2. Emil Xeski – “Eshak”
Angliyalik muxlislarning “yoqimtoyi” Xeski terma jamoa safida 60
dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan, urgan gollari soni esa 8 tani tashkil qiladi.
Maydondagi beso‘naqay harakatlari unga “eshak” laqabini olib berdi.
1. Edmundo - “Hayvon”, “mol”
Edmundo tabiatan ommaviy mushtlashuvlarga moyil edi, u
maydonda raqiblari basharasini bejab qo‘yishdan ham toymasdi.
Boz ustiga, kokain va yengil tabiat qizlarga mukkasidan ketgandi.
Qo‘shimchasiga, dahshatli yo‘l harakati fojialarini sodir etardi, duch
kelgan kishi bilan janjallashardi, so‘kishda benazir edi. Shuning
uchun ham bir-biridan o‘tib tushadigan laqablarga munosib ko‘rilar-
di. To‘g‘ri, Edmundo shuning barobarida ajoyib futbolchi bo‘lgan.
330
Yusupov FURQAT
MUNDIAL. HALOKATLAR
TOP-10
Futbol – millionlar o‘yini. Jahon chempionati esa butun dunyo-
da eng ko‘p tomosha qilinadigan turnirdir. Afsuski ba’zan futbol
sababli qanchadan qancha fanatlar o‘z jonlariga qasd qilishadi. De-
mak ushbu maqolamiz fanatizm yoki boshqa bir sabablarga ko‘ra
mundial paytida halok bo‘lgan insonlar haqida.
10.
JCh-2002 da Turkiyalik Umit Davalaning jozibador sochlari
yoshlar orasida eng ommabop turmakka aylandi. Lekin Davalaga
taqlid qilishga uringan 13 yoshli Jafer uchun hayot fojeali tarzda in-
tiho topdi. Jemlik shahrida yashovchi bu bolakay sochlarini xuddi
Umitnikiday qilib “xo‘rozchasiga” oldirib tashlagandi. O‘g‘lining
bunday ko‘rinishini yoqtirmagan otasi, unga hoziroq sartarashxo-
naga qaytib, sochlarini umuman oldirib tashlashini talab qiladi. Ota-
sining bu gapiga javoban esa, Jafer o‘zini osib qo‘yadi.
9.
1970-yilda Meksika poytaxti – Mexikoda bo‘lib o‘tgan jahon
chempionati paytida Meksika qamoqxonalaridan birida o‘limga
mahkum etilgan jinoyatchi eng so‘nggi xohishi – jazoni amalga
oshi rishni 3 haftaga kechiktirishlarini so‘radi. U chempionatni oxi-
rigacha tomosha qilib, keyin o‘limini qarshi olishga tayyor ekanlig-
ini aytadi. Qamoqxona ma’muriyati futbol ishqibozining so‘nggi
xohishiga hurmat bajo keltirdi. Eh, boyaqish oxirgi istagi boshiga
yetishini bilganida edi… Jismonan baquvvat bo‘lgan mahbus se-
331
FUTBOL FALSAFASI
vimli jamoasining mag‘lubiyatini ko‘tara olmay, yurak xurujidan
vafot etdi.
8.
1970-yilgi Meksikadagi chempionat italiyalik mashhur yo-
zuvchi Lev Kastilya uchun eng so‘nggisi bo‘ldi. Kastilya televizor
qarshisida final o‘yinini tomosha qilayotganda Italiya termasining
Braziliya tomonidan mag‘lubiyatini ko‘tarolmay olamdan o‘tdi.
7.
JCh-98 da Ruminiya terma jamoasining 1/8 finalga chiqishini
Bu xarest shahri aholisi bir kecha kunduzlik bayram bilan nishonla-
di. Ko‘chalar kuy-qo‘shig‘-u, shodon raqsi va saylchilar bilan to‘lib
ketdi. Ammo bu xursandchiliklar qurbonliksiz oxiriga yetmadi. 19
yoshli futbol ishqibozi shodligidan juda ko‘p spirtli ichimlik ich-
ganidan zaharlanib kasalxonada vafot etgan.
6.
2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining
namoyishi chog‘ida 11 nafar xitoylik ishqiboz yurak xurujidan va-
fot etishdi. Chempionat yakunlanishiga ellikka yaqin kishi jamoasi
uchun qayg‘uraverib, yurak ushlab bu dunyoni tark etishgan.
5
.
Senegalda JCh-2010 nimchorak final doirasidagi Urugvay-Ko
-
reya o‘yini (2:1) paytida 11 muxlis halok bo‘lgan. Futbol ishqibozlari
uylaridan birining ayvoniga to‘planib, zangori ekran orqali o‘yinni
tomosha qilishayotgandilar. Ammo bunday og‘irlikka dosh bera ol-
magan uy qulab tushdi. Natijada 11 muxlis halok bo‘ldi.
4
.
Gaitida JCh-2010 vaqtida fojeali hodisa yuz berdi. Port-o-Pe-
rens shahrida chorak finalning braziliya-Gollandiya uchrashuvidan
so‘ng, sevimli jamoasi Braziliyaning alamli mag‘lubiyatiga chiday
olmagan 18 yoshli muxlis o‘zini avtomobil tagiga tashlab, joniga
qasd qilgan.
3
.
Gohida futbolga bo‘lgan cheksiz muhabbat ayanchli hodisa-
larga sabab bo‘ladi. Texaslik 27 yoshli Vektor Kastro fanatlik che-
garasini bilmaganlardan biridir. JCh-2010 doirasidagi Gana-AQSh
332
Do'stlaringiz bilan baham: |