Marko Van Basten (Gollandiya, murabbiy):
– Uyga telefon qilib, hammasi joyida ekanligini tekshirib ko‘rishim ke-
rak. Bugun butun Gollandiya shu yerga ko‘chib kelgan ko‘rinadi (murabbiy
“to‘q-sariqlar”ning Shveytsariyaga kelgan oqimi haqida).
Lars Lagerbak (Shvesiya, murabbiy):
– Ispaniya terma jamoasining zaxira futbolchilari shved pasportiga ega
bo‘lishganida, o‘ylab o‘tirmasdan ularni asosiy tarkibga qo‘ygan bo‘lardim
( Shvetsiya-Ispaniya 1:2 o‘yinidan so‘ng).
Luis Aragones (Ispaniya, murabbiy):
– Shaxsan menga bu rangdagi libos yoqmadi. Yaxshixamki futbolchi
emas, murabbiyman. Bo‘lmasa bunday rangdagi libosni kiyib, maydonga
tushishimni tasavvur qilib ko‘ring (Final oldidan qizil libosni almashtirgani
haqida).
Ravshan Ermatov:
– Hakamlar o‘yinlarni toifaga ajratmasligi kerak. O‘rtoqlik uchrashuvi-
mi yoki rasmiy o‘yinmi, buning ahamiyati yo‘q. Har bir o‘yinga o‘z kasbiga
223
FUTBOL FALSAFASI
nisbatan talabchan va professional tarzda yondashish lozim. Shaxsan men
shunday deb o‘ylayman va hamisha shu aqidaga amal qilaman.
– O‘zi boshqaradigan o‘yinga e’tiborsizlik bilan qarab, buning oqi-
batida muammolarga duch kelgan hakamlarni ko‘rganman. Shundan
o‘zim uchun xulosa chiqarib, hamkasblarimning xatosini takrorlamaslik-
ka harakat qilaman.
– Faqat Yaratgan xatodan xoli. Qolgan hamma kattami yo kichik, baribir
xato qiladi. Insonning ko‘zi 50ta kamera bilan raqobatga kirisholmaydi. Biz
esa bir soniya ichida ro‘y bergan holatni ko‘rib, unga baho berib, keyin to‘g‘ri
qaror chiqarishimiz kerak. Buning uchun esa maydonda uchib yurishimiz
shart. Bunday holatlarda yuragimizning pulsi daqiqasiga 200 marta uradi.
– Futbolchilardan farqli ravishda, biz hakamlarda to‘xtab, nafas rostlab
olish uchun fursat yo‘q. Bizning hamisha to‘p yonida bo‘lmog‘imiz talab
etiladi.
– Xokkeyga o‘xshab bahsli holatlarda o‘yinni ikki daqiqaga to‘xtatib,
video-takrorlarga vaqt sarflash futbolga xos emas. Shunday yangilik joriy
qilingan taqdirda futbol o‘z jozibasini yo‘qotib qo‘yishi hech gap emas.
– Futbol xatolardan iborat. Murabbiylar va futbolchilar singari hakam-
lar ham xatoga yo‘l qo‘yishadi. Xatodan hech kim kafolatlanmagan. Mu-
rabbiylar taktika va tarkib tanlashda, o‘yinchi almashtirishda xatolarga yo‘l
qo‘yishadi. Hatto Messi va Ronaldu ham xatodan xoli emas. Biz insonmiz.
– Bitta o‘yinda 40ta qoida buzilishi qayd etilsa, o‘shandan 2-3tasi-
da hakam o‘zi istamagan holda noto‘g‘ri qarori bilan adashishi tayin. Bu
yuqori tezlikda o‘tgan futbol uchun normal holat, deb o‘ylayman.
224
Do'stlaringiz bilan baham: |