35-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi
Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishtirokchilar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt va joy;
yig‘ilishda qatnashayotgan ishtirok etuvchilar ega bo‘lgan ovozlarning umumiy soni;
yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilishning kun tartibi.
Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy qoidalari,
ovozga qo‘yilgan masalalar va ular bo‘yicha ovoz berish yakunlari, yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar
aks ettirilgan bo‘lishi shart.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi yig‘ilish o‘tkazilganidan so‘ng
uch kundan kechiktirilmay umumiy yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
36-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan
(so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinadigan qarori
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori yig‘ilishni o‘tkazmay (kun tartibidagi
masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun
jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir bo‘lmay) sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan)
qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki
uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning to‘g‘ri bo‘lishini va ularning hujjatlar bilan
tasdiqlanishini ta’minlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yo‘li bilan o‘tkazilishi
mumkin.
Ushbu Qonun 30-moddasining
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul
qilinishi, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov
yo‘li bilan) qabul qilish chog‘ida ushbu Qonun 34-moddasining
ikkinchi
,
oltinchi
,
yettinchi
va
sakkizinchi
qismlari, shuningdek ushbu Qonun 33-moddasi
birinchi
,
uchinchi
,
beshinchi
va
yettinchi
qismlarining qoidalari ularda nazarda tutilgan muddatlarga oid qismida qo‘llanilmaydi.
Sirtdan (so‘rov yo‘li bilan) ovoz berish tartibi taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning
barcha ishtirokchilariga xabar qilishning majburiyligini, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz
berish boshlangunga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyatini,
kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish imkoniyatini, ovoz berish
boshlangunga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga o‘zgartirilgan kun tartibini, shuningdek
ovoz berish taomilining tugash muddatini xabar qilishning majburiyligini nazarda tutgan bo‘lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |