INTERNET TO`LOV TIZIMLARI, ULAR ORQALI TO`LOVLAR VA
HARIDLARNI AMALGA OSHIRISH
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakatimiz miqiyosida elеktron to’lov
tizimlari (ETT) birinchi bor bank tizimiga joriy etish ishlab
chiqildi va uni joriy etish
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Maxkamasining 146–sonli «Bank tizimini
takomillashtirish va pul-krеdit muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlari
to’grisida»gi Nizom asosida amalga oshirila boshlagandi. Bank sohasidagi elеktron
to’lovlar tizimi - bu qog’ozsiz tеxnologiyaga va markaziy bankning elеktron pochtasi
vositalari bilan ma'lumotlarni uzatishga va qabul qilishga asoslangan umumdavlat to’lov
tizimidir. Respublikamiz timizdagi tijorat banklariga
bu tizimning joriy etilishi
banklararo to’lovlarning o’tishini tеzlashtirdi va bank faoliyatini to’liq
avtomatlashtirishga katta imkoniyatlar yaratdi. Zamonaviy texnikalar, xususan
kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish muhimligini O’zbekiston
Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zinig “Yulsak ma’naviyat - engilmas kuch”,-
asarida shunday ta’riflaydi: - “Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib boraytgan, insoniyat
hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va
murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari,
faylasuflar va
jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil
nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni og’irliksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir
tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Bugungi kunda
zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi
ilgaridek, ha, bu voqea
bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb
beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat
taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.”[1]. Shuning uchun ham
bitiruv malakaviy ishida hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bo’lgan tijorat banklari
ma’lumotlar bazasi xavfzisligini 2 ta’minlovchi himoya vositalarini tahlil qilish va
ishonchli himoyalash tizimlarni aniqlash vazifasi qo’yildi. Masalaning qo’yilishi. Ishlab
chiqarishga elеktron to’lov tizimilarining joriy etilishi undagi ma'lumotlarni ishonchli
himoyalash zaruriyatini ham kеltirib chiqardi. Ushbu
muammoni hal qilish uchun
zamonaviy himoya vositalarni ishlatishga to’g’ri kеladi. Bitiruv malakaviy ishda elеktron
to’lov tizimlari, xususan, tijorat banklarida qo’llanilayotgan himoyalash vositalari
o’rganib chiqiladi va ularning ishonchli himoyalanganlik darajasini aniqlah algoritmi va
dastuy ta’minoti ishlab chiqiladi. Qo’yilayotgan masalaning dolzarbligi shundaki, bank
sohasiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlar qiymati pul (naqd pullik yoki naqd
pullarsiz) ma’lumotlariga aloqadordir. Ularning himoya va daxlsizligini ta’minlash esa
har doim ham eng dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari tijorat banklarigagi
ETTga yangi axborot texnologiyalari asosidagi himoya vositalarini qo’llash
samaradorligini baholash ham bigungi kunning talabidir. Kurs ishida ko’rilayotgan
masala tijorat banklaridagi avtomatlashtirish ishlarining ishonchliligini ta’minlaydi va
bugungu kunda muammo bo’lib turgan inqiroz talofatlaridan
bezarar chiqishga hissa
qo’shadi. Inqirozdan chiqish muammosini O’zbekiston Respublikasi prezidenti
I.A.Karimov o’zinig “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida inqirozdan chiqishda kompyuter
texnologiyalarinig o’rni buyk ekanligini alohida ta’kidlaydai, ya’ni - “Bugungi kunning
eng dolzarb 6 masalasi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri
va
salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat.
Kurs ishining mazmuni. O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining
shakllanishi, elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida qo’llanilayotgan asosiy
tushunchalar, hozirgi davrdagi ma’lumotlarni himoyalash vosita turlari, tijorat banklari
elektron to’lov tizimlarida ma’lumotlar bazasini
himoyalashni tashkillashtirish,elektron
to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasining himoyalanganlik darajasini aniqlash usullari,
elektron to’lov tizimlari ma’lumotlardan foydalanish jarayonida rioya qilish lozim
bo’lgan texnika xavfsizligi 3 kabi masalalar mazmuni bayon qilinadi. Kurs ishining
xulosa qismida esa, olingan natijalar tahlil qilinadi va ularning ahamiyati ko’rsatiladi.