Men hamma qatori oddiy insonman. Oldin qanday bo‘lsam, hozir
ham shundayman. Hamisha bir xil yurishga odatlanganman.
–
Faqat O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman. Odatga ko‘ra,
ikki betaraf jamoa o‘ynasa, hech biriga tarafkashlik qilmayman.
–
Ingliz va rus tilini mukammal bilaman. Maydonda ispan tilida ham
muloqot qilishim mumkin.
226
Yusupov FURQAT
–
Tirik inson borki, ba’zan xato ham qiladi. Ammo birgina xato tufayli
o‘sha inson haqida yomon gapirish yoki uni chetlatib yuborish - noo‘rin.
–
Komediya va sarguzashtli filmlarni yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, Mu-
rod Rajabov ishtirokidagi komediyalarni miriqib tomosha qilaman. Shu-
ningdek, tarixiy kartinalar ham yoqadi. Aytaylik, Chingizxon kabi tarixiy
shaxslar haqidagi kinolar.
–
Sportning barcha turlariga qiziqaman. Asosan tennis o‘ynab tura-
man. Suzishga ham tez-tez boraman.
- Tabiatan yetti o‘lchab bir kesadigan kishiman. Ehtiyotkorlik va nima-
nidir oldini olish tarafdoriman. Zero, muammoni yechish emas, uning oldi-
ni olish osonroq. Umuman, har doim muammoli holatlarga tushib qolish-
dan qochaman.
–
Hakamlikdan boshqa kasb haqida o‘ylab ko‘rmaganman hatto. O‘zim-
ni futboldan tashqarida tasavvur qilishim ham qiyin. Qaysi kasbni tan-
lashingiz emas, uning haqiqiy fidoyisi bo‘lishingiz muhim. Ya’ni kasbi-
ngizni professional darajada o‘zlashtirishingiz zarur.
– Osh, sho‘rva, kabob, umuman, barchasini yoqtiraman. A
sosan milliy
taomlarni sevib iste’mol qilaman. Uyda, o‘choqda ovqat qilishimga to‘g‘ri
kelib qolsa, bemalol osh pishirishim mumkin.
– O‘zim uchun tayyorlaydigan eng yaxshi sovg‘am - o‘yinni bexato
boshqarish. Har doim shunday bo‘lib kelgan.
– Imkon qadar tez-tez o‘yin qoidalari kitobiga ko‘z yugurtirib chiqishga
harakat qilaman. Chunonchi, shu tariqa xotiramni mustahkamlab boraman.
227
FUTBOL FALSAFASI
– Hakam diplomat bo‘lishi kerak. Chunki maydonda turli xarakterga
ega futbolchilar to‘p surishadi. Ular bilan til topishish, aniqrog‘i, qarorni
to‘g‘ri yetkaza olish g‘oyat muhim.
– Hakamning kichik bir xatosi ham ko‘zga ko‘rinadi. Aytaylik, futbolchi
qulay imkoniyatni boy berishi yoki to‘pni raqibiga oldirib qo‘yishi mumkin.
Bitta o‘yin davomida bunday holatlar bir necha marta takrorlanadi va bu
tabiiydek tuyuladi. Hakam xato qilsachi? Uni futbolchilardan tortib, mu-
rabbiylaru muxlislar baravariga tanqid qilishadi.
–
Hakamlikni tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman. Aksincha,
xursand bo‘laman. Futbolni sevganim uchun ham hakamlik qilyapman.
–
Har bir referining taqdiri raqobatchisi emas, balki o‘ziga bog‘liq. Ya’ni
o‘ziga nisbatan talabchanligiga. Faqat, shu talabchanlik va mashaqqatli
mehnatgina insonni mukammallikka yetaklaydi.
–
Hamjihatlikda gap ko‘p. Samolyotni birgina komandirning o‘zi bosh-
qarolmaydi. Unga assistentlari, ya’ni pilotlar yordam berishadi. May-
dondagi hakamlarda ham xuddi shunday. Birgina bosh hakam hech narsa-
ning uddasidan chiqolmaydi.
–
Mundialga borishning o‘zi katta baxt. Hakam chekiga tushgan o‘yin-
ni boshqaraveradi. Shunday ekan, menga qaysi o‘yinda ishlashning farqi
yo‘q. JChda o‘yinlarning yaxshi yoki yomoni bo‘lmaydi.
–
Har bir ishning o‘z ustasi bor. Aytaylik, hakamlarga Perluiji Kolli-
na o‘rnak namunasi. Uning boshqaruvidagi o‘yinlar videoyozuvini ko‘rish
orqali ham ko‘p narsani o‘rganish mumkin.
228
Do'stlaringiz bilan baham: |