Oila
Oila va nikoh huquqiy
munosabatlari
Yuridikta’rifiqonunchilikdabelgilanmagan
bo‘lsa-da, mazmun-mohiyatigako‘ra,
qoidatariqasidabirgalikdayashovchivanikoh,
qarindoshlik,
farzandlikkaolishvaboshqamunosabatlardanke
libchiquvchio‘zarohuquqvamajburiyatlargaega
bo‘lganshaxslarittifoqidir.
Oilahuquqinormalaribilantartibgas
olinadigannikoh, qarindoshlik,
farzandlikkaolishyokivoyagaetmagan,
ota-
onaqaramog‘isizkolganshaxslarniboshqa
chausuldaoilagajoylashtirishbilanbog‘liq
ijtimoiymunosabatlar.
Nikohbu
–
erkakvaayolningo‘zxohishibilanikkitarafninghuquqlaritengligiasosidatuzilganoiladir.
Bundaervaxotino‘zmajburiyatlarigaegadirlar. Turmushhayotimizdanikohninguchturimavjud,
ya’niqonuniynikoh, faktikvasha’riynikoh.
Qonuniy nikoh shakli FHDY tomonidan ro‘yhatga olingan nikohdir. Qonuniy nikoh
shaklida er-xotinning huquq va majburiyatlari belgilanadi hamda nikoh qayd etilganligi
to‘g‘risida guvohnoma berilib, fuqarolik pasportlarida nikohni tasdiqlovchi muhr qo‘yiladi.
Faktik va sha’riy nikohlar huquqiy ahamiyatga ega emas. Faktik nikoh bu erkak va
ayolning birgalikda bir oila bo‘lib yashashi.
Sha’riy nikoh bu diniy qoida va rasm-rusumlarga asoslanib tuzilgan nikoh hisoblanadi.
Nikoh tugatilishining 2 turi mavjud: ya’ni er-xotindan birining vafoti yoki nikohdan
ajralish. Ikkalasi ham noto‘liq oila turiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-iyuldagi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqlarida “Yosh avlod tarbiyasi
hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib
bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi
donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”
1
, deb ta’kidladilar.
Bugungi kunda yoshlarimiz tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishimiz, oila muqqadas ekanligini
yoshlar ongiga sindirish, har bir oilada onalik va bolalikni har taraflama ijtimoiy-iqtisodiy,
huquqiy jihatdan muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilayotganligi buning isbotidir.
Jamiyatimizdagi har bir oilaning tinch-totuv yashashi, ma’naviy jihatdan boy bo‘lishi,
oilalardagi farzandlarning buyuk ajdodlarimiz singari diniy va dunyoviy bilimlarga ega bo‘lgan
yetuk inson qilib tarbiyalash oldimizda turgan eng asosiy maqsaddir. Albatta, bu jarayonda
har bir oiladagi ota-ona o‘z majburiyatlarini esdan chiqarmagan holda har taraflama o‘rnak
bo‘lishi muhimdir. Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimiz asosida
mehribonlik, oqibatlilik, hurmat va ehtirom kabi xislatlarni yosh avlodning ongiga singdirish
lozimdir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kamolot” YIHining IV qurultoyidagi nutqi.1-iyul, 2017.
272
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Bugungi kunda mamlakatimizda oila masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani
bejiz emas, albatta. Zero, yurt taraqqiyotining tamal toshi jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini
bo‘lmish oilada qo‘yiladi.
Oila shunday muqaddas makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs
shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlarimiz, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarimiz saqlanadi,
rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va madaniy hayot poydevori
mustahkamlanadi.
Oilaning asosiy ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik vazifalarini qisqacha tahlil qilib
ko‘radigan bo‘lsak, bolada shakllanadigan barcha hissiy, ruhiy tuyg‘ular: mehribonlik,
oqibatlilik, o‘ziga va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatlilik kurtaklari oilada namoyon bo‘ladi.
Oila o‘z vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun uni tegishlicha, ma’rifiy-metodik
qurollantirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan unga yordam berib borish
zarur.
1
O‘zbek oilalarida keng tarqalgan halollik, to‘g‘rilik, birovlar haqiga xiyonat qilmaslik,
xayr-ehson, saxovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi
fazilatlar milliy va diniy qadriyatlar zamirida shakllangan va ular oilaviy tarbiya natijasida ota-
onalardan bolalarga o‘tib, ularning ma’naviy dunyosini boyitgan.
Oilaning muhim vazifalaridan yana biri kommunikativlik bo‘lib, uning mazmunini oila
a’zolarining o‘zaro aloqalari, ommaviy axborot vositalari bilan oila a’zolari o‘rtasidagi yaqin
aloqani ta’minlash, tevarak-atrofdagi tabiatni, ijtimoiy muhitni idrok qilish kabi masalalar
tashkil etadi. Keyingi yillarda yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda
ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta bo‘lmoqda. Yoshlarning ko‘rgan-eshitgan,
o‘qigan narsalarini o‘zlashtirishlarida va tegishli xulosalar chiqarishlarida oila ham
vositachilik vazifasini bajarishi lozim.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarda va turmushda go‘zallikka e’tibor berish ham alohida
ahamiyatga egadir. Agar ota-ona va oiladagi kattalar o‘zaro munosabatlarida go‘zallikka
e’tibor bersalar, oila muomalasida ahillik, samimiyat, hurmat bo‘lsa, shu oilada
tarbiyalanayotgan farzandlar xulqida yuqoridagi kabi axloqiy fazilatlar tarkib topib boradi.
Demak, oiladagi estetik tarbiya ota-onalar va boshqa katta kishilarning o‘zaro to‘g‘ri
munosabatidan boshlanishi kerak.
2
Demak, oila haqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz zarurdir. Buning uchun oilaning
baxtli va saodatli yashash sirlarini, ota-ona va er-xotinning oiladagi vazifalarini, oiladagi
shaxslararo munosabatlarni va shu bilan birga psixologik bilimlarni, Qur’oni Karim va
hadislarda keltirilganidek, inson bir-birini va oila sha’nini himoya qilish hamda farzandlarini
tarbiyalash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatib borish darkordir.
Nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas’uliyat, o‘zaro hurmat,
tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog‘langan kichik ijtimoiy guruh oila
deyiladi.
3
Oila:
• birinchidan, qurilayotgan paytidayoq ikki kishi uchun bir umrga va keyinchalik
avlodlar davom ettirishi kerak bo‘lgan maskan sifatida qaraladi;
• ikkinchidan, oilada o‘zaro munosabatlarning bir necha turi amalga oshadi, ya’ni ota-
ona bilan farzand, er bilan xotin, qaynona bilan kelin, farzandlar orasida va boshqalar;
1
Oilaviy tarbiya saboqlari 5-b.
2
Oilaviy tarbiya saboqlari. 10-11-b.
3
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash: baxtli oila sari. 5-b.
273
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
• uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga
keladi, ya’ni oila a’zolarining bir-
birlariga ta’siri tufayli ularda yaxshi xislatlar yoki yomon xislatlar shakllanishi mumkin.
Oila jamiyatning eng muhim va mustahkam bo‘g‘inidir. Oila inson hayotiga to‘kislik
bag‘ishlaydi, oila insonga baxt keltiradi.
Shaxs oilada kamol topadi. Xuddi shu dargohda uning birinchi quvonchi va tashvishlari
yuzaga keladi. Inson oila deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilangina
cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha ham javobgardir.
Oila bu har bir odam uchun tug‘ilish, yashash dargohidir. Oila asli arabcha “ayolmand,
niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilining izohli
lug‘atida bu so‘zning “er-xotin, ularning bola-chaqalari va yaqin tug‘ishganlaridan iborat
xonadon, birga yashovchilar” tushunchasini anglatishi qayd etilgan.
Taniqli psixolog va psixoterapevt Virjiniya Satir oilaga quyidagicha ta’rif beradi: “Oila –
butun olamning mitti koinoti. Uni tushunish uchun oilani bilish yetarlidir. Undagi mavjud
hukmronlik, intimlik, mustaqillik, muomala ko‘nikmalarining namoyon bo‘lishi – hayotdagi
ko‘plab hodisalar mohiyatini tushunib yetish kaliti. Agar biz dunyoni o‘zgartirmoqchi
ekanmiz, dastavval, oilani o‘zgartirish zarur”.
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib, oila bu er va xotinning, o‘z xohish istagi bilan bir
umr davomiylik asosida uni asrab-avaylab, bir-biriga ishonch, mehr, hurmat, muhabbat bilan
qurilgan jamiyatning bir bo‘lagidir.
Oilaning asosiy vazifalari iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommunikativ,
regulyativ (boshqaruv), felisitologik vazifalardir. Har bir vazifa oilaning mustahkamligi,
ijtimoiylashuvi, uning iqtisodiy ta’minoti, farzandlarning tarbiyasi, oiladagi shaxslararo
munosabatlarning izchilligi, oiladagi har bir shaxsning baxtli hayot kechirishida o‘rni
beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |