TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
erishishga qaratilgan tegishli harakatlar majmuasini aks ettiruvchi jarayondir
1
.
Keltirilganlardan maʼlum bo‘ladiki, “strategiya” tushunchasi nafaqat harbiy faoliyatni, balki
uning boshqa turlarini ham qamrab oladi. Qoida tariqasida, strategiya uzoq maqsad va unga
erishish vositalarini ajratib turadigan faoliyat sifatida belgilanadi va strategiyaning maqsadi
tahlil qilish,
modellashtirish, loyihalash, qarama-qarshiliklarni yechish, eng maqbul
yechimlarni topish va uzoqni ko‘rish qobiliyati orqali uzoq kelajakni ko‘rishdir. Shuningdek,
kelajakni shakllantirishning strategik taʼsirini va strategik boshqaruvini amalga oshirishda
subyektning ishtirokini taʼminlashdir.
Strategiya atamasi til taʼlimida ham o‘ziga xos qo‘llanishga ega bo‘lib, kelajakda tillarni
o‘qitishni tashkil etish imidji sifatida qaralmoqda. Til taʼlimidagi strategiya, yaʼni uzoqni
ko‘zlash taʼlimning maqsadlari, texnologiyalari, shakllari va usullari, taʼlim tizimining barcha
darajalarida til o‘qitishni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi. “Qoidaga ko‘ra, kamida 5 yil
uchun strategik qarashni ishlab chiqish kerak”
2
.
Strategiyani uzoq vaqtni o‘z ichiga oladigan
va uzoq muddatli maqsadlarni, ularga
erishish bosqichlarini, amalga oshirish mavzularini, tashkiliy va pedagogik sharoitlarni o‘z
ichiga olgan faoliyat rejasi sifatida ko‘rish mumkin. O‘zbekistonlik olimlar
taʼkidlashayotganidek, strategiya – muayyan ketma-ketlikda tuzilgan metodlar majmuasi
bo‘lib, muayyan yo‘nalish belgilariga erishishga olib keladi
3
.
Ona tilini o‘qitishda ham xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda strategiyalar belgilab
olish taqozo qilinadi.
Strategiyaning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratish mumkin: 1) ona tili fani hozirgi holati
va rivojlanish tendensiyasini tahlil qilish; 2) ona tilini o‘qitish sohasidagi taʼlim siyosatining
maqsadlari, vazifalari va mazmunini ishlab chiqish; 3) ona tili taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha
strategik qarashlarni shakllantirish; 4) ona tili taʼlimini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish;
5) kerakli natijalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini batafsil ishlab chiqish
kabilar.
Strategiyalarni amalga oshirishda o‘qituvchining o‘rni, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash,
axborotni
mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga
alohida urg‘u berishni hisobga olish, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob
beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim standartlarini joriy etish,
o‘quvchilarning ona tili fanidan bilim darajasini baholashda taʼlim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro PISA, PIRLS va boshqa dasturlarga tayanish nazarda tutilishi zarur.
PISA dasturiga ko‘ra har 3 yilda o‘quvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar
o‘tkaziladi. Hozirgacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018-yillar) PISA
dasturi doirasida testlar o‘tkazilgan. Mamlakatimiz ham 2021-yildan bu dasturga qo‘shilishga
tayyorgarlik ko‘rmoqda.
PISA dasturida ishtirok etishdan maqsad o‘quvchilarimizda XXI asr kompetensiyalarini
shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratishdir.
1
Шушерина, О.А., Игнатова, В.В., Субоч, Г.А. и др. Профессионально-культурное становление студента в образовательном
процессе вуза: [Текст] / О.А. Шушерина, В.В. Игнатова, Г.А. Субоч: Монография. - Красноярск: СибГТУ, 2010. - 296 с.
2
Чилингарян М. В. Стратегия формирования региональной языковой образовательной политики. Интернет-журнал
«Наукаведение» выпуск 4 (23), июль-август, 2014. /http://naukavedenie.ru
3
Акрамова Г.Р. Умумий ўрта таълим жараёнида ўқувчилар танкидий тафаккурини «Тўхтаб ўқиш» стратегияси орқали
ривожлантириш. Замонавий таълим / Современное образование 2017. 5. 69-74
25
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Lekin
mazkur dastur mohiyati, PISA topshiriqlarining maqsadi to‘g‘ri anglanyaptimi? Bu
savolga ijobiy javob berishga hali ertaroq, nazarimizda.
Mamlakatimizda 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida fan o‘qituvchilari ilk
marotaba kompetensiyaviy yondashuvga muvofiq keluvchi o‘quvchilarning taʼlimiy
yutuqlarini baholashning xalqaro dasturlari bilan tanishdilar va ana shu dasturlarga muvofiq
keluvchi topshiriqlarni, testlarni yaratish muammosiga duch keldilar. Taʼlimiy saytlarda,
telegram kanallarida fan o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan PISA testlari namunalari bilan
almashish kompaniyasi avj oldi. Dastlabki PISA testi sifatida taqdim qilingan topshiriqlarni
tahlil qilish, pedagogik jarayonni kuzatishdan maʼlum bo‘lmoqdaki, aksariyat fan
o‘qituvchilarida nostandart topshiriqlarni yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malaka, o‘quvchilar
BKMlarini xalqaro dasturlar asosida baholashni amalga oshirish uchun mashg‘ulotlarni
tashkil qilish mahorati yetarli emas.
Jumladan, fan o‘qituvchilari PISA topshiriqlarini juda
oddiy – muayyan matnga tayanmasdan, bir muqobil javobli yoki ko‘p muqobil javobli, rasmli
testlar tarzida tayyorlashgan. Xalqaro dasturlarga mos topshiriqlarning o‘quvchilar kundalik
hayotda duch keladigan muammolarni hal qilishga yo‘naltiruvchi hayotiy yoki to‘qima
voqealar aks etgan tutash matnlar, shuningdek, rasm, grafika, sxema, jadvallardagi
maʼlumotlarni tushunishga, zarur axborotni izlash, qiyoslash, baholash, xulosalashga, o‘qish
orqali o‘rganish,
bilimlarini kengaytirish, maʼlumotlarni qo‘llashga, ijtimoiy hayotda faol
ishtirok etishga daʼvat qilish
1
uchun tuzish zarurligini o‘qituvchilar to‘la anglay olmayaptilar.
Mutaxassislar taʼkidlashayotganidek, O‘zbekiston taʼlim tizimi ko‘p yillar davomida bolalar
xotirasini sinashga urg‘u berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning
amaliyotda qay darajada qo‘llay olinishini tekshiradi.
2
Bunday yondashuvni o‘zgartirish, yaʼni
o‘quvchilarning taʼlimiy yutuqlarini PISA tadqiqotlaridagi kabi baholash metodikasini
o‘qituvchilar faoliyatiga olib kirish taqozo qilinmoqda. Shuning uchun ham qator metodik
qo‘llanmalar tayyorlanmoqda. Xususan, “Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini baholash” nomli metodik qo‘llanma nashrdan chiqdi. Mazkur metodik
qo‘llanma Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for economic co-
operation and development – OECD) tomonidan o‘tkaziladigan PISA (Program for
international student assessment) tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida
tuzib chiqilgan. Unda PISA xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o‘qish
savodxonligini
baholash yo‘nalishiga oid asosiy tushunchalarning taʼrifi, topshiriqlar, ularning tavsifi va
yechish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Mazkur adabiyotda PISA dasturi doirasida o‘tgan
yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan topshiriq namunalari hamda baholash
mezonlari o‘rin olgan
3
.
Qo‘llanmada berilgan topshiriqlarni o‘rganib chiqish tufayli, ularning turlari,
qo‘yiladigan savollar, savollarning nechta javobli (oddiy bitta yoki bir nechta to‘g‘ri javobli),
Do'stlaringiz bilan baham: