ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
4. Dars jarayoni.
5. Interfaollik.
Tayyorgarlik.
Hududiy markaz professor-o‘qituvchilarining va umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘qituvchilarini onlayn malaka oshirishga tayyorligining monitoringi (qurilmalar
va internet imkoniyatlarining mavjudligi, zarur ilovalarni o‘rnatish, foydalanish uchun tavsiya
va eslatmalarni ishlab chiqish). So‘rovnoma o‘tkazish va tahlil natijalarini tashkil qilish.
Tayyorgarlik bosqichida hududiy markazlarda masofadan o‘qitishni tashkil etish
mexanizmi quyidagilardan iborat:
• o‘quv resurslarni yaratish (o‘quv materiallari, videodarslar, pedagogik dasturiy
vositalar);
• amalga oshirish mexanizmi (elektron ta’lim texnologiyalari, ommaviy axborot
vositalari, tinglovchilarning mustaqil ishlari);
• funksional vazifalarning ijrosi (direktor, direktor o‘rinbosari, o‘quv bo‘limi, professor-
o‘qituvchilar).
Platformani tanlash
. Kompyuter, planshet hamda smartfonlarga o‘rnatish va
foydalanish uchun qulay bo‘lgan, shuningdek, hozirda onlayn muloqotlar uchun
ommalashgan ZOOM dasturidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Dars jadvalini tuzish.
Onlayn mashg‘ulotlarda birinchi e’tiborli jihat – sifatli dars jadvali
hisoblanadi. Aniq va puxta ishlab chiqilgan dars jadvali onlayn mashg‘ulotlarni tashkil etish
va o‘tkazishda hamda sifatli ta’lim berishga asos bo‘ladi. Bunda professor-o‘qituvchilar va
tinglovchilarning imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur.
Dars jarayoni.
Tinglovchilarga onlayn dars o‘tish har qanday o‘quv faoliyati kabi aniq
maqsadga ega. Shuning uchun onlayn mashg‘ulotlarni o‘tishda uni qanday tashkil etishdan
avval pedagogik vazifa nimadan iborat ekanligini aniqlash zarur. Onlayn mashg‘ulotlarda
tinglovchilarni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Tinglovchilar mashg‘ulot davomida nimalarni
bilishi va bajara olishi kerakligini aniqlash, o‘quv materialini o‘rganish trayektoriyasini
rejalashtirish, ularning bilimlarini rivojlantirishda bosqichma-bosqich qanday shakllantirish
kerakligiga e’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, tayyorlangan videodarslar ham sifat, ham
mazmun jihatdan mukammal bo‘lishi kerak.
Interfaollik
. Onlayn mashg‘ulotlarda o‘qituvchi o‘z tajribasiga, tashkilotchilik
qobiliyatiga, metodik hamda pedagogik-psixologik bilimlariga tayangan holda quyidagi
“Aqliy hujum”, “Toifalar jadvali”, “Blits-o‘yin”, “Blits-so‘rov”, “Bahs-munozara”, “Debat”,
“FSMU” kabi interfaol metodlardan foydalanishi kerak. Onlayn mashg‘ulotlarda interfaol
metodlarni samarali qo‘llanilishi orqali o‘qituvchi masofadan turib tinglovchilarning aniq
ta’limiy maqsadga erishishi yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi,
yo‘naltiradi, boshqaradi hamda nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |