Xulosa
1. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil nutqini
eksperemental
o‟rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarning daktil nutqini talab darajasida shakllanganligini ko‟rsatdi. Lekin bu
bolalarning
nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning
barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‟rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik,
leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan
eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‟lgan ehtiyojning kamligi,
nutqiy faoliyatiga bo‟lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning
ko‟pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat
bolalarda murakkab nutq ko‟lami juda oz. Nutqni tushunish va undan foydalanish
vaziyati xususiyatiga ega.
2.Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil nutqini o‟stirish bo‟yicha
ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‟lgan
intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim. Bolalarning kattalar
bilan aloqa qilish vositasi sifatida nutq funksiyasi insonning keyingi verbal va
shaxs rivojlanishi asosida yotadi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish bo‟yicha
korreksion – tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‟nalishlarning biri – qandaydir boshqa
bir faoliyat bo‟yicha (predmetli, o‟yin va hokazo) nutqiy muloqat uchun sharoit
yaratishdir. Kommunikativ so‟zlashuv (bayon etishning) barcha turlarini egallab
olishning va shu bilan birga so‟zlarning sintagmatik munosabatlarini egallash nutq
o‟stirish bo‟yicha maxsus mashg‟ulotlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
mumkin. Boladagi daktil nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual
korreksiyalash mashg‟ulotlari katta ahamiyatga ega. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarni nutqqa o‟rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy va shaxs
rivojlanishida ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin. Daktil nutqiga
o‟rgatish bilan yonma-yon (parallel) ravishda bolalarni og‟zaki va yozma nutqqa
o‟rgatish ham olib boriladi. Bolalarni og‟zaki nutqqa o‟rgatish, daktil formasida
egallangan so‟zlarini ovoz chiqarib aytish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Talaffuzni
o‟zlashtira borish bilan birgalikda o‟quvchilar tomonidan daktillangan so‟zlarni
gapirish aniqligi ortib boradi. Og‟zaki nutq xatolarini to‟g‟rilash talaffuz qilingan
tovush namunalarini ko‟rsatish orqali amalga oshiriladi va unga mos ravishdagi
daktilamani ko‟rsatish bilan mustahkamlanadi. Daktil nutqini egallash o‟qish va
yozishga o‟rgatishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |