3.5. 5-7 yosh badiiy gimnastikachi qizlarning saralashda psixo-fiziologik
rivojlanishning xususiyatlari
Organizmning individual rivojlanish qonuniyatlariga doimiy o‘sish va
rivojlanish, o‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi, rivojlanishning kritik davrlari,
rivojlanishning sensetiv davrlari, rivojlanish akseleratsiyasi va retardatsiyasi
holatlari kiradi.
O‘rgatish jarayonida yoshning ahamiyati.
5-7 yosh bola organizmining jadal o‘sadigan va har tomonlama
rivojlanadigan davridir. Bu yoshda harakat funksiyalari juda rivojlangan bo‘lib,
bola faol xayot kechiradi. Umurtqa pog‘onasi egiluvchan bo‘lib, batafsil qotmagan
bo‘ladi. Bir-biriga bog‘lab turuvchi bo‘g‘imlar cho‘ziluvchan va mustahkam
62
emas. Harakat markazi va muskullar endi rivojlanayotgan mayda va harakatlarni
bajarish mushkulroq. Yurak, nafas olish, mushak, asab sistemalari mukammal
rivojlangan emas. Diqqatni jamlab aqliy mehnat qilish qobiliyati ko‘p emas. Atiga
15 daqiqa xolos. O‘yin va birovga taqlid qilish reflekslari yaxshi rivojlangan. Bu
yoshda bolaga qomatni tik tutishni o‘rgatishga katta ahamiyat berish lozim.
Egiluvchanlikni sekin-asta rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, shpagat
o‘tirish kabi mashqlarni har kuni oz miqdorda tanani tayyorlab o‘rgatish shart.
Mashg‘ulot mobaynida harakatlarni aniq va tez bajarilishini nazorat qilish kerak.
Topshiriqlar yengil va qisqa bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlar rang-barang, bir-biriga
o‘xshamagan, his tuyg‘ularga boy holda o‘tkazilsa ijobiy natijalarga erishiladi.
O‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini
o‘sish va rivojlanish kabi asosoy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish
barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning
xar tomonlama o‘sish va rivojlanishi uchun poydo bo‘lgan vaqtdan boshlanadi. Bu
ikki jarayon murakkab bo‘lib, bir butun va bir biriga bog‘langandir.
Organizmning o‘sishi deganda tana xujayralarining ko‘payishi natijasida
tirik organizmning o‘lchamlarini ortishi, yana bo‘yining cho‘zilishi, tana massasi
va xajmining undagi xujayra va to‘qimalarning ko‘payishini xisobiga oshishi
tushuniladi. Demak, organizmdagi miqdor o‘zgarishlari
o‘sish
deb aytiladi. O‘sish
bola sog‘ligi va jismoniy xolatlarining eng muxim ko‘rsatkichi xisoblanadi. O‘sish
bir qatorda xujayrada ularning bajaradigan vazifasini ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu
rivojlanish jarayonidir. Demak o‘sish natijasida organizmning rivojlanishi xam
yuzaga keladi. Rivojlanish organizm tuzilishining murakkablanishi yoki to‘qima va
organlarining morfologik defferensiallashuvi demakdir, ya’ni o‘sayotgan organizm
to‘qima xujayralarining va organlarning shakllanishi, ya’ni bola organizmi
xujayralarining takomillashib, o‘smirlik va etuklik yoshdagi odamlarga xos
bo‘lgan birmuncha murakkab to‘qima va organlariga ega bo‘lishidir. Odam
organizmi rivojlanishi umr bo‘yi davom etib turadigan to‘xtovsiz jarayondir.
63
Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bular o‘sish, a’zo
va to‘qimalarining murakkablanishi xamda to‘qima, a’zo, organizm shakllarining
xosil bo‘lishidir. Bu omilllar bir - biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir biridan
ajralgan xolda shakllana olmaydi. O‘sish va rivojlanish bir biri bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko‘rsatkichlar ma’lum vaqt
o‘tishi bilan sifat ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Bola bo‘yining uzunligi; bolaning bir yoshigacha bo‘yining uzunligi 26
sm.ga uzayib, 75 sm.ga etadi. Hayotining ikkinchi yiliga atigi 10 sm.ga o‘sadi. 6-7
yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi.
Bola tug‘ilgandan keyin birinchi kritik davr bolaning 2-2.5 yoshida yuzaga
kelib, bu davrda bolada xarakat aktivligi keskin ortadi. Markaziy asab
sistemasining faoliyati takomillashadi, nutq, intellektual va jismoniy rivojlanish
kuchayadi. Bu yoshlarda xar qanday fiziologik sistemaning ayniqsa, asab
sistemasining faoliyati buzilishi, ruhiy rivojlanishning sekinlanishi yuzaga kelishi
mumkin.
Bola tug‘ilganidan keyin ikkinchi kritik davr 6-8 yoshlarida kuzatiladi.
Undagi steriotiplar buziladi, shiddatli aqliy ish boshlanadi, jismoniy ish ko‘payadi.
Bunday o‘zgarishlar ta’sirida fiziologik sistemalardan ayniqsa kuchsizlarining
faoliyati buzilishi mumkin.
Jismoniy sifatlarining rivojlanishida sensetiv davrlarning yuzaga kelishi
geteroxron ravishda bo‘ladi. Masalan; egiluvchanlik sifati rivojlanishi 3-4 yoshdan
15 yoshgacha, chaqqonlik sifatini rivojlanishi 7-10 yoshdan 13-15 yoshgacha,
tezkorlik sifatini rivojlanishi 11 yoshdan 14 yoshgacha, kuch sifatini rivojlanishi
14 yoshdan 17 yoshgacha, chidamlilik sifatini rivojlanishini sensetiv davri 15-
yoshdan 20 yoshgacha.
Bolalikning birinchi davri 4 yoshdan 7 yoshgacha davom etadi. Bu davrda
muskul massasi kattalashadi, oyog‘i uzunlashadi, tanasining proporsiyasi
o‘zgaradi. Bolaning xarakatlari aniq bo‘ladi. Qaychi va unga o‘xshash asboblar
bilan qiziqadi. Nozik, kerakli xarakatlarni xali uddalay olmaydi. MAT rivojlana
64
boshlaydi. Ichki tormozlanishning ko‘pgini turlari stabillashadi, miya
po‘stlog‘ining ish qobiliyati oshadi. Nutq va ongi rivojlana boshlaydi.
Yugurish qismlarining rivojlanishi ikki yoshdan boshlanadi va
takomillashib boradi. Yugurishning tezlashib borishi yugurishda uchish fazasining
orta boshlashi tayanish fazasining kamayishi xisobigi bo‘ladi. 3 yoshdan 10
yoshgacha uchish fazasi ikki martadan ortiq ko‘payadi. Qadam tashlash
uzunligining kattalashishi yugurish tezligining ortishini ta’minlaydi. Bolalarda 1.5
yoshda barcha umurtqalarning o‘sishi jadal bo‘lib, bir tekis bo‘lsa, 3 yoshlarda bel
umurtqalari bo‘yin va yuqori ko‘krak umurtqalariga nisbatan ancha tez o‘sadi. 7-9
yosh va balog‘atga etish davrida xam umurtqa pog‘onasining o‘sishi jadallashib,
keyin bu xolat aytarlik sezilmaydi.
1 yoshda elka kamari, qo‘l muskullari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola
yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez rivojlana
boshlaydi. 6-7 yoshdan boshlab qo‘l panja muskullari tez rivojlanib boradi.
Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, ular yozuvchi
muskullarga nisbatan tez rivojlanadi.
Harakat apparatining chidamliligi dinamik va statik ishni uzoq vaqt
mobaynida bajarish qobiliyati bilan belgilanadi. Yosh ulg‘aygan sari chidamlilik
juda sekinlik bilan ortib boradi. 6 yoshga kelib chidamlilik birmuncha ortadi,
shunday bo‘lsa-da bolalar faoliyati tez tez o‘zgarib turishga moyil bo‘ladi. Ular bir
joyda turish, o‘tirishga qiynaladi, ularning xarakatlari tinmasdan aylanib turadi. 4-5
yoshlarda bola juda xilma xil va murakkab xarakatlarni bajaradigan bo‘lib qoladi.
Xarakat koordinatsiyasi 13-14 yoshga borib o‘zining yuqori darajasiga etadi.
Maktab yoshgacha bo‘lgan bolalarda (3-5 yosh) kuchli orientirovka
refleksi mavjud bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlari
juda keng tarqaladi. 5-7 yoshlik bolalarda jarayonlarning xarakatchanligi ancha
oshadi. Miya po‘stlog‘ini ish qobiliyati oshadi. 7 yoshda miya yarim sharlarining
peshona qismi morfologik va funksional jixatidan ancha takomillashadi.
65
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yoshiga mos 7-10 yoshli bolalarda shartli reflekslar
xosil bo‘ladi, bu reflekslarni latent davri qisqaradi.
Bolalarninig postnatal ontogenezida nafas tizimi morfologik jixatdan katta
o‘zgarishlarga uchraydi va nafas fiziologiyasi xayot etaplarini belgilab beradi.
Burun nafas yo‘llarida ko‘plab shilliq moddalar ishlab chiqarilib, ular muxit
sharoitida ozmuncha o‘zgarishi bilan bitishi mumkin va oqibatda nafas og‘irlashib
qoladi. Shuning uchun bolalar og‘iz bilan nafas olishga xarakat qiladilar. Og‘iz
bilan nafas olish kislorodga qoniqmaslikka, ko‘krak qafasini deformatsiyalashiga,
eshitish qobiliyatini kamayishiga va boshqa potologiyalarga olib kelishi mumkin.
Burundan boshlangan nafas yo‘llari 4-5 yoshda shakllanib, 13-14 yoshda katta
morfologik o‘zgarishlarga uchraydi. 1-3 yoshdan boshlab qovurg‘alar aro
muskullar rivojlana boshlaydi va 7 yoshga kelib ko‘krak bilan nafas olish vujudga
keladi. Yosh bolalarda o‘pkaninig tiriklik sig‘imini o‘lchash ancha qiyin, uni faqat
3-4 yoshlardan boshlab aniqlash mumkin. O‘pkaning tiriklik sig‘imi xam yoshga
qarab dinamik ravishda o‘zgaradi. 3-4 yoshda 400-500 l, 5-6 yoshda 800-1000 l, 8-
10 yoshda 1350-1500 l. Yosh bolaning organizmi normal o‘sishi va rivojlanishi
uchun ko‘p miqdorda kislorod zarur. Ularda nafas olish yuzaki bo‘lishiga qaramay,
kislorodga talab qoldiriladi. Bu qoldirish nafas olish va yurak urish tezligining
yuqoriligi xisobidan bo‘ladi.
Bolalarning nafas olish tezligi 5-7 yoshda 25 ta/daq, o‘pkaning daqiqalik
xajmi 1-2 yoshda 2600, 5 yoshda 5800 l..
Yosh bola organizmida gazlar almashinuvi, nafas olish chastotasi katta
bo‘lgani uchun ancha shiddatli bo‘ladi. Yosh organizmda nafas olish sharoitga
qarab ancha batafsil boshqarilib turiladi. Masalan, xavoda kislorod kamayib,
korbanat angedrid ko‘paysa, nafas olish chastotasi oshib, nafas olish xarakatlari
chuqurlashadi va boshqalar. Bazan bunday paytlarda qon miqdori va undagi
eritrotsitlar soni depolardagi qonning xisobiga ko‘payadi. Yosh bola organizmi
katta kishilarga qaraganda gipoksiyaga (kislorod etishmasligi) chidamli bo‘ladi.
Buning asosiy sababi shundaki, yosh bola nafas olish markazi kislorodning
66
kamligiga ancha chidamlidir. Yana bunday organizmlarda energiya ajralishi
kislorodsiz, ya’ni aerob sharoitda xam boraveradi. Maktab yoshiga kelib nafas
olish markazlarining sezgirligi katta odamlarnikigi o‘xshash bo‘lib qoladi.
Buyraklarning rivojlanishi tug‘ilish paytiga kelib to‘xtamaydi. Bir
yoshgacha po‘stloq moddasining massasi ikki marta , mag‘izniki faqat 42% ortadi,
buyrak tanachalarining diametri, kanallarining uzunligi va diametri, ayniqsa genli
sirtmog‘i kattalashadi, epiteliy tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi, nefronlar bola
tug‘ilgandan keyingi birinchi yilda va jinsiy balog‘atga etish davrida eng jadal
o‘sadi. Buyraklar ichki tuzilishi asosan 5-7 yoshda shakllanadi, massasining o‘sishi
esa 20 yoshgacha davom etadi. buyrakning vazni 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-
84g. bo‘ladi.
Epifiz o‘rta miyada joylashgan bo‘lib og‘irligi 0,2g. Bu bezdan ishlab
chiqariladigan asosiy gormonlar: adrenogomerulotropin va melatonin hisoblanadi.
Agarda bolalikda epifiz shikastlansa, bola tez 8-10 yoshda jinsiy voyaga etadi.
Sog‘lom bolalarda epifiz bezining eng kuchli ishlashi 5-7 yoshlarga to‘g‘ri keladi.
7 yoshdan so‘ng bu bez kichiklashib, yo‘qolib ketadi.
Psixik ko‘rinishlarning bevosita asosini bosh miyaning, psixika
organlarining xususiyati tashkil qilishini to‘la xisobga olish zarur. Suyuqliklar yoki
sharbatlarning, organizmning axamiyati to‘g‘risidagi boshlang‘ich g‘oya garchi
gumaral omillarning roli xaqidagi keyingi tassavurlar bilan bir biriga yaqinlashsa
ham temperamentning tabiiy asosini yangi tadqiq qilish uchun boshqacha hulq
atvor dinamikasiga ta’sir etadigan barcha ichki sharoitlar (xuddi tashqi sharoitlar
kabi) albatta miya orqali ta’sir qilishini tan olish muximdir. Xozirgi zamon fani
temperamentga oid individual farqlarning sabablarining aynan miyaning, uning
qobig‘i va po‘stloq osti funksional xususiyatlarida, oliy nerv faoliyati
xususiyatlarida deb biladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi xaqidagi tassavur odatda shu shaxs
uchun xarakterli bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Sezilarli psixik aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez
67
munosabatini bildiruvchi, taasurotlarini xadeb o‘zgartirishga intiluvchi,
muvaffaqiyatsizliklar va qo‘ngilsizliklarni nisbatan engil o‘tkazibyuboruvchi,
jonli, xarakatchang, ifodali mimikasi va xarakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb
ataladi.
Yuragi keng, borqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur xis
tuyg‘ularga, xarakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruxiy holati tashqi
tomonda ifoda etiladigan kishi flegmatik deb ataladi.
Juda g‘ayratli ishga juda extiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez
va shiddatli, qizg‘in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga
moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi
voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan harakatlar
qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.
Temperamentning har bir tipiga psixik xossalarning o‘z nisbati, avvalo, har xil
darajadagi faollik va emotsionallik, shuningdek motorikaning u yoki bu
xususiyatlari xosdir. Dinamik ko‘rinishlarning muayyan strukturasi temperament
tipini belgilaydi.
Sangvinik bolalar juda jonli, tinib tinchimas o‘spirin, bir daqiqa xam jim
o‘tirmaydi, hamisha aft angorini o‘zgartiradi, qo‘lida uni buni aylantiradi, qo‘lini
uzatadi, qo‘shnisi bilan gaplashadi. Sakrab-sakrab tez yuradi, nutqning surati ham
juda tez. Juda ta’sirchang va tez qiziqadi. Darslarda har bir yangi fakt yoki yangi
vazifaga qiziqish bilan yondashadi. SHu bilan uning qiziqishlari juda ham
turg‘unva barqaror emas: yangi ishga qiziqib kirishsada , unga nisbatan ixlosi
darrov so‘nadi. Uning yuzlari jonli, harakatchan, ifodalidir. Uning uchun darslarda
zo‘r ish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Uning xissiyotlari va kayfiyatlari
juda ham juda ham o‘zgaruvchandir.
Xolerik bolalar do‘stlari orasida o‘zini jo‘shqinligi bilan ajralib turadi.
Tinglash qobiliyati o‘ta kuchli. Alamidan va g‘azabi qo‘zg‘aganidan osongina jahli
chiqadi va urishishga otlanadi. O‘qituvchining tushuntirishlarini juda diqqat bilan,
68
xech narsadan chalg‘imasdan eshitadi. Ijtimoiy topshiriqlarni bajarishda,
shuningdek sport mashg‘ulotlarida qiziqish va qat’iylik ko‘rsatadi. Uning
qiziqishlari ancha doimiy va barqaror. Paydo bo‘layotgan qiyinchiliklar oldida
o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, aksincha ularni zo‘r xafsala bilan bartaraf etadi.
Melonxolik bolalar darslarda xotirjam, xamisha bitta xolatda o‘tiradi,
qo‘lida biron narsani aylantirayotgan bo‘ladi, kayfiyati juda ham arzimas
sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. U o‘ta ketgan darajada xissiyotli. Tuyg‘ularini ifoda
etishga juda ham vazmin. O‘z qobiliyatlari va bilimlari xaqiqatdan o‘rtacha
darajadan bir necha barovor yuqori bo‘lgani xolda ularni past baxolaydi. Agar
biron bir o‘quv topshirig‘ini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsa, u o‘zini
yo‘qotib qo‘yadi va ishni oxirigacha etkazmaydi. Xarakatlari bo‘shashgan, sust,
sekin, biroz cho‘zibroq gapiradi.
Flegmatik bolalar uni shoshilmasligi va xotirjamligidan farq qilish
mumkin. U materialni qanchalik yaxshi bilishigi qaramay, savolarga darhol, jonli
qilib javob bermaydi. Unga charchamaslik xos: qo‘shimcha aqliy ish bajarishdan
qochmaydi va qancha shug‘ullanishga to‘g‘ri kelmasin, uning charchaganini ko‘ra
olmaysiz. U mantiqan keng, uzundan uzoq fikrlarga intiladi: go‘yo uzundan uzoq
gapning boshida boshlangan fikr qachon va qay tarzda tugashini bilgan xolda
so‘zlarin bir maromda, tutilib qolishdan qo‘rqmay bayon qiladi. Tashqaridan
qaraganda u to‘lqinlanmaydi va nima yuz berishidan qattiy nazar xayratlanmaydi.
Asab faoliyatlarining individual xususiyatlari asab jarayonlari-qo‘zg‘alish
va tormozlanish, o‘ta harakatchanlik, vazminlik.
Asab tizimi yoki asab faoliyati tipi tushunchalari asab tizimining tug‘ma
xususiyatlari, shuningdek, hayot davomida shakllangan va mustaxkamlangan
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Inson tipologik xususiyatlarining shakllanishiga u
yashayotgan muxit, katta ta’sir ko‘rsatadi.
Asab tizimi 4 ta tipga ajratiladi. Kuch ko‘rsatkichlariga ko‘ra asab
tizimining kuchli, kuchsiz tiplari, harakatchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha inert (kam
xarakatchan), xarakatchan tiplari, vazminlik ko‘rsatkichi bo‘yicha – vazmin,
69
engiltak tiplari mavjud. Asab tizimi kuchsiz shaxslarida ikkala jarayon- qo‘zg‘alish
va tormozlanish kuchsiz bo‘ladi. Bunday odamlar muhit sharoitlariga juda qiyin
moslashadilar, murakkab hayotiy vaziyatlarida ularning ruxiy xayoti oson sinadi va
nevrotik bo‘lib qoladilar. Bunday insonni tarbiyalash jarayoni qiyin kechadi,
chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro‘y berishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarini
sekin qabul qiladi va o‘zlashtiradi. Asab tizimi kuchlilarni tarbiya qilish oson, ular
yangi ko‘nikmalarni tez qabul qiladilar. Asab tizimi kuchli insonlar orasida
harakatchangligi inert (sust) shaxslar ham uchrab turadi.
Konstitutsiya – inson xususiyatlarining konstitutsiyasining mujassamligi
(Morfologik va funksional alomatlarining bir butunligi) bo‘lib, reaktivlik xarakteri,
biologik vaqtning individual o‘ziga xosligi bilan aloqadoligi.
Somatotip - inson fenotipining tarkibiy qismi. SHuning uchun , boshqa
alomatlar kabi, somatotip muayyan atrof-muhit sharoitlardagi nasliy dasturning
amalga oshirilishida shakllanadi. Demak, somatotip- nasliy va keyingi qabul
qilingan jixatlar majmui (kompleksidir) va unda shu ikkala tarkibiy qismlar teng
xuquqqa ega. Nasliylik ulushining ta’siri, egizaklik tadqiqotlari ma’lumotlari
bo‘yicha qariyib 70% ni tashkil qilsa ham, atrof muxitning shakllantiruvchi roli
anchagina (B.A.Nikityuk, 29). Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida bunga ko‘p
misollar bor. U yoki bu somototip namoyon bo‘lishida nasliy ma’lumotlarni
amalga oshirilishi ichki sekretsiya bezlarining ishtrokida ro‘y beradi deb taxmin
qilish mumkin. Gormonlar tana proporsiyasi shakllanishida rol o‘ynaydiki, ular
somototip bilin juda yaqindan bog‘liqlikdadir. Jinsiy etuklikdan oldinga o‘sish
sakrashlari deb ataluvchi davr buning uchun ma’sul xisoblanadi. Erkaklar jinsiy
garmonlarini ishlab chiqarishga yordam beruvchi etarli darajada kuchli jismoniy
yuklamalar vaqtini o‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham tana proporsiyalari
erkaklar turi bo‘yicha shakllanadi. Bunday yuklamalarning yo‘qligida tana
proporsiyalari ayollar turi bo‘yicha o‘zgaradi. Ushbu proporsiya variantlarining
farqi elka va tos kengligini taqqoslashda ko‘zga tashlanadi. Birinchi holda elka
kengligi, ikkinchi holda- tos kengligi oshadi.
70
Konstitutsiyaning funksional majmuasi reaktivlik va biologik vaqt
individual xususiyatlar bilan bog‘liqdir. Konstitutsiya deb: yog‘ bilan qoplanish,
suyaklar va muskullar, tana proporsiyalari rivojlanishi, muayyan psixodinamik
tavsiflar xam kiradi.
Irsiyat – ma’lum muxit sharoitida individual rivojlanishning maxsus
tavsifini belgilaydigan va nasldan naslga organizmning bir xil belgi va
xususiyatlarini o‘tishiga aytiladi. Irsiyat sababli ota – ona va ularning farzandlari
bir xil biosintez tipiga ega, bu esa to‘qimalarda ximik tarkibining, modda
almashinuvining fiziologik zaxarlanishlar, morfologik belgilarning o‘xshashligini
ta’minlaydi. Irsiyat natijasida o‘zgarishlar ro‘y bermaydi va avloddan avlodga
belgilar bir xilligining o‘tishi ta’minlanadi.
O‘zgaruvchanlik – bu irsiyatga qarama qarshi xususiyat bo‘lib, bunda
aloxida avlodida xos yangi belgi yoki xususiyat namoyon bo‘ladi, natijada
farzandlar ota – onasidan farq qiladi. Bu xodisa ikki murakkab hodisa tufayli
yuzaga keladi: irsiy informatsiya va tashqi muhitning konkret sharoitidir.
Genesologiya usulidan foydalanish quyidagi savollarga javob berishga
imkon beradi.
1.
O‘rganiyotgan belgi, irsiymi yoki irsiymas ekanligi.
2.
Irsiylanish tipining qandayligi.
3.
Kelajak avlodning prognozi.
Bundan tashqari bu usuldan odam populyasiyalaridan mutatsion
jarayoninig jadalligini o‘rganishda, tibbiy – genetika maslahatini o‘tkazishda,
genlarning birikishida va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda va ularni kartalashtirishda
ham foydalanish mumkin.
Genesologiya usuli 3 ta bosqichda o‘tkaziladi.
1. Ma’lumotlar to‘plash;
2. Avlodlar shajarasini tuzish;
3. Avlodlar shajarasini taxlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |