1 .1 .2 . Huquqiy fanlar tizimida sudda ish yuritish fani
Sudda ish yuritish kasbiy fan sifatida ishlami sudda ko‘rish, hal
etish va ijroga qaratish jarayonidagi harakatlami tartibga soluvchi
huquqiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sudda ish yuritish fani Jinoyat protsessual, Fuqarolik protsessu-
al, Xo‘jalik protsessual huquqi, ijro ishi yuritish hamda ish yuritishni
tashkil etish fanlar bilan o‘zaro bog'liqdir.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu bog‘liqlik zamirida fanning mukammalligi va takomillashuvi
mavjud. Masalan, Jinoyat protsessi, Fuqarolik protsessi va Xo‘jalik
protsessida ishni qo‘zg‘atish, ishni sudda ko‘rish uchun tayyorlash,
ishni sud majlisida ko‘rish va hal qilish, sudning hukmi, hal qiluv
qarorlari, ajrimlari yuzasidan shikoyatlar berish, protsesslar keltirish
hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalari o‘rganiladi. Sudda
ish yuritish fani esa ushbu harakatlami amalga oshirishdagi hujjatlami
rasmiylashtirishni, qayd etishni va hisobga olishni o ‘rgatadi. Shuning-
dek, sud majlisi kotibining ishni sud majlisiga tayyorlashi, sud majlisi
jarayonida va sud majlisidan keyingi bosqichlarda amalga oshiradi-
gan harakatlari protsessual qonunlarda aks ettirilgan bo‘lsa, «Sudda
ish yuritish tartibi to‘g ‘risida»gi Yo‘riqnomada sud majlisi kotibining
sanab o'tilgan bosqichlarda bevosita hujjatlarni yuritish (sud majlisi
bayonnomasini), tuzish (sud chaqimv xati), ishlami tikish, ro‘yxatga
olish, rasmiylashtirish kabi va boshqa harakatlari yoritilgan.
Sudda ish yuritish fanining ish yuritishni tashkil etish fani bi-
lan uzviy bog‘liqligi shundaki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mah-kamasining 1999- yil 29- martdagi 140- sonli Qarorining 2-
ilovasi - «Namunaviy Yo‘riqnoma», «Ish yuritishda Davlat yagona
nusxasi», 6,38-90 - «Tashkiliy farmoyish hujjatlar tizimi», 6, 39-90
«Qoidaviy namuna» Davlat standarti bilan «Sudda ish yuritish tartibi
to‘g‘risi-da»gi Yo‘riqnoma talablari mos keladi, jumladan: hujjatlami
ro‘yxatga olish, ijrosini nazorat qilish, ulami tizimlashtirish, hujjatlar
yig'majildlarini shakllantirish, idoraviy arxivga topshirishga tayyor-
lash, arxivda saqlash va ulami vaqtincha foydalanishga berish kabilar
ko‘zda tutilgan.
Fuqarolik, jinoiy, xo‘jalik, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ishlaming sudga kelib tushgan vaqtidan boshlab, ular sud devonxo-
nasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, sudning raisiga ulami
sudyalar o'rtasida ko‘rish uchun taqsimlash uchun olib kirish, taq-
simlangan ishlami sudyalarga topshirish, taraflami sud majlisi kuni
va joyi haqida xabardor qilish, taraflami ish va unga ilova qilingan
hujjatlar bilan tanishtirish, ishni qonunda belgilangan muddatlarda
ko‘rib chiqish, shikoyat yoki protest keltirilmagan sud qarorlarini
ijroga qaratishni tashkil etish, shikoyat yoki protest keltirilgan ishlar-
8
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni apellatsiya instansiyasida ko‘rish uchun tegishli tartib va muddat-
larda yuborishni tashkil etish, apellatsiya bosqichidan qaytib kelgan
ishlar bo‘yicha qarorlami ijroga qaratishni tashkil etish mazkur fan-
ning jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xo‘jalik protsessual,
ijroni yuritish kabi fanlar bilan bevosita bog‘liq ekanligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |