54-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat
tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.
(54-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qayta tuzish tartibi va shartlari to‘g‘risida, jamiyat
ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning
aksiyalariga (ulushlari, paylariga) ayirboshlash tartibi to‘g‘risida va ana shu yuridik shaxsning ta’sis
hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari ana shunday
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash to‘g‘risida qaror
qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.
Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan
jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq o‘tadi.
LexUZ sharhi
Topshirish dalolatnomalarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
51-
moddasida
belgilangan.
55-modda. Jamiyatni tugatish
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda
ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda
tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki
ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni
tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha
vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
(55-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-
xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda
tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning
yettinchi qismida
nazarda tutilgan hollar
mustasno.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y.,
03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda tugatish
komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.
(55-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyatni tugatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(55-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
53-moddasi
va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik
subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni
tasdiqlash haqida”gi
qarori
ga
qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |