70
- Yerlarni haydash va yumshatish, tekislash va planirovka qilish, chizellash,
mola bosish kabilar kiradi;
Sug’oriladigan yer maydonlarida kollektor-drenaj tizimlari bosimli yer osti
suvlari, tuproq osti grunt suvlarining zaruriy qismini o’z vaqtida sug’orish
maydonlaridan chiqarib tashlash va sizot suvlar sathini mo’ljallagan chuqurliqda
saqlash bilan birga ekiladigan yerlarda tuproq suv va tuz muvozanatini meyyooriy
darajada saqlab turish qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l
hosil yetish tirish uchun
sharoit yaratadi
.
Namangan viloyatida yer resurslaridan foydalanishni tashkil etishda,
birinchi, o’ziga xos xususiyatlar va mavqega ega hisoblangan. Namangan viloyati
mintaqasida qishloq xo’jaligida yerlardan foydalanishni hududiy tashkil etishning
tabiiy va iqtisodiy-geografik, demografik, tarixiy, geoekologik shartlari hamda
ularning majmuali baholanishiga erishilganligi, hududiy
tashkil etish nazariyasida
ilk bor qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishning hududiy tashkil etish jarayonini
sub’ekt (qishloq xo’jaligi) va ob’ekt (er resurslari) imkoniyatlari bo’yicha baholash
tamoyillarining ishlab chiqish, ikkinchi, qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishda
barqaror rivojlanish tamoyillari va bozor iqtisodiyoti talablari hisobga olingan
holda, hududning tabiiy-agrar imkoniyatlari bo’yicha iqtisodiy-geografik
rayonlashtirilish, uchinchi, Namangan viloyati aholisi xo’jalik faoliyatini tarixiy
o’rganish nuqtai nazaridan, qishloq xo’jalik yerlaridan
foydalanishni hududiy
tashkil etishda mintaqada shakllangan anьana, ko’nikma va tajribalardan
foydalanish qonuniyatlarining aniqlash, to’rtinchi, yer resurslaridan foydalanish
bo’yicha mintaqaning o’ziga xos xususiyatlarini,
jumladan, yer resurslari bilan
taьminlanganlik darajasini baholashda “geotrion”lar usulini qo’llagan holda, uning
boshqa mintaqalar bilan o’zaro taqqoslab o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu bilan birga yer resurslaridan samarali foydalanishda gidrogeologik
sharoitni, xususan, sug’oriladigan tuproqlarning sho’rlashuvi, botqoqlashuvi kabi
salbiy jarayonlar, yer osti suvlarining o’rtacha chuqurligi,
ularning oqimi, tabiiy
drenaj holati bilan bir qatorda suv bilan taьminlanganlik darajasini ham
o’rganishga alohida eьtibor qaratish kerak. Bu jihatning alohida o’rganilishiga
71
ehtiyoj birinchidan, mintaqada qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer
resurslarining katta qismi sug’orma dehqonchilik amaliyoti bilan bog’liqligi,
ikkinchidan, Namangan viloyatida sunьiy suv havzalarini bunyod etishning
bugungi kunda ham qizg’in amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Namangan viloyatida yer resurslaridan foydalanishni
takomilashtirish
hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mavjud yer resurslaridan
samarali foydalanishni tashkil etish uchun yer resurslarini kadastri va
bonitirovkasini aniqlash shu orqali yalpi mahsulot hajmini ko’paytirish
imkoniyatlari istiqbolda Namangan viloyati yer resurslaridan samarali
foydalanishga uchun zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: