“O’tkan kunlar” asari yuzasidan testlar JAMI 340 TA
1.
Hasanalini Otabekning bobosi necha tillo barobariga sotib olgan?
A) 45 tillo B) 30 tillo C) 24 tillo D) 15 tillo
2. Otabek Toshkentdan Marg’ilonga nimalar keltiradi?
A) gazmol, qalapoy afzali, qozon
B) qozon, gilam, gazmol
C) gilam, movut kamzul
D)
barchasi
3. Marg’ilon Turkistonning __________
hunarida birinchi shahridir.
A)duradgorlik
B) kulolchilik
C) to’quvchilik
D) ko’nchilik
4.
“Uylanishdek nozik ish bu dunyoda yo’qdir”.
Ushbu jumla kim tomonidan aytilgan?
A)Hasanali B) Rahmat
C) Otabek C) Homid
5. “Umr – otilgan o’q” maqoli kim tomonidan aytilgan?
A) Mirzakarim qutidor C)
Ziyo shohichi
C) Akram hoji D) Hasanali
6. Otabek Toshkent aholisining Azizbek ustidan nechanchi
shikoyatnomani yozganligini
aytadi?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10
7. “Yurgan daryo, o’tirgan bo’yra” maqoli kim tomonidan aytilgan?
A) Mirzakarim qutidor C) Ziyo shohichi
C) Akram hoji D) Hasanali
8. “Qo’y kabi yuvosh” deb ta’rif berilgan, Musulmonqul tomonidan o’ldirilgan shaxs kim?
A) Murodxon B) Salimsoqbek
C) Sheralixon D) Mansurbek
9. Otabek qaysi madrasada tahsil olgan?
A) Beklarbegi B) Ko’kaldosh
C) Abulqosim D) Shayxontoxur
10. Hasanali Otabekni otasi tomonidan madrasadan olib, savdo ishiga qo’yganiga qancha vaqt
bo’lganligini aytdi?
A) 3 yil B) 4 yil C) 5 yil D) 6 yil
11. Kimning o’y surganda soqolini qayirib tishlaydigan odati bo’lgan?
A) Yusufbek hoji B) Hasanali
C) Ziyo shohichi D)
Mirzakarim qutidor
12. Berilganlardan to’g’risini belgilang.
A) Oftob oyim – o’ttiz besh yoshlar chamaliq go’zal, qutidorning rafiqasi
B) Oysha bibi – yetmish besh yoshdan o’tgan kampir, Oftob oyimning onasi
C) To’ybeka – qirq yoshlar chamaliq bir xotin, oilaning cho’risi
D) Barchasi to’g’ri.
13. Qutidorning qaysi gapidan Oftob oyim bu kungi mehmonning uncha-muncha emasligini
tushundi?
A) Mehmonxonani tozalatishni aytganidan
B) Yangi qoplagan ko’rpalarini yozishini aytganidan
C) Katta gilamni chiqarib yozishidan
D) Varaqi pishirishidan
14. Otabek Marg’ilonda vaqti qaysi kitobni mutolaa qilar edi?
A) Boburnoma C) Shohnoma
C) Xamsa D) Masnaviy
15. “Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo’ladurg’on bir durri bebahodir”. Ushbu
jumla qaysi obrazga tegishli?
A) Hasanaliga B) Ziyo shohichiga
C) Rahmatga C) Mirzakarim qutidorga
16. Qizlar
majlisining ruhsizlanib, ma’yusiyat ichida qolishiga kim chidab turolmadi?
A) Xonimbibi B) Anorgul
C) Gulsinbibi D) Savra
17. Kim qo’lidagi dutor bilan “O’rtoqlar” kuyini tanlarga larza berib, tarona qiladi?
A) Xonimbibi B) Anorgul
C) Gulsinbibi D) Savra
18. Kumushga kim vakil bo’ladi?
A) Muhammadrahim Yo’ldosh C) Ziyo shohichi
C) Akram hoji D) Hasanali
19. Kelin va kuyovning vakillari o’rtasidagi tortishuvdan keyin mahr etib nimalar belgilandi?
A) uch yuz oltin pul
B) keyinroq olib berish va’dasi bilan Marg’ilondan o’radek hovli
C) sog’ish uchun sigir, asbobi ro’zg’or
D) barchasi
20. “Yig’larman” kuyini chalib, Kumushni yig’latgan, qo’shiq aytgan qizlarning ismi kim edi?
A) Gulsin, Xonimbibi B) Gulsin, To’ybeka
C) Xonimbibi, Savra D) To’ybeka,Savra
21. Marg’ilon o’rdasi qayerda joylashgan edi?
A) poyafzal do’koni qarshisida
B) “Yormozor” mavzeyida C)
Beklar mahallasi
D) shaharning kunbotarida
22. Qo’rboshining ismi kim?
A) Ahmadxon B) Muhammad Yo’ldosh
C) Xoliqbek D) O’tabboy
23. Otabek qushbegiga Marg’ilonga kelganiga necha kun bo’lganligini aytadi?
A) ikki hafta chamasi B) yigirma kunlar chamasi
C) o’ttiz kunlar D) qirq kunlar chamasi
24. Xalq hayotini qipchoq yoki qorachoponlilarga topshirish Otabek va Yusufbek hoji
ta’biricha
aytganda, qanday tushuntirilgan?
A) Bo’ladigan, eng maqbul ish tarzida
B) faqat qorachoponlilarga topshirish mumkin
C) faqat qipchoqlarga topshirish mumkin
D) unday qilinsa, “qo’yni bo’riga” topshirishdek bo’ladi
25. Qushbegi bilan suhbatda Otabek kim tarafida ekanligini aytadi?
A) shaharlik va qorachoponlilar
B) qipchoqlar
C) hech birlarining tarafida emas
D) qipchoq va shaharliklar
26. Kumushbibi bilan Oftoboyim qutidor va Otabekning qamalib
qolishiga qarshi nima ish
qildi?
A) Hasanali orqali Toshkentga xat jo’natdi
B) faqat ko’z yoshi to’kdi
C) qushbegiga ularni aybsiz ekanliklari isbotlashga harakat qildi.
D) barchasi to’g’ri
27. Qo’qonliklarning qaysi darvozadan qilgan hujumi o’zlari uchun nihoyat darajada falokat
bilan tugadi?
A) Samarqand darvoza
B) Kamolon darvoza
C) Ko’kcha darvoza
D) Beshyog’och darvoza
28. Zamoning zamon bo’lsin – yor,
Aziz beging omon bo’lsin – yor.
Dardiga davo topmay – do’st,
………..ing yonib o’lsin – yor! Nuqtalar o’rniga tegishli shaxsni qo’ying.
A)Musulmonqul B) Normat
C) O’tabboy D)
Normuhammad
29. Besh gaz kenglikda, ikki yoni sakkiz gazlik qo’rg’on devori bilan o’ralgan, kunbotarga
qaratib qurilgan darvoza qaysi?
A) Samarqand darvoza
B) Kamolon darvoza
C) Ko’kcha darvoza
D) Beshyog’och darvoza
30. Qo’rg’ondagilarni tabriklagani Azizbekning kelayotgani haqidagi xabarni kim yetkazadi?
A) Sulaymon B) Husaynbek
C) O’lmasbek D) G’anibek