng bo‘ladi.
Bir smena uchun tarif stavkasi 62500 so‘m bo‘lganda, tikuvchining ishlab bergan 24 smenasi
uchun ish haqi 1500000 so‘mni (24 x 62500) tashkil etadi.
Rejani bajarganlik uchun mukofot - ish haqidan 12% miqdorida, ya’ni 180 000 so‘m (1500000
x 12%).
149
Tikuvchi oylik rejani 105% ga bajardi, shunday ekan, unga mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga
muvofiq rejani oshirib bajarganligi uchun har bir oshirib barjarilgan foiz uchun ish haqidan 0,7%
miqdorida mukofot to‘lanishi lozim. Mukofot 52500 so‘mni (1500000 x 0,7% x 5) tashkil etadi.
Umumiy ish haqi 1732500 so‘mni (1500000+180000+52500) tashkil etadi.
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to‘lashlar
yakka va umumiy bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo‘shib olib borish, ijrochilarning
birini ikkinchisiga bog‘liqlik zarurati bo‘lsa, mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: