Yusupov FURQAT
– To‘p 50 metr masofaga ikki soniyada yetib boradi. Hakam ana shu
tezlikka monand tarzda qaror qabul qilishi kerak. Yuqorida aytganimdek,
futbol juda ham tezlashib ketdi. O‘ylashimcha, futbolga aloqador har bir
inson bir-birining mehnatini qadrlamog‘i shart.
– Biror futbolchi juda ko‘p mug‘ombirlik ishlatadi, deb miyaga quyib
olish kerak emas. Boisi, haqiqatan ham unga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan
paytda hakam yana mug‘ombirlik ishlatayapti, deb o‘ylab noto‘g‘ri qaror
qabul qilib qo‘yishi mumkin. Afsuski, bunday holatlar bo‘lgan.
– Hakamlar ham futbolchilar kabi qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Shun-
day bo‘lgan taqdirda o‘zimizga nisbatan ishonch yanada oshadi.
– Futbol bu bayram va u muxlislarga tegishli. Hakam shunday o‘yin-
ni boshqarishi kerakki, undan muxlislar rohat olishsin. O‘yinni bo‘lar-
bo‘lmasga hushtak chalib to‘xtaverish ham yaxshi emas.
– Angliya futboli menga yoqadi. Bu chempionatda futbolchilar bir-bir-
lariga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Har qanday holatdagi qoida bu-
zilishidan keyin, albatta, qo‘l berib, uzrlarini aytishadi.
– Futbolni dushmanlar o‘ynashmaydi. Pele aytganidek, futbol chiroyli
o‘yin. Bu go‘zallikni agressivlik va mojaroga aylantirmaslik kerak.
– Birinchi galda o‘zim o‘z ishimga nisbatan tanqidiy ruhda yondasha-
man. Hakamligimdan 100 foiz qoniqish hosil qilgan o‘yinlarim juda kam
bo‘lgan. Hamisha o‘zimdan qoniqmayman. Tanqidni hamisha to‘g‘ri qa-
bul qilaman. Buning uchun o‘sha insonlarga minnatdorchiligimni bildi-
raman.
225
FUTBOL FALSAFASI
– O‘zimni yulduz deb hisoblamayman. Shunchaki, o‘z ishimni ba-
jaryapman. Qolaversa, o‘z ustimda juda ko‘p ishlayman. Balki, shuning
uchun natijalar ijobiy bo‘lsa kerak.
– Dastxat so‘raydiganlarga hech qachon rad javobini bermaganman.
Ular hamisha menga muxlislik qilishgan. Lekin o‘zini balandparvoz tuta-
diganlar ham uchrab turadi. Shunday bo‘lsa ham men hamma bilan birdek
til topishib ketaverman. Menda yulduzlik kasali yo‘q.
– Butun dunyoda ham meni tanib qolib, dastxat so‘rashyapti. Yaqinda
Yaponiyada bo‘lganimda ham shundan holat ro‘y berdi. Yer osti yo‘lidan
o‘tayotganimda bir kishi ancha joygacha ketimdan kuzatib bordi. Keyin ya-
qin kelib men bilan suhbat qurdi. O‘zbekiston haqida so‘radi va yakunda es-
dalik uchun suratga tushdi. London metrosida ham shunga o‘xshash voqea
sodir bo‘lgandi. Oddiy fuqarolik kiyimida bo‘lsam ham tanib qolib, dastxat
so‘ragan edi.
– Ish grafigim tig‘izligidan bo‘sh vaqtim deyarli yo‘q. Bo‘sh vaqtimni
oila a’zolarim davrasida o‘tkazaman. Biz sharqliklarda tabiiyki, farzandlar
tarbiyasida otaning roli katta bo‘ladi.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |